“Urganch yog’-moy” OAJda maxsulot tannarxi va unga ta’sir qiluvchi




Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana06.12.2023
Hajmi1,11 Mb.
#112905
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida

2.2. “Urganch yog’-moy” OAJda maxsulot tannarxi va unga ta’sir qiluvchi 
omillar tahlilini takomillashtirish 
Mahsulot ishlab chiqarish harajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida 
ishlab chiqarish usulining qonuniyatidir. U mehnat unumdorligining tuxtovsiz 
o’sishi, mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va mehnat 
resurslaridan ratsional foydalanish, xujalik yuritish usullarining takomillashtirishi 
bilan ta’minlanadi. 
Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishning ahamiyati yildan yilga oshib 
bormoqda, chunki uni pasaytirishning har bir foizi absolyut hajmni oshirib yuboradi. 
Ya’ni korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini 1%ga kamaytirish 
evaziga korxona ancha miqdorda moliyaviy resurslarini iqtisod qilishga erishadi. Bu 
har qanday korxonaning oldiga turgan eng dolzarb masalalrdan biri hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish harajatlarining pasaytirishning yullarini keltiramiz. Ishlab 
chiqarish harajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini 
oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy qilish va mahsulot tayyorlash 


42 
texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring kamayishiga kompleks ta’sir 
ko’rsatadi. Ular moddiy resurslardan yanada samaraliroq foydalanish, buyumlarni 
tayyorlashga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi. 
Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirish hamda qo’llanilayotgan texnikadan
foydalanishni hisobiga ishlab chiqarish harajatlarini anchagina kamaytirishga 
erishish mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida o’tgan va jonli 
mehnatni tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan o’tgan mehnatni 
tejash xuddi shu miqdordagi xom - ashyo va materiallardan ko’proq mahsulot ishlab 
chiqarish imkonini beradi. 
Jonli mehnat sarfini tejash mahsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi, 
ya’ni har bir ishchiga hisoblanaganda ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga imkon 
yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilg’or 
texnologiya ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish asosida mehnat 
unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga olib 
keladi. 
Moddiy va pul mablag’larini sarflashda kat’iy iqtisodiy tejashga rioya qilish 
katta ahamiyatga ega. Asbob uskunalarni asrashga doir sarflarini kamaytirish, 
material shuningdek ishlab chiqarish chiqindilaridan maksimal foydalanish. Brak 
natijasida ruy beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish fondlarining samaradorlik 
darajasini oshirish, ish xaqi fondini ratsional sarflash tsex va umumzavod 
harajatlarini kamaytirish - bularning barchasi u yoki bu darajasida mahsulotning 
arzonlashuviga ta’sir ko’rsatadi. 
Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish harajatlarini kamaishiga 
olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material, yoqilg’i va energiya etkazib berishning 
uzilib qolishi ishlab chiqarish ritmini buzishga bekor turtib qolishlariga oy oxirida
xaybarakallachilikka va oqibat natijada unumsiz harajatlarga olib keladi. Korxona 
itisodiyotga xaddan tashqari normativdan ortiqcha zapaslarni bo’lishi xam salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. Zapas ko’payib ketganda oborot mablag’lari oshib ketadi, moliyaviy 
axvol yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi. 


43 
Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga mehnatni tashkil etishda 
takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. Har qanday texnikadan xatto yangisidan xam 
ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil qilmay turib, maksimal ravishda foydalanish 
mumkin emas. Shuning uchun texnologik jarayonlarni mexanizatsiya va 
avtomatlashtirish bilan bir qatorda, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor 
berish kerak. 
Mahsulot tannarxini pasaytirishda hisobotning roli kattadir. Xisob olib borish 
yoqilg’i va energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional foydalanishga 
yordam beradi, harajatlarni kamaytirish va korxona jamgarmasini oshirish imkonini 
beradi. Jamoaning kuchini yetishtiriladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga 
qaratish uchun ishlab chiqarishga qilinadigan harajatlarni to’g’ri rejalashtirish va 
hisobga olish zarur. Iqtisod qilish yo’llarni aniqlash ortiqcha harajatlarning sababini 
ochib tashlash uchun bu harajatlarni doimi tahlil qilib turish kerak. Ishlab chiqarish 
harajatlarini kamaytirish rejasining bajarilishini tahlil qilish ishlab chiqarish 
rentabelligining oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarni takomillashtirilishi uchun 
muxim ahamiyatga ega. Lekin tahlil faqatgina tannarxning pasaytirish rejasini 
bajarilishiga qo’yilgan baho bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish harajatlarini 
yanada kamaytirish uchun taxliliy va texnikaviy harakatlarni xam ko’rishi kerak. 
Mahsulot ishlab chiqarishni tahlil qilishda ishchilarning faol ishtirok etishlari 
uni pasaytirishning muxim yo’lidir. 
Xarajatlar korxonaga bog’liq bo’lmagan omillarga qarab o’zgaradi. Masalan; 
resurs narxi, har xil xizmat xaqining tebranishi korxona xohishidan qat’iy nazar 
harajatlarni o’zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish ko’lami kengaysa, resurslar sarfi 
qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya joriy 
etilganda harajatlar keskin qisqaradi. O’rtacha harajatlar mehnat unumdorligiga 
nisbatan teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Mehnatni unumining ortishi ham moddiy 
ham mehnat sarfini qisqartiradi, bozordagi narx binobarin tovar barqaror sharoit va 
mehnat unumdorligi harajatlari pasaytirish orqali foydani ko’paytiradi. 
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning 
asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Zero mahsulot baxosi tarkibining asosiy 


44 
elementlari bu harajat va foydadir. Binobarin xarajatlar qanchalik qisqarib borsa, 
shunga mos foyda oshib boradi. 
Mahsulot tannarxi deb anashu mahsulotni ishab chiqarish uchun qilingan 
xarajatlarni puldagi ifodasiga aytiladi. 
Tannarx obyektlariga olib borish usuliga qarab, u bevosita(to’g’ri) va 
bilvosita(egri) xarajatlarga bo’linadi. 

Download 1,11 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 “Urganch yog’-moy” OAJda maxsulot tannarxi va unga ta’sir qiluvchi

Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish