Jamiyatning Nizomi bo’yicha asosiy faoliyat turlari.
-tozalangan paxta yog’i hamda boshqa oziq-ovqat va yog’-moy maxsulotlarini
ishlab chiqarishni tashkil qilish va chiqarish;
9
Jamiyat Nizomi
31
-yuvish vositalari, shu jumladan xo’jalik sovuni va boshqa texnikaviy
maxsulotlarini ishlab chiqarish.
-oziq- ovqat, non, konserva maxsulotlarini ishlab chiqarish;
-umumiy ovqatlanish soxasida xizmatlar ko’rsatish;
-qishloq xo’jalik va chorvachilik maxsulotlarini hamda boshqa iste’mol
mollarini qayta ishlash, tayyorlash va sotish;
-avtotransport xizmatlari va ishlari, shu jumladan yuk va yo’lovchilarni tashish
bo’yicha avtotransport hamda boshqa xarakat texnik vositalarini ta’mirlash va
ularga texnik xizmat ko’rsatish;
-o’z maxsulotlari va xalq iste’mol mollarini, shu jumladan shrot, sheluxa va
gudron ishlab chiqarish;
-aholi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga turlicha ko’rinish va shakllarda
pulli xizmat, shu jumladan maishiy xizmatlarni ko’rsatish;
-ulgurji va chakana savdo faoliyati bilan shug’ullanish;
-xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish, texnik yo’nalishdagi xalq ijodiyoti
maxsulotlarini ishlab chiqarish;
-O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlariga amal q
ilgan
xolda valyuta moliya operatsiyalarini va qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni
amalga oshirish.
“Urganch yog’-moy” OAJ o’z faoliyati davomida yillar mobaynida yuksalib,
ijobiy natijalarga erishib kelgan. Men o’z bitiruv malakaviy ishimda tashkilotning
2012 yil va 2013 yil ko’rsatkichlarini o’rganib tahlil qilishga, faoliyatini o’rganib
baho berishga harakat qildim.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda,
xalqimiz farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan sohalardan biridir.
Shu bois ham, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mazkur sohaga alohida
etibor qaratilib kelinmoqda. O’tgan yillar davomida zamonaviy texnika va
texnologiyalar bilan jihozlangan o’nlab ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi,
mavjudlari modernizatsiya qilindi. Natijada, tarmoq korxonalari o’z mahsulotlari
bilan nafaqat ichki bozorlarni to’ldirmoqda balki chet mamlakatlarga ham mahsulot
32
eksport qilish imkoniyatiga ega. Ana shunday korxonalardan biri “Urganch yog’-
moy” OAJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifatini yaxshilash yuzasidan
izchil va samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, ishlab chiqarish sexlari
modernizatsiya qilindi, texnik va texnologik qayta jihozlash tadbirlari amalga
oshirildi.
Keng ko’lamli modernizatsiyalash ishlari ishlari natijasida korxonaning ishlab
chiqarish quvvatlari sezilarli darajada ortib, bu yerda kuniga 800 tn paxta chigiti, 400
tn soya va 200 tn kungaboqar doni qayta ishlanmoqda. SHuningdek ,kuniga 135 tn
tozalangan paxta yog’i, 40 tn plastik idishlarda qadoqlangan yog’i, 48 tn xo’jalik
sovuni va 20 tndan ziyod olein, palmitin yog’ kislotalari ishlab chiqarilmoqda.
Jumladan, 2012-yilda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini bajarish
mobaynida jami 98119 tonna paxta chigiti, 2539 tonna soya va 384 tonna
kungaboqar doni qayta ishlandi. Hatijada korxonada 16967 tonna rafinatsiyalangan
yog’ ishlab chiqarilib, uning 4688 tonnasi oily navni tashkil qildi. Korxonada
shuningdek aholi istemoli uchun 8415 tonna hidsizlantirilgan, plastik idishlarga
qadoqlangan o’simlik yog’i, 49841 tonna shrot hamda 27018 tonna sheluxa ishlab
chiqarildi.
