1.3. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibidagi to’g’ri va egri
xarajatlar, ularning hisobi va maxsulot tannarxiga o’tkazilish tartibi.
Maxsulot tannarxi - maxsulot, ishlab chiqarish, ish va xizmatlar xarajatlar
xisobini yuritishning puldagi ifodasidir.
Buxgalteriya xisobi milliy andozalarining “Tovar moddiy zaxiralari”deb
nomlangan 4-sonli BXMSda tannarx tarifi quyidagicha keltirilgan:
Tashkilotning o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-
moddiy zahiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi.
Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan
bevosita bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan
shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va
bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish
xususiyatiga ega bo’lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
7
Xarajatlar xisobini to’g’ri va oqilona tashkil etish , va eng avvalo,
moliya-xo’jalik faoliyatini xisobini yuritishni tashkil etish me’yoriy usuli deb
atalgan usulni joriy etish korxonalar uchun eng muhim muammolardan
biridir.
Buning zarurligi qator xujjatlarda ko’rsatib o’tilgan, xususan,
O’zbekiston Respublikasida Buxgalteriya xisobining milliy andozalariga
taalluqli “Tovar-moddiy zaxiralar” deb atalgan 4-bobda shunday deyilgan: “
7
O’zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 4-sonli BHMS tovar-moddiy zahiralar(yangi tahrirda) 4
bob 27-bandi
21
Tovar-moddiy zahiralar (mahsulot (ishlar, xizmatlar)) tannarxini aniqlash
usullari ularning turi, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi,
tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi,
tovar-moddiy zahiralar nomenklaturasiga bog’liqdir.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo’lib:
oddiy, me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa
xarajatlarni inventar baholash usuli ham qo’llaniladi
8
.
Biroq, hozirda korxonalarda amalda bo’lgan tannarxi boshqarish
amaliyoti ko’p jixatdan zamonaviy talablarga mos kelmaydi. Chunki, u
muntazam tusga ega emas va xarajatlar kamayishini ta’minlaydi.
O’tkazilgan tadqiqotlar tannarxi boshqarishni tubdan yaxshilash uchun
uni xarajatlarini boshkarishnig asosiy elementlaridan biri yalpi me’yoriy
tizimi sifatida tashkil etish zarurligini ko’rsatmoqda . Shunday qilib zarurki,
unda mazkur tizim haqiqatdan ham umumiy va yaxlid bo’ladi, u barcha
boshqaruv darajalarini qamrab olishi va me’yoriy usulga asoslanmog’i
darkor. Me’yoriy usulga asoslanish shundan iboratki, bunda boshqarilayotgan
ob’ektga ta’sir ko’rsatish to’g’risidagi qaror me’yoriy ko’rsatkichlar
chekinishlar ro’y bergan haqidagi axborotlar asosida qabul qilinadi.
Me’yoriy usulga xos bo’lgan xarajatlar me’yorlaridan cheklanishlarni
muntazam ravishda aniqlab borish ortiqcha xarajatlar (salbiy cheklanishlar)ni
bartaraf etish yuzasidan tashkiliy, texnologik ma’muriy va iqtisodiy
choralar ko’rish imkonini beradi hamda natijada tannarxning kamayishiga
yordam beradi.
Tannarxning me’yoriy xisobi u yaratayotgan axborotga avtamatik
tarzda ishlov berish umumiy ko’p maqsadni ko’zlagan xolda tartibga solishni
hamda xarajatlarni xozirda va istiqbolda boshqarishda amaldagi me’yor va
me’yoriylardan foydalanishni ta’minlaydi.
8
O’zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti 4-sonli BHMS tovar-moddiy zahiralar(yangi tahrirda) 5-
bob 30-bandi
22
Korxona ishlab chiqarishni tashkil etish va uning texnalogiyasidagi
o’ziga xosliklarni o’rganish shuni ko’rsatdiki, me’yoriy usul o’z
xususiyatlariga, imkoniyatlariga va qamrov darajasiga ko’ra «Ishlab chiqarish
xarajatlarini xisobiga olish usuli» dan ancha chuqur va keng qamrovlidir.
Aynan shuning uchun ham u qishloq xo’jaligi tuzilmalarining ishlab
chiqarish - xo’jalik faoliyati xisobini yuritishni tashkil etish usuli sifatida
qo’llanishi mumkin. Me’yoriy xisob joriy etilishini taxlil qilish shuni
ko’rsatmoqdaki, uning tarqalish xududi hali etarli emas. U qisman
ziroatchilikda, chorvachilikda va yordamchi ishlab chiqarishda qo’llanadigan.
Garchi tannarx va boshqa ko’rsatkichlarni shakllantirish ko’p jixatidan
shunga bog’liq bo’lsa ham undan ta’minot-tayyorlov, moliya-sotuv va tashkiliy
soxalarda foydalanilmaydi. Masalan, ta’minot - tayyorlov soxasini me’yoriy
xisobga olish, yetkazib berish xajmi, olingan xom ashyo va materiallar sifati,
yo’l -tayyorlov xarajatlari, tushirish va yuklash xarajatlari va haqozolarni
axborot bilan qo’llab-quvvatlashdan iborat. Shunday vaziyatda me’yoriy xisob
to’liq bo’lmaydi, aniqlangan chekinish va o’zgarishlar esa xar doim ham ta’sir
qiluvchi omillar bilan mos kelaveradi.
Ilg’or me’yoriy bazalar mavjud bo’lishi me’yoriy metodni joriy
etishning eng asosiy shartidir. Buning uchun qishloq xo’jaligi tuzilmalaridan
yagona me’yoriy xo’jalik tashkil etiladi. Chunki me’yoriy kalkulyatsiyalarni
to’g’ri tashkil etish yana shunga bog’liqdir. Korxonada maxsulot tannarxi
faqat bir marta va yilning oxirida aniqlanishi tufayli joriy yilning o’zida
ayrim ishlar va xizmatlar tannarxini agro - texnik va texnologik kartalar
asosida xisoblab chiqish lozim.
Me’yoriy xo’jaligida norma va me’yorlar me’yorlashtiriladi, me’yorlar
xarakati, nazorat va uning sifatini taxlil qilish xisobi yuritiladi. Buning uchun
me’yoriy xo’jalik aholi to’g’risida ichki xisobot shakllarini joriy qilish
maqsadga muvofiqdir. Unda amaldagi norma va me’yoriylar, eskirgan
normalarni ularni yangilash muddatini, qamrov darajasida ( me’yorlashtirish
darajasi) hamda davr oxiriga kelib normalar va me’yoriylar bilan amalga
23
oshirilgan barcha jaroyonlarni ko’rsatgan xolda qayta ko’rib chiqishga oid
tadbirlar aks etiriladi.
Yaxshi tashkil etilgan mehnatdan va moddiy boyliklardan oqilona
foydalanish (mehnat, urug’lar, ozuqalar, o’g’itlar, yonilg’i-moylash materiali,
o’simliklarning ximoyalashning kimyoviy usullari, veterinariya dori-darmonlar,
prepartlar va hakozolarga haq to’lash uchun pul mablag’larini sarflash)
ustidan tezkor iqtisodiy nazorat tizimi me’yoriy xisob sharoitda birinchi
darajali ahamiyatga egadir. Endi me’yoriy usulning tashkil etuvchi
elementlariga batafsil to’xtalamiz:
Ø
ishlab chiqarish bo’yicha texnalogik qartalarni va tashkiliy –
texnikaviy qartalarni ishlab chiqarish (qishloq xo’jalik ishlarining ayrim
qizg’in davrlari) xamda ekin maydoni va birligiga sarflangan xarajatlarni
aniqlash; ayrim ish turlari, ishlab chiqarishning texnalogik bosqichlari (yoki
ularning bir qismi), me’yoriy vazifalari asosida uzoq davom etmaydigan
davr uchun tarkibiy xo’jalik bo’limalariga qishloq xo’jaligi davrlari uchun
meyoriy xisob-kitoblarni (tezkor va qisqa muddatli vazifalar) tuzish;
Ø
amalda bajarilgan va mexanizatsiyalashtirilgan odatda, qo’lda
bajariladigan ishlar, mehnat sarfi va mehnatga haq to’lash fondi xarajatlari xajmiy
xisobga olish: xisobga olish va me’yoriy xisob-kitoblar ma’lumotlari asosida amalda
bajarilgan, lekin me’yoriylardan ko’zda tutilmagan, shuningdek, bajarilmagan, lekin
tegishli tartibda qayd etilgan ishlar xajmini aniqlash: mehnat sarfi, mehnatga haq
to’lash fondida xisoblab yozilgan mablag’lar, yonilg’i-moylash materiallari sarfi,
maxsulotlar, ishlar va xizmatlar tannarxining me’yoriy xisob-kitoblari asosida
amalda bajarilgan ish uchun yordamchi va xizmat xajmini aniqlash:
Ø
buxgalteriya xisobi registrlarida xar bir qishloq xo’jaligi ekini (bir
turdagi ekinlar) bo’yicha joriy (amaldagi) xarajatlardan chekinishni xisob-kitoblar
moddalari asosida xamda ularning vujudga kelish joylari, sabablarini, shuningdek,
xatti-xarakatlari ushbu chekinishlarga olib kelgan aniq shaxslar (ortiqcha sarf
xarajatlarda aybdor bo’lganlar yoki tejamkorlik tashabuskorlari)ni aniqlagan xolda
qayd etish: xarajatlarning norma asosida o’zgarish xajmini aniqlash va ularni
24
buxgalteriya xisobi registrining «Me’yoriy xisob-kitoblar asosida ustunida aks
ettirish:
Ø
yil oxirida (urug’lar, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab
chiqarishlarning haqiqiy tannarxi xisob-kitob qilganidan so’ng)me’yoriy va amaldagi
tannarx o’rtasidagi farqlarni aniqlash xamda ularni buxgalteriya xisobi registirida aks
ettirish.
Maxsulot ishlab chiqarishda sarf-xarajatlarni maxsulot turlari bo’yicha (xisobga
olish ob’ektlari bo’yicha) me’yoriy usulda xisobga olish ikki yo’nalishda, yangi
xarajatlarni joriy (amaldagi) me’yorlar doirasida xisobga olish va me’yordan
chekinishlarini uning aniq sabablari, vujudga kelish joyi va ma’sul shaxslarni
ko’rsatgan xolda xisobga olish yo’nalishlarida amalga oshirilmog’i lozim.
Bunday cheklashlar xisob xujjatlarining yoki chekinishlarni qayd etish
jarayonlarining tegishli tartibida bo’linishlariga olib keladi. Xususan, me’yoriy
xisob-kitoblarda ko’zda tutilgan mehnat sarfi va pul-moddiy xarajatlarini amalga
oshirishda,odatdagi xolatda zarur bo’lgan birlamchi xujjatlar tuziladi, ularda
xarajatlarning haqiqiy miqdorlari ( me’yorlar doirasida) aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish uchun moddiy boyliklar va ish haqi to’lash uchun pul
mablag’larining me’yordan yuqori darajada sarflanishi rangli qog’ozdan yoki
uzunasiga rangli chiziq tortilgan qog’ozdan tayyorlangan maxsus signal (dastlabki)
xujjatlari bilan rasmiylashtirilishi zarur. Ularda yo’l qo’yilgan chekinishlarning joyi,
sabablari va uning muayyan aybdorlari ko’rsatiladi. Signal xujjatlariga, albatta,
korxona raxbari yoki uning o’rinbosari imzo chekadi. Shuningdek, bunda qayd
etishning boshqa usullari ham qo’llanishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarining jamlama xisobi me’yoriy usulda 20, 23-sonli
bosh xisobraqamlarga nisbatan o’rnatilgan moddalar nomenklaturasi asosida va
boshqa usulda normadan chekinishlar va o’zgarishlarni norma doirasida xarajatlarga
taqsimlash asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun vazifa - ushbu xarajatlarni
tartibga solingan aks ettirishini dastlabki xisob darajasida yoki xatto jamlama -
yig’ma (guruhlangan) xisob bo’lgan ishlab chiqarish xisobi darajasida
qoldirmasdan uni taxliliy xisob registrlari darajasiga yetkazishdan iboratdir.
25
Shunday qilib, me’yoriy usul xisob va nazoratining usullar tizimidir, shuningdek
u qishloq xo’jaligida xarajatlarni boshqarishning muhim vositasidir. Uni tezroq
amalga joriy etish uchun quyidagi tartib bo’yicha batafsil ishlab chiqilishi zarur:
· maxsulot ishlab chiqarishda xarajatlar xisobini yuritish uchun me’yoriy
usulni qo’llashning umumiy tavsifi va mazkur usulni korxonalarda qo’llashning
o’ziga xosliklari;
· qishloq xo’jaligi korxonalari sharoitida me’yoriy baza va me’yoriy
tannarxning xisob-kitob qilish (me’yoriy bazaning ro’li va ahamiyati, me’yoriy baza
byurosini tashkil etish va uning faoliyatini yo’lga qo’yish);
· birlamchi xujjatlar tavsifi va uni me’yoriy usul sharoitida qo’llash tartibi
(birlamchi jamlama xujjatlarni qo’llashning o’ziga xosliklari, norma o’zgarishi va
undan chekinishlar haqidagi axborotlarni qayd etish tartibi);
· me’yoriy usulni ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatish sifati va muddati
ustidan tezroq nazorat o’rnatish, xujjatlar bilan rasmiylashtirish texnikasi va mehnat ,
unga haq to’lash, urug’larni sarflash, ozuqa, yonilg’i moylash materiallari va boshqa
moddiy boyliklar sarfi, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini me’yoriy usulda
xisobga olish, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar, ishlab chiqarilgan
maxsulotning jamlama xisobini tashkil etish);
· korxona tuzilmalarining sanoat, yordamchi va xizmat ko’rsatish
tarmoqlarida me’yoriy usulni qo’llash tavsifi: maxsulotlarini qayta ishlash ,
shuningdek, xo’jalik extiyoji uchun boshqa materiallarni tayyorlash va uni
boshqa tomonga sotish xarajatlarining me’yoriy xisobini tashkil etish. Sarf
xarajatlar moddalari bo’yicha me’yoriy xisobot yuritish va tezkor nazorat o’rnatish
texnologiyasi, shuningdek, xarajatlarning jamlama (taxliliy va sintetik) xisobi
texnikasi mohiyatini aniqlash.
Endi yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar sarfini me’yoriy usulida
xisobga olishga kelsak, unda bu bo’limning ushbu qismida yuk tashish ishlarida yuk
mashinalrirdan foydalanish, ta’mirlash - mexanika ustaxonasi hamda boshqa
yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar ish ustidan ( xar biri bo’yicha alohida)
26
tezkor nazorat o’rnatish shakli, xisob yuritshni tashkil etish qoidalari va uning
tartibini bayon qilish lozim. Ayni paytida texnologik jarayonlar va xo’jalik
operatsiyalarining o’ziga xosliklari ularning turlariga qarab alohida xisobga
olinmog’i lozim:
· Me’yoriy usul sharoitida ishlab chiqarishini samarali boshkarish uchun
zarur bulgan tezkor iqtisodiy nazoratini amalga oshirishning asosiy tavsiflari :
Xarajatlarni me’yoriy usulda xisobga olishga doir ma’lumotlardan korxona va
uning tarkibiy bo’linmalarining xo’jalik xisobidagi faoliyati yakunlarini chiqarish
maksadida foydalanish: sarf xarajat normalarining bajarilish ustidan tezkor nazorat
o’rnatish va taxlil qilish: xarajatlarni taxlil qilish, normadan chekinish sabablari va
unga yo’l qo’yilganligi uchun javobgar bo’lgan shaxslarni aniqlash, ishga xo’jalik
xisob-kitoblarini natijalarini aniqlash va ishlab chiqarish jarayonida ularni
takomillashtirib borish uchun xo’jalikda tasdiqlangan me’yorlardan foydalanish: pul
moddiy boyliklarining sarflanishi, ish haqi yozish va xokazolarga doir birlamchi
xujjatlarni bevosita rasmiylashtirish jarayonida tegishli qarorlar qabul qilish va
tezkor nazoratini tashkil etish:
Taxliliy va sentetik xisobda ishlab chiqarish xarajatlarining xisob-kitob
moddalari, xisob ob’ektlari, norma va me’yoriylardan chekinish joyini bunga
aybdor bo’lgan shaxslarni ko’rsatgan xolda guruhlashuvni ta’minlashini ko’zda
tutgan xolda xar bir ish uchastkasida kiruvchi va ishlanuvchi axborotlar
to’plami shakllantirilishi lozim. Shunday qilib, me’yoriy xisob faqat
xarajatlar xisobi va maxsulot tannarxi xisob-kitobi bilan cheklanib qolmaydi .
U me’yoriylardan chekinishni xisobga olishni mehnatni moddiy ta’minlash,
undan samarali foydalanish, texnika va uskunalarning mavjudligi, ishlab
chiqarilgan maxsulotni sotish va sof daromad ( foyda) olishni nazorat qilish bilan
organik ravishda bog’langan xolda, xo’jalikning butun tezkor faoliyatini qamrab
oladi.
“Urganch yog’-moy” OAJning asosiy faoliyat turi hisoblangan maxsulot (ish,
xizmat)lar,
asosiy
ishlab
chiqarish
xarajatlari
to’g’risidagi
axborotlarni
27
umumlashtirish jamiyatning hisob siyosatida 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetida
amalga oshirish ko’rsatilgan.
2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetining debeti bo’yicha maxsulot ishlab
chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bevosita bog’liq bo’lgan to’g’ri
xarajatlar shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy ishlab
chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan egri xarajatlar va
yaroqsiz maxsulot hisobiga yo’qotishlar aks ettiriladi.
Maxsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish bilan bevosita
bog’liq bo’lgan to’g’ri xarajatlar 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schetiga ishlab
chiqarish zaxiralari, mehnatga xaq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va
boshqalarni hisobga oluvchi schetlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetiga
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schetining kreditidan hisobdan chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan
egri xarajatlar 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetiga 2510 «Umumiy ishlab
chiqarish xarajatlari»schetidan hisobdan chiqariladi.
Yaroqsiz maxsulot hisobiga yo’qotishlar 2010 «Asosiy ishlab chiqarish»
schetiga 2610 «Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz maxsulotlar» schetidan hisobdan
chiqariladi.
2010 – «Asosiy ishlab chiqarish» schetining kreditida tugallangan maxsulot
ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning xaqiqiy tannarx summalari aks
ettiriladi. Ushbu summalar 2010 – «Asosiy ishlab chiqarish» schetidan 2810
«Ombordagi tayyor maxsulotlar», 9110 «Sotilgan tayyor maxsulotlarning tannarxi,
9130 «Bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxi» schetlarining debetiga hisobdan
chiqarilishi mumkin.
2010 – «Asosiy ishlab chiqarish»scheti bo’yicha oy oxiridagi qoldik
tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko’rsatadi.
Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan maxsulotlarning turlari
bo’yicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari bo’yicha
guruhlanishi shuningdek, kalkulyatsion hisob aloxida schetlar tizimida amalga
28
oshiriladi. Ushbu schetlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini xar bir korxona
o’zining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish xususiyatlariga
qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa belgilari
bo’yicha guruhlanishi hamda schetlar tizimida hisobga olinmasa, 2010 – «Asosiy
ishlab chiqarish» schetining analitik hisobi xam korxonaning aloxida bo’linmalari
bo’yicha yuritiladi.
Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schetlar (2000)ning bog’lanishi.
1. Bevosita maxsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da
qatnashadigan asosiy vositalarning eskirishi
Debet Kredit
2010 0211-0299
2. Maxsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatishga taalluqli
bo’lgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi.
Debet Kredit
2010
0510-0590
3. To’g’ri material xarajatlari maxsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat
ko’rsatishga hisobdan chiqariladi
Debet Kredit
2010 1010-1090
4. O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor maxsulotlarni qayta ishlash uchun
asosiy ishlab chiqarish tsexlariga chiqarish
Debet Kredit
2010 2110
5. Yordamchi tsexlarning xarajatlarini asosiy ishlab chiqarishning maxsuloti va
xizmatlari tannarxiga kiritish
Debet Kredit
2010 2310
|