69
3. Asosiy vositalardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish lozim.
Ishlab
chiqarishda kam samara berayotgan asosiy vositalarni sotishi yoki boshqa xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarga ijaraga berish lozim. Natijada amortizatsiya kam hisoblanib,
mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yanada kamaytiradi.
4. Uzluksiz ravishda korxonada barcha hisob kitoblarni olib borish hamda tahlil
qilish lozim. Amortizatsiya hisoblash usulining eng maqbulini tanlash kerak. Eng
maqbul deganda shu korxonaning shu davrdagi sharoitidan kelib chiqadi.
Tezlashtirilgan amortizatsiya usulini tanlashi natijasida korxonaga ko’proq pul
mablag’lari keladi. Buning natijasida korxona turli
operatsiyalarini moliyalash
imkoniga ega bo’ladi yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnikani
tezroq olishga imkoni bo’ladi. Bu esa keyinchalik ishlab chiqarish tannarxi
pasayishiga imkon yaratadi.
5. Banklar tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli
kreditlardan samarali
foydalanish lozim. Bunda korxona ishlab chiqarishda turli uzilishlarni oldini olib o’z
vaqtida ishlab chiqarishni amalga oshirib, realizatsiya qilishi mumkin bo’ladi,
imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish natijasida
mehnat unumdorligi ham
oshadi. Bu esa mahsulot tannarxining pasayishiga zamin yaratadi.
6. Jahon moliyaviy - iqtisodiy sharoitida mahsulot realizatsiya qilishda, eng
maqbul to’lov usuli oldindan to’lashni ta’minlash lozim. Bu esa korxonada debitorlik
qarzlarini oshib ketish oldini oladi va ishlab chiqarish
bir maromda borishini
ta’minlaydi.