Jumladan korxonada ish unumdorligini oshirish uchun gidrogenizatsiya sexi
tashkil qilindi va bunung natijasida 5383 tonna salomas ishlab chiqarildi yoki o’tgan
yilga nisbatan 154 foiz o’sishga erishildi. Shuningdek, 5831 tonna xo’jalik sovuni
ishlab chiqarilib , bu boradagi yillik o’sish 117 foizga, shundan 944,6 tonna sovun
xorijga chiqarilib, eksport bo’yicha reja 104,5 foizga bajarildi.Respublika
mahalliylashtirish dastiriga kiritilgan olein-palmetin yog’ kislotalari qorishmasi
ishlab chiqarish esa 2087 tonnani tashkil qilib, bu boradagi ko’rsatkich 104,3 foizni
tashkil qildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2012-yilda jami 58 mlrd
so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o’tgan yilga nisbatan 110,9 foiz o’sishga erishdi.
Aholi iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi ham 2012-yilda oldingi yilga nisbatan
100,3 foizga o’sib, 47,4 mlrd so’mni tashkil etdi. Bu kabi ijobiy natijalar albatta,
korxona daromadini ko’paytiradi .Bu borada “Urganch yog’-moy” OAJ arzigulik
33
natijalarga erishdi, ya’ni yil yakuni bo’yicha barcha to’lovlardan keyingi sof foyda
4,8 mlrd so’mni tashkil etdi.
O’tgan yil davomida investitsiya dasturini bajarishga korxona o’z mablag’lari
hisobidan 2,9 mlrd so’m xarajat qilib, uning 1,7 mlrd so’mi qurilish montaj ishlari,
1,2 mlrd so’mi texnologik uskuna,ehtiyot qismlar, inventarlar xarid qilish uchun
sarflandi. Bular jumlasiga “Korovka” konfeti texnologik tizimi,plastic idishlar
tayyorlab, ularga 1,5 l hajmdagi yog’ qadoqlash avtomatik liniyasi, ”Armstrong”
kondensat qaytargichlari va hokazolar kiradi.
2013 yilda istiqbol rejasi bo’yicha investitsiya xarajatlariga ham katta miqdorda
aniqrog’i jami 9,5 mlrd so’m sarflandi. Shundan 1,5 mlrd so’mi kapital va joriy
tamirlashga , 2,4 mlrd so’mi yangi uskunalar sotib olishga , 5,6 mlrd so’mi qurilish
ishlariga yo’naltirilishi rejalashtirildi. Umuman , jamiyatda 2013 yilda ikkita
investitsiyaviy loyihani amalga oshirish yuzasidan ish olib borildi va joriy yilda ham
davom qilmoqda,ya’ni:
·
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktabrdagi
qaroriga asosan “Salomasdan distillangan gilitsirin va yog’ kislotalari ishlab
chiqarishni tashkil qilish”. Ushbu loyihani umumiy qiymati 2 mln 350 ming AQSH
dollariga teng bo’lib, loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 5000 tonna
salomasdan 500 tonna glitserin va 4500 tonna yog’ kislotalari ishlab chiqariladi.
Buning hisobiga esa korxona qo’shimcha 1,1 mlrd so’mlik maxsulot ishlab
chiqarishga erishadi. Natijada avvallari import qilib kelingan 750 ming AQSH
dollariga teng maxsulot o’zimizda ishlab chiqariladi. SHuningdek 300 ming AQSH
dollariga teng maxsulotni eksport qilishga erishiladi hamda 20 ta yangi ish o’rini
yaratiladi.
·
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 iyuldagi
qaroriga asosan “Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish” loyihasi
doirasida Jahon banki tamonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag’lari asosida
bug’-qazon sexini rekonstruksiyalash ishlari amalga oshirildi. Natijada , yiliga 495
ming kvt/s elektr energiyasi, 3,6 mln kub.m tabiiy gaz va 45 ming kub.m suv
tejaldi. Bu moliyaviy nuqtai nazardan korxona uchun nihoyatda foydalidir. Misol
34
uchun, jamiyat hozirgi kunda bir gkal issiqlik energiyasini 35000 so’mdan sotib
olmoqda, loyiha amalga oshirilgach, uning tannarxi 21950 so’mni tashkil qiladi
yoki yiliga 979,4 mln so’m mablag’ tejalalib maxsulot tannarxi arzonlashadi.
Qolaversa ushbu ikki loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-
2015 yillarda Xorazm viloyatida sanoat salohiyatining rivojlantirish dasturi
to’g’risida”gi qaroriga ham kiritilgan bo’lib , ayni kunlarda korxona raxbariyati va
muxandis –texnik xodimlari mazkur loyihalarni belgilangan muddatlarda bajarilishini
ta’minlash maqsadida bor imkoniyatlarini ishga solmoqdalar.
10
|