67
davlatimiz tomonidan ularning ustavini keskin oshirildi.
Bu esa banklarning
korxonalar bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi. Korxonalarning
banklardagi pul mablag’larining tez va o’z vaqtida aylanishi ta’minladi. Bu esa
korxonalarning ishlab chiqarishini o’z vaqtida bo’lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari
banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish
imkoniyatini oshirdi. Natijada mamlakatimizda juda ko’p korxonalar, ayniqsa xorijga
mahsulot eksport qiluvchi korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffaq
bo’ldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish hajmi hamda sifati oshirildi,
eksportyor korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag’lari o’z vaqtida kelib
tushmasligi natijasida vaqtinchalik ishlab chiqarishning uzilishi oldi olindi,
mahsulot
unumdorligi oshirildi, korxona o’z aktivlaridan samarali foydalanib ularning
rentabelligi darajasi yanada oshirildi. Bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish
tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy ya’ni o’zgarmas xarajatlar hajmi kamaytirilishi
natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga erishildi.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona
moliyaviy holatining yuqoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot
ishlab chiqarishida kerakli bo’lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi
mahsulot
sifatini hamda hajmini oshirib, juda ko’p ijobiy natijalarni keltirib
chiqaradi. Bulardan eng asosiysi mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda
mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri mehnatga haq to’lash
xarajatlaridir. Ayrim korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi
va uni tuzatuvchi korxonalarda eng katta xarajat mehnatga haq to’lash xarajatlari
hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan samarali foydalanib,
ular ishlab chiqarishini ko’paytirish hamda mahsulot sifatini
oshirish juda katta
ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi
yanada tushadi.
Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amortizatsiya hisoblash usuli ham
ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o’zgaruvchan bir sharoitida
amortizatsiya hisoblashning tezlashtirilgan usulining o’ziga xos ijobiy tomonlari
68
mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amortizatsiya usulini qo’llash, bir
tomondan vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin
amortizatsiya hisobi natijasida korxonaga ko’p pul mablag’lari kelib tushadi. Bu esa
yuqorida aytib o’tganimizdek ko’p ijobiy natijalarga olib boradi.
Boshqa tomondan
esa boshlang’ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko’p miqdorda amortizatsiya
hisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amortizatsiya
hisoblab va mahsulot tannarxi kamayishi kuzatiladi.
Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi
ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmadan ham samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma
ham korxona uchun asosiy xarajatlardan biri bo’lib, mehnatga haq to’lash
xarajatlariga to’g’ri proportsional hisoblanadi. Agarda korxona mehnatga haq to’lash
xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o’z navbatida
mazkur xarajatning ham
samaradorligiga erishgan bo’ladi.
Demak korxonalar har qanday vaziyatda, jumladan jahon moliyaviy inqirozi
sharoitida mahsulot sifati hamda hajmini oshirishi, turli davlat tomonidan
berilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanishi, ishchi va xodimlaridan yanada
samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish
tannarxini kamaytirishi
mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligini yanada oshiradi.