• 1.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning jarayonli va me’yoriy usullarini qo’llash
  • Moliyaviy faoliyat xarajatlari




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/24
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,11 Mb.
    #112905
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida
    Презентация, 1 maaavzu, Курс иши мавзулари, 5-мавзу фискал ҳисоблар ва уларнинг таҳлили-fayllar.org, Biznes reja Yo\'ldoshev Doniyor, Drayver, 2t30, 7-mavzu. Qog`oz va kartondan amaliy ishlarni tashkil etish metod-fayllar.org (1)
    Moliyaviy faoliyat xarajatlari 
    · Banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar. 
    · Uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar . 
    · Valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar. 
    · Korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish 
    xarajatlari. 
    1.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini 
    kalkulyatsiya qilishning jarayonli va me’yoriy usullarini qo’llash
    Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulyatsiya qilish tizimi seriyali yoki ommaviy 
    tarzda bir xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Xarajatlarni jarayonlar bo’yicha 
    kalkulyatsiya qilishni har bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab chiqarish 
    jarayonining alohida qismini bajarish va ishlov berishga qarab mahsulotni bitta 
    muomaladan boshqasiga o’tishni ko’zda tutgan texnologiyaga ega sub’ektlar ham 
    qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab chiqarishni tugatadi va mahsulotni tayyor 
    mahsulot omboriga topshiradi. Xarajatlar mahsulotlarga ishlab chiqarish bo’linmalari 
    bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun nisbatsiz umumlashtiriladi. 
    Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini ma’lum davrda shu 
    davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. 
    Bunday ishlab chiqarishlarga kimyo, neftni qayta ishlovchi, to’qimachilik, 
    tsement va boshqa ishlab chiqarishi seriyali va ommaviy turdagi tarmoqlar kiradi. 
    Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish va ishlab chiqarish ob’ektlarining 
    hisobi uchun qo’llaniladigan birliklar to’g’risidagi aniq tavsif mashinasozlik misolida 
    berilgan. 


    12 
    Seriyali ishlab chiqarish ommaviyga nisbatan tezkor-ishlab chiqarishni 
    rejalashtirish aniqlashtirilgan uslublaridan va tayyor mahsulotni o’lchashga nisbatan 
    detallashtirilgan reja-hisob birliklaridan foydalanadi. Oqimli ishlab chiqarishda
    bo’lgan mashinasozlik korxonasida seriyali turdagi sex va uchastkalar ko’p hissani 
    tashkil etadi. Shunga nisbatan ishlab chiqarishni to’liq akslovchi va uning 
    xususiyatlariga bog’liq bo’lgan tezkor-kalendar rejalashtirish va tezkor hisob 
    tizimlarini ko’rib chiqamiz. 
    Seriyali ishlab chiqarish maxsus uskunalar bilan ta’minlangan ixtisoslashgan 
    yoki universal uskunada ishlangan detallarning ko’p miqdoridan tarkib topgan 
    mahsulotlarning keng nomenklaturasi bilan tavsiflanadi. 
    Tayyorlovchi ishlab chiqarish sexlari, ularga quyuvchi, temirchilik, presslovchi 
    tsexlar kiradi, texnologik turi va ishlab chiqarish tsiklining tugaganligi bo’yicha 
    ixtisoslashadi. Shunday qilib, quyuvchi tsexlar va ularning bo’linmalari qo’yiladigan 
    narsalari bo’yicha ixtisoslashadi - kulrang cho’yan, quyma cho’yan, po’lat quyilma,
    rangli quyilma; quymalar guruhlari bo’yicha-yirik, o’rta va kichik quyilma 
    bo’linmalari; texnologiya jarayonlarining xususiyatlari bo’yicha - bosim yordamida 
    quyish; kuydiradigan yoki eritiladigan modullar bo’yicha - quyish va boshqalar. 
    Temirchilik sexlar texnologik turlari bo’yicha ixtisoslashadi - mustaqil quyish,
    issiq shtampovka, o’tqazish;
    detallar guruhlari bo’yicha – og’ir, o’rtacha va mayda nakovka; 
    uskuna guruhlari bo’yicha – kovka mashinalari bo’linmalari, bolg’a yoki press 
    bilan kovka, bolg’alarda shtampovka qilish, prokatka va boshqalar. 
    Presslovchi sexlarda ishlab chiqarishni tashkil etishning asosi bo’lib tugallangan 
    ishlab chiqarish tsikliga ega predmet-texnologiya tamoyili hisoblanadi; bo’linmalarda 
    presslanadigan metallning qalinligiga va uskuna turlariga – qalin, o’rta va yupqa 
    varoqli shtampovka qiluvchi uskunalarga qarab ixtisoslashtirilgan. 
    Mexanik ishlov berish tsexlarida ishlab chiqarish predmetning yopiq tsikli 
    bo’yicha – uzellar, agregatlar, detallar; predmet-texnologiya turi bo’yicha-tokar 
    bo’linmasi, frezer va boshqalar tashkil etiladi; ayrim hollarda bo’linmalarga ishlov 
    berish turi bo’yicha ixtisoslashtirilganligi uchraydi – cho’yan detallar bo’linmasi, 


