xuquqi nuqtai-nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu
sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo‘lib, faqat fuqarolardan olinadigan
daromad solig‘ini to‘laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar,
dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar
xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim
shakllaridan biri hissadorlik, ya’ni
aktsionerlik jamiyatlaridir.
Aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim
tomonlaridan birini tashkil qiladi.
Aktsiya-bu uning egasi aktsiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini
qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik
beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Bundan tashqari, aktsiya korxonani boshqarishda qatnashish
huquqini ham beradi.
Aktsiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o‘zining narxiga ega.
Aktsiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aktsiyaning fond bozorida
sotiladigan narxi aktsiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosib, foiz
miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aktsiyani
undan olinadigan daromadi
bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmagan taqdirdagina sotib oladi.
Aktsiya kursi quyidagicha aniqlanadi:
%
100
s
F
D
АК
,
bu yerda:
AK - aktsiya kursi;
D - dividend;
F
s
- ssuda foizi.
Ssuda foizi o‘sganda aktsiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori
darajada o‘ssa, aktsiya kursi ko‘tariladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya-uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini
tasdiqlaydi. Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun
chiqariladi.
Aktsiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan
tashqari, obligatsiya aktsiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi,
ammo aktsiyadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi.
Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo‘lmaydi.
Uning qiymati aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o‘tishi bilan to‘lanadi.
Aktsiyaga qo‘yilgan mablag‘ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksioner talabi
bo‘yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Aktsiyadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar
summasi va aktsiyadorlik
korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat.
Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi
shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli)-aktsiya egasiga to‘lanadigan daromad.
Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari,
kapitalning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi.
Dividend orqali faqat aktsiyadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning
boshqa qismi jamg‘arishga, soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori
olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan
yuqori bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida
marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi.
Marketing-tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etishning
yaxlit tizimi bo‘lib, bunda xo‘jalik muammolarini hal etishda bozor talablari, xaridorlarning
tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi.
Marketingning maqsadi-eng yuqori iste’mol qoniqishi, iste’mol, turmush sifatini oshirish,
tovar va xizmatlarning keng tanlovini ta’minlovchi korxona mahsulotini sotishning zarur
hajmiga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va samaradorligini
ta’minlash.
Menejment-ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish
maqsadida qo‘llaniluvchi ishlab chiqarishni
boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va
tamoyillarining majmui.
Menejmentning asosiy maqsadi iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda
mavjud moddiy va ishchi kuchi resurslari asosida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni
tashkil etish hamda korxona faoliyati rentabelligini va uning bozordagi barqaror holatini
ta’minlash hisoblanadi.