• Bitiruv malakaviy ishining tarkibi.
  • 1.1. Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini shakllantirishning nazariy asoslari
  • Bitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asosi




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/24
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,11 Mb.
    #112905
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida
    Презентация, 1 maaavzu, Курс иши мавзулари, 5-мавзу фискал ҳисоблар ва уларнинг таҳлили-fayllar.org, Biznes reja Yo\'ldoshev Doniyor, Drayver, 2t30, 7-mavzu. Qog`oz va kartondan amaliy ishlarni tashkil etish metod-fayllar.org (1)
    Bitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asosi BMIning 
    mavzusini yoritishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning xalqaro 
    miqyosda yuqori baholanayotgan va ijobiy natijalarini mamlakatning
    taraqqiyoti tajribasi tasdiqlanayotgan tanlangan asarlari to’plamiga kiritilgan 
    kitoblaridan, ko’plab maqola va chiqishlarida bozor iqtisodiyotiga o’tish borasidagi 
    vazifalari haqidagi asarlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
    tomonidan qabul qilingan qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
    Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari
    O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
    qo’mitasining me’yoriy hujjatlaridan, ommaviy axborot vositalari materiallaridan 
    keng foydalanildi. 
    Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, ikkita 
    bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 



     
    1-BOB Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mahsulot tannarxini 
    shakllantirishda to’g’ri va egri harajatlarning xususiyatlari. 
    1.1. Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini shakllantirishning 
    nazariy asoslari 
    Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish 
    bo’yicha 2009-2012-yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar 
    dasturi O’zbekistonni 2009-yilda ijtimoiy-iqtisodiy tivojlantirishning eng ustuvor 
    yo’nalishi bo’lib qoladi. 
    Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqyisodiyotimizni isloh etish, 
    erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya 
    qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tamonlama asosli va chuqur o’ylangan 
    siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan 
    kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.
    4
    Oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni 
    rag’batlantirish bo’yicha qabul qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish 
    korxonalari uchun keng ko’lamda rag’batlantirish tizimi nazarda tutilgan va 
    imtiyozlar berilgan. 
    Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
    yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga 
    qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha dastur ishlab 
    chiqilgan.
    5
    Ushbu dastur asosida ”Urganch yog’-moy” OAJ da mahsulot tannarxini 
    pasaytirish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan. Ushbu dastur quyidagilarni o’z ichiga 
    oladi:
    Ø energiya resurslarini iqtisod qilish,
    4
    Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari —
    T.: O’zbekiston, 2009. 30-31- betlar.
    5
    Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari —
    T.: O’zbekiston, 2009. 35-37- betlar. 



    Ø texnik jarayonlarni optimallashtirish,
    Ø modernizatsiya qilish va texnik tadbirlar o’tkazish xisobiga xom-ashyo 
    materiallar sarfini belgilangan me’yorlardan kamaytish,
    Ø texnologik jarayonlarni optimallashtirish xisobiga texnologik yo’qotishlarni 
    kamaytirish,
    Ø ishlab chiqarishga egri xarajatlarni pasaytirish,
    Ø davr xarajatlarini qisqartirish,
    Ø boshqa xarajatlarni tejash xisobiga.
    6
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida kimga va qancha to’lash korxona rahbarlarini 
    o’yga toldiruvchi eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Sotsialistik tuzum 
    rahbarlar oldiga bunday muammolarni qo’ymagan, odatda barcha kishilar vazirliklar 
    tomonidan belgilanadigan va davlat byudjetidan to’lanadigan, egallagan 
    lavozimiga mos o’zgarmas, bir xil maosh olar edi. Hozirgi paytda hayotimizga
    kirib kelayotgan kapitalistik munosabatlar xodimlar mexnatining samaradorligini
    baholash va ularga haq to’lash masalasini birinchi o’ringa olib chiqmoqda.
    Mehnati uchun juda arzimas haq oladigan xodim yaxshiroq ish topgan zahotiyoq 
    ishdan bo’shab va hattoki raqobatchi tomon xizmatiga o’tib, o’zining sobiq 
    ish beruvchilarini ancha tashvishga solib qo’yishi mumkin.
    Oqibatda korxonani faoliyatining samaradorligi ma’lum bir vaqtda kamayadi. 
    Chunki yangi xodim topguncha uning vazifalari sobiq xamkasblar zimmasiga 
    yuklanadi yoki ularni xech kim bajarmaydi .
    Xodimlarga haddan tashqari ko’p haq to’laganda, korxona rivojlanishi
    uchun sarflanadigan foyda kam qoladi (yoki umuman qolmaydi ) . 
    Ko’rinib turibdiki, tushumning ma’lum bir miqdorida uch element bir-biri 
    bilan uzviy bog’liq. Demak, ish haqi miqdori oshirilganda, yo xarajatlarni 
    kamaytirish zarur, yo foyda o’z-o’zidan kamayadi. Xarajatlarni kamaytirishning
    turli usullari mavjud, biroq ulardan birini asosli ravishda tanlash uchun xisobga 
    6
    “Uganch yog’-moy”OAJda ishlab chiqariladigan maxsulotlar tannarxini kamaytarish borasida 2013-yilda belgilangan 
    chora-tadbirlar dasturi. 



    olish ma’lumotlariga tayanish zarur. Bu jixatdan korxonada mavjud
    ma’lumotlar, odatda buxgalterlik ma’lumotlari bilan chegaralanadi .
    Tabiiyki, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun bunday ma’lumotlar
    etarli emas. Amerikalik D.Xarris 1936 yillardayoq bunday vaziyatdan chiqish 
    yo’lini topgan edi. 
    U to’g’ri xarajatlar xisobini yuritishni anglatuvchi “direkt - kosting”
    (yoki direkt-kost) (direkt-costing) tushunchasini muomalaga kiritdi. ( Direkt -
    kosting -tarjima qilganda unga boshqarish xisobi ma’nosi berilib , quyidagi 
    funktsiyalar belgilangan: xarajatlarni to’g’ri va qo’shimcha xarajatlarga ajratish,
    umuman korxonaning, tuzilmaviy bo’linmalarning, xar bir xodimning faoliyati
    samaradorligini baholash, shuningdek korxona xodimlarining faoliyatini korxona 
    uchun zarur yo’nalishda rag’batlantiruvchi mehnatga haq to’lash tizimini 
    yaratish).
    O’zgaruvchan xarajatlarni xisobga olishni u “veriebl kosting” (virebl - costing)
    deb nomlagan. 
    Xar qanday boshqaruv qarori faqat ob’ektiv ma’lumotlarga asolangan 
    xolda qabul qilinishi mumkin .
    Raxbar har doim uning korxonasi qanchalik samarali faoliyat
    yuritayotganligi, olinayotgan tushum yoki ishlab chiqarish xarajatlarining
    dinamikasi, ishlab chiqarilayotgan maxsulot (sotilayotgan tovarlar, taklif
    etilayotgan xizmatlar) miqdoriga mavsumiy omillarning ta’siri to’g’risida
    ma’lumotga ega bo’lishi lozim . Korxona xo’jalik faoliyatini doimiy ravishda taxlil 
    qilib borish, o’zgaruvchan bozor sharoitlariga tezda qayta moslashish imkonini 
    beradi. Bundan tashqari, boshqaruv xisobi kompaniyaning ichki nazorat tizimini,
    uning alohida tuzilmaviy bo’linmalari va ularning xodimlari ustidan nazoratni keskin 
    kuchaytiradi. Yanada samaraliroq rejalashtirish, shuningdek, rejalar ijrosini 
    nazorat qilish imkoniyati paydo bo’ladi . 
    Yaxshi shakllantirilgan tashkiliy tuzilma xodimlar bilan samarali 
    ishlash uchun ham asos hisoblanadi. Korxonada har bir mutaxassisni o’rni va 
    funktsiyalari aniq belgilangan holdagina xodimlarni tanlash xarajatlari o’zini oqlaydi. 



    Shundan so’ng boshqaruv xisobini yuritish tizimi o’z samarasini bera boshlaydi. 
    Korxona, uning tuzilmaviy bo’linmalari va har bir xodimning ish samaradorligini esa 
    faqat uning yordamidagina xolisona baholash mumkin .
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda muhim kategoriya xisoblanadi. Milliy 
    iqtisodiyotning barcha sohasida asosiy maksad-foyda olish va uni ko’tarishdir. 
    Rivojlangan mamlakatlarda ma’lum miqdorda foyda olmasdan faoliyat yurituvchi 
    korxonalar ham mavjud. Shunday bo’lsa ham foyda bozor iqtisodiyoti sharoitida 
    asosiy ro’l o’ynaydi. Foyda kategoriyasi iqtisodiy nazariyaning ob’ekti sifatida bir 
    necha yuz yillardan beri hamda uning mohiyati va shakllari to’g’risida hozirgacha 
    talkin etib kelinadi. 
    Iqtisodiy nazariyaga oid ko’pgina adabiyotlarda foyda kategoriyasi daromad, 
    kapital, foiz, ularning stavkalari bilan bog’lik holda bayon etiladi. Foydaning yalpi 
    sarflar chegirilgan umumiy tushumini aks ettiradi. Chegiriladigan sarflar tarkibiga ish 
    haqi, ijara to’lovi, material uchun xarajatlar, yoqilg’i, yig’ma buyumlar
    amortizatsiya, ssuda bo’yicha foizlar, soliqlar, zaxiralar va haqozalar kiradi.
    Iqtisodiy adabiyotlarda foyda ishlab chiqarish omillaridan foydalanishdan 
    kelgan daromad deb ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish omillari asosan mehnat, er va 
    kapital hisoblanadi. 

    Download 1,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishining nazariy – uslubiy asosi

    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish