3
KIRISH
Mamlakatimizda iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarini, jumladan, neft -
gaz sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlash kerak. Neft-gaz
sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston dunyo mamlakatlari orasida tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha
etakchi o‘rinlardan birida turadi. Mamlakatimiz tabiiy gaz kazib chikarish
bo‘yicha
MDH da uchinchi, dunyoda 8 o‘rinda turadi. O‘zbekistonning 5 ta
neft va gazga boy mintaqalarida uglevodorod xomashyosining 250 ta koni
ochilgan.
Keyingi yigirma etti yilda O‘zbekiston neft va gaz sanoatida tub
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz gaz, polietilen,
polipropilen va
qayta ishlangan neft mahsulotlarining yirik eksportchisiga aylandi.
Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan iqtisodiyotni
erkinlashtirish, uning barcha sohalarini, jumladan, neft-gaz tarmog‘ini yanada
rivojlantirishga xizmat qiladigan qulay sarmoyaviy muhit yaratishga al ohida
e’tibor qaratilmoqda. Sohada yangi inshootlarni barpo etish, mavjudlarini
zamon talablari asosida rekonstruksiya hamda modernizatsiya
qilish ishlari
jadal davom etmoqda. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ichki
bozorda mahalliy mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, mahalliylashtirishni
kengaytirish, korxonalararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish uchun
qulay sharoit, imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar
uchun yaratilgan qulay
sarmoyaviy
muhit,
keng
imkoniyat
va
imtiyozlar
chet
ellik
ishbilarmonlarning hamkorlikka qiziqishini tobora oshirmoqda. “O‘zbekiston
neft va gazi” ko‘rgazmasi ishtirokchilari safining yil sayin kengayib
borayotgani esa yurtimiz neft-gaz sanoati salohiyatining yuksalayotganidan
yana bir dalolatdir.
2001 yil oxirida SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002 yil
15 avgustidan birinchi o‘zbek polietileni ishlab chiqarildi.
4
SHo‘rtan gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m
3
tabiiy
gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular asosida– donador polietilen (125
ming tonna); –suyultirilgan gaz (137 ming, tonna); –gazkondensati ( 103 ming
tonna); – donador oltingugurt (4 ming tonna) ishlab chiqarilayapti.
“SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik
suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi gaz-kimyo sanoati
yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik echimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu
loyiha MDH doirasidagi eng yirik mega-loyihalardan biridir. Loyiha
“O‘zbekneftegaz” kompaniyasi ta’sisligida amalga oshirilishi mamlakatimizning
yoqilg‘i energetika xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lish
barobarida, sohaning jadal sur’atlarda taraqqiy etib borayotganidan dalolat beradi.
Loyiha doirasida yiliga 3,6 milliard metr kub
tabiiy gazni qayta ishlash
orqali 1,5 million tonna yuqori sifatli "Evro-5" talablariga javob beradigan
sintetik yoqilg‘i ishlab chiqariladi. SHundan 743 ming tonnasi dizel yoqilg‘isi,
311 ming tonnasi aviakerosin, 431 ming tonnasi nafta va 21 ming tonnasi
suyultirilgan gazni tashkil etadi.
YAngi zavod ishga tushirilishi natijasida iqtisodiyotning real tarmoqlarini
rivojlantirish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshirish, shuningdek,
neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismini
qanoatlantirish va neft
importi hajmini kamaytirish orqali xorijiy valyuta sarfini tejashga erishiladi.
Qurilish-montaj ishlari 2020 yilning ikkinchi yarmida nihoyasiga
etkazilishi, zavodda qo‘shimcha 682 yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalari asosida “SHo‘rtan gaz-kimyo
majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish" loyihasi konsepsiyasi
qaytadan ko‘rib chiqilib, ishlab chiqarish jarayoniga sintetik nafta xomashyosini
jalb qilish masalasi o‘rganildi. Loyiha ishga tushgach, zavodning polimer ishlab
chiqarish quvvati mavjud 125 ming tonnadan 450 ming tonnagacha, ya’ni 3,6
barobarga
oshirilishi
ta’minlanadi.
Natijada
neft-kimyo
yo‘nalishini
rivojlantirishga keng yo‘l ochiladi. Birinchi bosqichda yuqori qiymatli xomashyo
sintetik
naftani qayta ishlab, yangi turdagi polietilen va polipropilen bilan
5
birgalikda piroliz distilyatini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Piroliz distilyatidan
yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati hududda
texnologik klasterni barpo etishga zamin yaratadi, istiqbolda kimyo,
avtomobilsozlik,
farmatsevtika, qurilish va to‘qimachilik sohalari yanada
rivojlanishida muhim omil bo‘ladi.
Loyiha zavodning mavjud maydonida amalga oshirilib, qurilish ishlari
kompleksning ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etmagan holda olib boriladi.
Ta’kidlash joizki, zavodning mavjud intellektual va texnologik
salohiyatidan foydalangan holda qo‘shimcha ishlab
chiqariladigan mahsulotning
tannarxini sezilarli darajada kamaytirish va investitsiyalar samaradorligini yanada
oshirishga erishiladi.
Qurilish-montaj ishlari 2020 yilning to‘rtinchi choragida yakunlanadi va
loyiha doirasida 250 yangi ish o‘rni yaratiladi