    13 
    po’lat detallar bo’linmasi va boshqalar. Asosan detallarga ishlov berish hamma 
    turdagi ishlov berishni termik ishlov berish, mustaxkamlash va boshqa 
    komplektlanishini ta’minlovchi ish joylariga ega oqimli liniyalarda mujassamlangan 
    qo’shimcha muomalalarni ham kiritadi. 
    Me’yorlashtirilgan detallarni ishlab chiqarish, odatda, mustaqil tsexlarga yoki 
    alohpda bo’linmalarga ajratiladi. Ko’p hollarda bunday detallarni tayyorlash metall 
    bilan qoplash bilan kuzatiladi. 
    Mexanik yig’ish va yig’ish sexlarida oqimli texnologiya bo’yicha konveyerlarda 
    tashkil etilishi mumkin yoki yig’ish stendlarda amalga oshiriladigan muhim yig’ish 
    bo’linmalariga ega bo’lishi mumkin. Bu holda moddiy oqimlar harakatnning asosiy 
    turlari – komplektli, guruhli va portsiyali. Sexlar ichida bo’linmadan bo’linmaga 
    detallar 
    bemalol 
    yoki 
    liniyalar 
    yordamida, 
    mexanizatsiyalangan 
    va 
    avtomatlashtirilgan moslamalar yordamida, konveyerli yoki relssiz transport 
    yordamida yurishi mumkin. Tayyorlash, pakovka, qo’yilmalar, shtampovkalarga 
    ishlov berish yoki yig’ishdan oldin saqlash uchun tsexlar oldidagi omborlar yoki 
    detallarni komplektlovchi bo’linmalarga ega markaziy omborlar vazifalarini 
    bajaruvchi omborlar tashkil etiladi. Muomalalar oralig’idagi ta’mirlar buning uchun 
    maxsus 
    ajratilgan 
    joylarda 
    saqlanadi: 
    osilgan 
    tara, 
    osilgan 
    omborlar, 
    mexanizatsiyalashgan hududlar, muomalalar orlikidagi omborlar va boshqalar. 
    Moddiy oqim harakati nazorat-hisob nuqtalarida nazorat qilinadi: materialni 
    olish, materiallarni qayta ishlashga jo’natish, tsexlar ichidagi harakati, tsexlararo 
    harakati, tayyor mahsulotni chiqarish. Nazorat-hisob nuqtalari mahsulotning 
    yaroqliligini va yaroqsizligini aniqlash maqsadida mahsulotni qabul qilish uchun 
    kerak bo’ladi. O’zining texnologiyasiga ko’ra, har bir ishlab chshqarish chiqarishning 
    turli joylariga ega mahsulot chiqarish va shunga muvofiq nazorat-hisob nuqtalari. 
    Quyuvchi tsexlarda ishlab chiqarish nuqtasi bo’lib detallarga shakl berish 
    hisoblanadi, temirchilik tsexlarda – pakovkalarni shtampovkalash, presslovchi 
    tsexlarda – buyumlarni shtampovkalashda birinchi yoki yurituvchi muomala, 
    mexanik yig’ish va yig’ish tsexlarida – buyumlarni yig’ishga jo’natish. Hamma 
    ishlab chiqarishlarda tayyor buyumlarning hisoblash nuqtasi bo’lib, tayyor 


    14 
    mahsulotni qabul qilish bo’yicha texnik nazorat bo’limlarining punktlari 
    hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarni topshirish nuqtasi bo’lib, tayyor mahsulotni 
    iste’molchi tsexlarga yoki ishlab chiqarish bo’limining, sotuv bo’limining 
    omborlariga jo’natish joylari xizmat qiladi. Yaroqsiz detallarning hisoblash nuqtasi 
    bo’lib, yaroqsizlik aniqlangan texnologik jarayonlarning muomalalari hisoblanadi.
    Detal, uning buyumga kirish me’yori hozirgi davrning o’zida me’yoriy 
    kalkulyatsiya qilishning ob’ekti hisoblanadi, chunki uzel, agregat, buyumga me’yoriy 
    kalkulyatsiya tuzilishidan oldin to’g’ri xarajatlarni detalga bo’lgan natural va qiymatli 
    mazmunining me’yorlari aniqlanadi. 
    Detal reja-hisob birligi sifatida quyidagi elementlarni qamrab oluvchi me’yoriy 
    rejalashtirish 
    va 
    ishlab chiqarishga bo’lgan 
    xarajatlar 
    hisobi tizimining 
    komplektlashganligi talabiga javob beradi: 
    Ø 
    mahsulot chiqarishning ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uni tayyorlash 
    muddatining etkazib berish shartnomasi muddati bilan to’g’ri kelishini, tsexlar, 
    bo’linmalar va brigadalar bo’yicha mahsulot tarkibini me’yorlashtirish va boshqalar; 
    Ø 
    iste’mol, asosiy jamg’armalarning sarflari va zahiralari, moddiy, mehnat 
    va moliya resurslarining yagona me’yori asosida texnik, texnologiya va iqtisodiy 
    asoslash; 
    Ø 
    ishlab chiqarish bo’linmalari darajasida ishlab chiqarish faoliyati 
    natijalarini rejalashtirish, hisobga olish va aniqlash. 
    Ommaviy ishlab chiqarishning chegaralangan nomenklaturasi bilan va ma’lum 
    vaqt mobaynida uzluksiz tayyorlanadigan mahsulotning turlari ko’p miqdorda ishlab 
    chiqarish bilan ajralib turadi (1.2.1-rasm). 

    Download 1,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish