• 2.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona xarajatlarini tejash va samaradorligini oshirish yo’llari
  • Ishlab chiqarish mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlar tahlili




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/24
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,11 Mb.
    #112905
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
    Bog'liq
    jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish korxonalarida

    Ishlab chiqarish mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlar tahlili
    25

    (ming so'm) 2.2.4-jadval. 
    Nomlanishi 
    2012 
    ulush

    2013 
    ulushi 
    Ulush 
    dagi 
    o'zga 
    rish 
    Xom-ashyo materiallari 
    31 754 808 
    74,7 
    33 838 543 71,6 
    -3,1 
    Par, gaz, suv 
    2 122 267 
    5,0 
    2 231 811 
    4,7 
    -0,3 
    Eletr energiya 
    1 316 845 
    3,1 
    1 526 733 
    3,2 
    0,1 
    Ish haqi 
    4 296 583 
    10,1 
    6 263 602 
    13,3 
    3,1 
    Ijtimoiy sug'urta 
    1 074 146 
    2,5 
    1 565 901 
    3,3 
    0,8 
    Amortizatsiya 
    1 923 892 
    4,5 
    1 804 258 
    3,8 
    -0,7 
    Jami tannarx 
    42 488 541 
    100,0 47 230 848 100,0 
    Bir birlik mahsulot uchun 
    ketgan xarajat (so'm) 
    0,73 
    0,72 
    Ushbu 2.2.4- jadvalda tannarx tarkibiga kiruvchi moddiy xarajatlar tarkibiga 
    kiruvchi xarajatlar, jumladan materialdan tashqari par, gaz, suv va elektr energiya 
    ulushi keltirilgan. Jadvalning umumlashgan holatini yuqoridagi 2.2.3-jadvalda 
    ko’rish mumkin.
    24
    “Urganch yog’-moy”OAJ moliyaviy hisob hisoboti asosida muallif ishlanmasi. 
    25
    “Urganch yog’-moy”OAJ moliyaviy hisob hisoboti asosida muallif ishlanmasi. 


    56 
    2.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va iqtisodiyotni modernizatsiyalash
    sharoitida korxona xarajatlarini tejash va samaradorligini oshirish yo’llari 
    Hech kimga sir emaski, ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori ekani, 
    tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko‘p talab qilishi va avvalo 
    iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining texnologik jihatdan qoloqligi bugungi kunda 
    raqobatdoshlikni oshirishda jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.
    Yurtimizdagi 500 dan ortiq real sektor korxonasida ishlatilayotgan 160 
    mingdan ziyod uskuna bo‘yicha o‘tkazilgan texnik audit natijalari shuni 
    ko‘rsatmoqdaki, anashu uskunalarning 30 foizdan ortig‘i eskirib ketgan. Jumladan, 
    elektr texnika sanoatida uskunalarning 44 foizi, mashinasozlik tarmog‘ida 37 foizi, 
    kimyo sanoatida 21 foizi, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 20 foizi, oziq-ovqat 
    sanoatida 19 foizi, yengil sanoatda 8 foizi eskirgan.
    26
    Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish asosiy yunalishlaridan biri bu fan 
    texnika taraqqiyotining yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. Fan texnika 
    taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom-
    ashyo materiallaridan yoqilg’i resurslaridan yanada to’laroq foydalanishga imkon 
    beradi. Shuningdek yangi unumdorligi yuqori bo’lgan samarador mashina, dastgoxda 
    yangi texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard natijada 
    korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan texnika 
    taraqqiyoti ning 20-asr ikkinchi yarmidagi o’ziga xos jixati printsipal yangi 
    texnologik usulga o’tilishi bilan harakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab 
    chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, 
    balki sifat nuqtai nazaridan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish 
    imkoniyatidir. Xarajatlarni pasaytirish asosiy yunalishlardan biri bu ishlab chiqarish 
    va mehnat tashqil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda 
    yuqotishlarni kamaytirish yuli bilan harjatlarni pasaytirish bu esa o’z navbatida jonli 
    mehnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi. 
    26
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
    bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi
     


    57 
    Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim extiyojlarini 
    qondirishga qaratilgan mahsulotlar qobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik miqdoriy 
    o’lchov darajsiga ega bo’ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori samaradorlik 
    ko’pincha imkoniyatlari bilan birgalikda ist’emol qilishdan xosil bo’lgan 
    samaradorlikning yuksalishini izoxlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng 
    yukori maksimal samaradorliklardan iborat ekanini izoxlash qiyin emas. Xar bir 
    ist’emol qilinayotgan yangi tovar o’zining eng yuqori samaradorlik darajasiga teng 
    samaradorlik darajasini kengaytiradi. 
    Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi qonunga ko’ra navbatdagi har bir 
    ist’emol qilinayotgan ne’matni yuqori samaradorlik darajasi oldingi bosqichga 
    nisbatan past bo’ladi. 
    Demak, bir o’lchovga to’g’ri keluvchi qo’shimcha ne’matlar hosil qilish 
    samarasi oldingi bosqichda olingan natijalardan pastroq bo’ladi. 
    Iqtisodiy samaradorlik bir necha iqtisodiy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. 
    Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha juziy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. 
    Samaradorlikning umumiy ko’rsatgichi mehnat unumdorligidir. U umummahsulot 
    miqdorining jonli mehnat sarfiga nisbatan ifodalanadi. Jonli mehnat sarfi kunlarda 
    soatlarda hisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga mehnat sig’imi degan 
    samaradorlik ko’rsatgichi ham qo’llanadi. Mehnat sig’imi jonli mehnatni mahsulot 
    miqdoriga nisbati orqali aniqlanadi. Mahsulotning material sig’imi degan iqtisodiy 
    ko’rsatgich ham bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmoqda.. 
    Material sig’imi moddiy ashyolar sarfini mahsulot miqdoriga nisbati orqali 
    aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond sig’imi yoki 
    fondlar qaytimi ko’rsatgichlari orqali o’lchanadi. Ko’rinib turibdiki juziy 
    ko’rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda 
    mahsulotlar miqdori ko’rsatgichlari o’rnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami 
    ichki mahsulot, sof mahsulot, qo’shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda 
    milliy daromad kabi kategoriyalar qo’llaniladi. 
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ayniqsa, respublikamizning hozirgi 
    sharoitida samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, xozirgi 


    58 
    davrda ko’pgina resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan keltiriladi, 
    zamonaviy texnologiya yetishmaydi, qadrlar malakasi yuqori emas. Shuning uchun 
    resurslardan tejamli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish milliy va xorijiy 
    sarmoyalarni eng zarur soxalarga joylashtirish yuqori malakali qadrlar tayyorlash 
    kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor berish talab qilinadi. 
    Lekin oxirgi yillarda mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturi asosida 
    qilingan ishlar natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 18 foizga tushirishga 
    erishildi. Bu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kechayotgan bir paytda juda katta 
    natijadir. Bunday ishlar albatta korxonalar barqarorligini yanada oshiradi. Chunki 
    ishlab chiqarish tannarxi pasaytirilsa, mahsulot sotish bahosi ham nisbatan 
    pasaytirilishi mumkin, bu esa bunday sharoitda mamlakatimizdagi iste’molchilari 
    uchun ayni muddao bo’ladi. 
    Olmaliq kon-metalurgiya kombinati, "O’zmetakom" aksiyadorlik ishlab 
    chiqarish 
    birlashmalari, 
    «O’zeltexsanoat» 
    uyushmasi, 
    «O’zqurilishmateriallari» kompaniyasi singari va boshqa korxona va tarmoqlarda 
    mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 20-25 foizga kamaydi. Bu korxonalar ishlab 
    chiqaradigan tayyor mahsulotlari boshqa ishlab chiqarish korxonalari uchun xom 
    ashyo bo’lib xizmat qiladi. Masalan Olmaliq kon-metalurgiya kombinati ishlab 
    chiqarayotgan mis katodi va boshqa mahsulotlari Uzkabel korxonasida turli elektr 
    uzatuvchi simlar ishlab chiqarishda xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Demak yuqorida 
    bir korxonaning mahsulot ishlab chiqarish tannarxining pasayishi, ikkinchi 
    korxonaning ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga olib keladi. 
    Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yo’nalishlardan 
    biri - mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni har tomonlama 
    qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo’ldi. Bu 
    esa bunday korxonalar yanada barqaror ishlashida muhim ahamiyat kasb etdi. Buning 
    uchun korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish uchun ularni 
    qo’llab-quvvatlash maqsadida qat’iy choralar ko’rildi. 
    Energiya manbalari va kommunal xizmatlar narxlarining asossiz oshishiga yo’l 
    qo’ymaslik, korxonalarda texnologik jarayonlarni optimallashtirish hisobidan 


    59 
    mahsulot tannarxini pasaytirish, eksport narxlarini shakllantirishga doir yangi 
    mexanizmlarni joriy etish, bank kafolatlari muddatlarini uzaytirish, qo’shimcha 
    qiymat solig’ini qaytarish muddatini qisqartirish va boshqa rag’batlantirish choralari 
    shular jumlasidandir. 
    Demak mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturidan kelib chiqib, 
    korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi o’rganilib, mahsulot 
    tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlarni asossiz oshirilishiga yo’l qo’yilmagan. Bu esa 
    korxonalarning moliyaviy holati yanada yaxshilanishiga turtki bo’lgan. 
    Mamlakatimizda moliyaviy inqiroz sharoitida korxonalarni turli qo’llab 
    quvvatlash maqsadida, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda imtiyozli 
    kreditlar berilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Inqirozga qarshi dasturdagi amalga 
    oshiririladigan yo’nalishlardan biri ham shundan iborat bo’ldi. Ya’ni mahsulot 
    eksport qiladigan korxonalarga mamlakatimiz banklari tomonidan imtiyozli kreditlar 
    berildi. Bu esa ularning yanada barqaror ishlab chiqarishga yordam berdi. Birgina 
    o’tgan yilning o’zida bu korxonalarga aylanma mablag’larini ko’paytirish uchun 
    umumiy miqdori 233 milliard so’mdan iborat imtiyozli kreditlar berildi. Ma’lumki 
    eksport qiluvchi korxonalar mahsulot eksport qilganda, har doim ham ishlab 
    chiqarish bir xil boravermaydi. Chunki bunday sharoitda sotilgan mahsulot puli o’z 
    vaqtida kelib tushmasligi yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga talab oshishi yoki 
    bo’lmasa ko’proq mahsulot ishlab chiqarish uchun texnika-texnologiyalarning 
    etishmasligi natijasida korxonlarda vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish to’xtab 
    qolishi yoki belgilangan miqdorni ishlab chiqarishga ulgurmasligi mumkin. Bunda 
    banklarning imtiyozli kredilar berilishi korxonalar uchun juda katta yordam bo’ladi. 
    Bunda birinchidan ishlab chiqarish tezlashadi, bu degani birinchidan mehnat 
    unumdorligi oshadi, ikkinchidan asosiy vositalar rentabelligi oshadi. Bu ikkita 
    ko’rsatkichlar ham bevosita korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi 
    o’zgarmas xarajatlarga bog’liqdir. Buning natijasida esa korxonada mahsulot ishlab 
    chiqarish tannarxi yanada pasayadi. 
    Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rilgan 
    chora-tadbirlar natijasida ularning barqaror ishlashini ta’minlashga, 2009 yilda 


    60 
    eksport hajmini 2,4 foiz oshirishga erishdik. Bu esa mamlakatimizda korxonalar 
    iqtisodiy taraqqiyotiga 
    ijobiy 
    ta’sirini ko’rsatadi. Mamlakatimizda 
    ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulotlarni jahon bozoriga tanitadi. Bu esa o’z-o’zidan 
    keyinchalik xorijiy davlatlarning mamlakatimiz bilan turli yo’nalishlarda o’zaro 
    manfaatli ishlar qilishiga zamin yaratadi.
    Bunga misol qilib “ Urganch yog’-moy” OAJ ni olishimiz mumkin. Ustav 
    kapitali tarkibidagi 26.9 foizlik ulushga ega bo’lgan Shvetsariyaning “FLOIL Ltd” 
    kompaniyasi bilan birga sutni qayta ishlash sexi va gidrogenizatsiya sexlari ishga 
    tushirildi. Buning asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 
    dekabrdagi «2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlan-
    tirishning ustivor vazifalari to’g’risida»gi 1442–sonli qarorining 2- bandi ijrosini 
    ta’minlash hisoblanadi. 2011 yilda quyultirilgan sut ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, 
    2012 yilning 9 oyida 8,53 tonna quyultirilgan sut va 293 kg qaymoq maxsuloti ishlab 
    chiqarildi. 
    Shuningdek, “Urganch yog’-moy” OAJda eskirgan asbob-uskunalar o’rniga,
    mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish uchun yangi asbob-uskunalar 
    keltirilib, o’rnatilib, 2012 yilda ishga tushirildi. 
    Bundan tashqari, korxonadagi qisman ishlab chiqarish sexlari, maishiy 
    binolarda ta’mirlash ishlari bajarildi. Texnologik jarayonlarda ishlatiladigan issiqlik 
    energiyasini iqtisod qilish maqsadida ma’naviy, fizik jixatdan eskirgan kondensat 
    qaytargichlar o’rniga zamonaviy 185 dona «Armstrong»kondensat qaytargichlar 
    o’rnatildi. 
    -moy-juvoz sexiga - 130 dona; 
    -ekstraksiya sexiga -34 dona; 
    -yog’ oqlash sexiga - 21 dona; 
    Ekstraksiya sexida 2 ta F q150 m2 kondensator kapital ta’mirlanib, 3 dona 
    yangi SK- 8 benzonasosi, soapstokni qayta ishlash sexida 1 dona germetik nasos 
    (Xindiston) o’rnatildi. Hammasi bo’lib modernizatsiya va texnik qayta jixozlash 
    tadbirlarini bajarishga 214,6 mln.so’m xarajat qilindi.
    Qandolatchilik maxsulotlaridan «Korovka» konfeti ishlab chiqarish uchun Xitoy 


    61 
    Xalq Respublikasidan 87,5 ming AQSh dollariga shartnoma imzolanib, bugungi 
    kunda olib kelingan uskunalar o’rnatilib, ishga tushirildi.
    Olib borilayotgan ishlar o’z samarasini berib, jamiyatda mahsulot ishlab 
    chiqarish hajmi 2013 yilda 2009 yilga nisbatan 249 foizga ya’ni 2.5 baravar 
    o’shgan.
    Iqtisodiyotimiz 
    tarkibidagi 
    chuqur 
    o‘zgarishlar 
    mamlakatimiz 
    eksport 
    salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibida 
    ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi.
    27
    Shu jihatdan jamiyat eksport salohiyati 2012 yilda 719,76 tonna, 2013 yilda 
    1000 tonnadan ziyod xo’jalik sovuni eksport qilindi
    28
    2013 yilda jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish parametrlarini bajarilishini 
    taminlash uchun ishlab chiqarishga munosabatni tubdan o’zgartirish, mexnat 
    intizomini mustaxkamlash, bozorni chuqur o’rganib, arzon baxolarda xom - ashyo 
    va yordamchi materiallarni sotib olishni tashkil qilish, ishlab chiqarishga xalqaro 
    standart ISO- 9001-2009 sifat menejment tizimini joriy qilish, muxandis - texnik 
    xodimlar, ishchilarni tayyorlash va o’qitish ishlarini olib borishni o’z oldiga maqsad
    qilib qo’ygan edi. 
    2013 yilda korxonada iqtisodiy tejamkorlikka erishish, kam xarajat bilan yuqori 
    sifatli ko’p maxsulot ishlab chiqarish chora - tadbirlarini ko’rish bo’yicha dastur 
    ishlab chiqildi. 
    2013 yilda korxonada xarajatlarni kamaytirish, istemolchilarning talab va 
    extiyojlarini to’la qondirish va ko’p miqdorda yuqori sifatli maxsulotlar ishlab 
    chiqarish, shu bilan birga yuqori darajada foyda olish ko’zda tutilgan. 
    Buning uchun jamiyatda quyidagi ishlar amalga oshirilishi shart: 
    - tabiiy xom-ashyo yo’qolishini mumkin qadar kamaytirish; 
    - ishlab chikarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanish evaziga issiqlik 
    energiyasi, suv, elektr energiyasi va butlovchi materiallarni tejash; 
    27
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
    rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
    bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.Xalq so’zi.2014 y,18-yanvar(13)
     
    28
    Jamiyat biznes reja tahlili ma’lumotlaridan olindi. 


    62 
    - Qayta ishlashda olinayotgan rafinatsiyalanmagan va rafinatsiyalangan o’simlik 
    yog’larining chiqish foizlarini oshirish; 
    - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 mart 2012 yildagi PF№ 64 - 
    sonli farmonini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan tadbirlarni amalga oshirish; 
    Yuqorida belgilangan tadbirlarni 2013 yilda amalga oshirish natijasida 
    korxonada 2077 mln.so’mlik mablag’ni tejash maqsad qilib qo’yildi.

    Download 1,11 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi xarajatlar tahlili

    Download 1,11 Mb.
    Pdf ko'rish