• Algoritmlash
  • Dars moduli va algoritimi




    Download 1.21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/11
    Sana22.11.2022
    Hajmi1.21 Mb.
    #31329
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    pedagogik texnologiya turlari va dars modullari
    biznes-reja, hdffjjjjjjjjjjjjjjjjjjjccccccccc, SHARQ MAMLAKATLARIDA VUJUDGA KELGAN ILK ARXIVLAR, Ibrohimov B KON
    Dars moduli va algoritimi 
    Modul- pedagogik texnologiyani o`z ichiga olgan tarkibiy bo`lak bo`lib ; 
    o`quv materiali mazmuni hamda dars jarayoni modullaridan tashkil topadi . 
    Pedagogik texnologiya materiallarini modulllariga ajratish modullashtirish jarayoni 
    bilan, kichik modul, modullar to`plami, birlamchi modul va modul darajasi
    tushunchalaridan foydalaniladi va quyidagichata’riflanadi. 
    kichik modul,- pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni 
    ifodalaydi. Amalda bunday kichik modulni tashkil qiluvchi boshqa kichik 
    modullarga ajratish mumkin emas deb hisoblanadi. 
    birlamchi modul- pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab 
    tasvirlashga dastlabki modul sifatida tanlangan va o`z tarkibiga bir yoki bir nechta 
    kichik modullarni oladigan modul. 
    modullar to`plami,- pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan 
    boshlab tasvirlash maqsadida bitta modul sifatida hisoblangan bir nechta modullar 
    yig`indisi. 


    modul darajasi- birlamchi modullarning o`z tarkibida aslida qancha 
    modullarga ega ekanligiga qarab quyidagi darajalarga bo`linadi: 
    − Bir o`quv mashg`ulotini o`tkazishga mo`ljallangan modullar; 
    − O`quv fanining bir mavzusini, bir bo`limini, bir qismini yoki hamma 
    tarkibiy 
    − bo`laklarini o`qitish texnologiyasini tashkil etuvchi modullar.Ularni 
    bloklar deb ham nomlanadi;
    − Bir nechta turdosh o`quv fanlarini yoki ayrim fanlarni o`qitish 
    texnologiyasini tashkil qiluvchi modullari;
    − DTSning tarkibiy bo`laklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil 
    qiluvchi modullar;
    − O`quv reja va dasturlarning tarkibiy bo`laklarini va ularni bajarish 
    texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar; 
    − Ta'lim vositalarini tashkil qiluvchi modullar;
    − Pedagogik texnologiya jarayonida qo`llaniladigan usullarni tashkil 
    qiluvchi modullar. 
    Algoritm - pedagogik texnologiya bo`laklari (modullar)ning o`zaro 
    joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma -
    ketligining avvaldan belgilangan tartibi, ya'ni qoidasidir. 
    Algoritmlash esa pedagogik texnologiya tarkibiy bo`laklarini amalga oshirish 
    jarayonining ketma-ketligini belgilash bo`lib, ko`zlangan maqsadga erishish 
    kafolatini amalga oshiradi. Odatda, pedagogik texnologiyani loyihalashda oldin 
    uning algoritmi ishlab chiqiladii. Shu algoritmga muvofiq holda modullarning 
    o`zaro joylashuvi tartibi aniqlanadi. 
    Pedagogik texnologiyada algoritmlar alohida mashg`ulot yoki uning biror 
    bo`lagi algoritmi, o`quv fanini o`qitishning umumdidaktik izchilligi algoritmi, 
    o`quvchi faoliyatini, o`qituvchi faoliyati, o`zlashtirishni nazorat qilish jarayoni, 
    maktabni boshqarish jarayoni algoritmi kabi turlarga bo`linadi. 


     Pedagogik faoliyatning eng kichik bo`laklari o`zaro joylashuvini va shu 
    faoliyatni amalga oshirish ketma-ketligini belgilash algoritmlashning birlamchi 
    darajasi bo`lib, ularni birlamchi algoritmlar deyiladi. 
    Algoritmlash orqali pedagogik texnologiyani tegishlicha tayyorgarlikka ega 
    bo`lgan mutaxassislar tomonidan oldindan belgilangan maqsadlarning to`liq 
    amalga oshirilishini kafolatlagan holda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 
    Modullashtirish va algoritmlash madaniyati ta’lim-tarbiya jarayonida odat 
    tusiga kirgan holdagina turli darajalardagi pedagogik texnologiyalarni yaratish va 
    amalda qo`llash faoliyati yanada keng rivojlana boradi. 

    Download 1.21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.21 Mb.
    Pdf ko'rish