• Kreativ
  • Microsoft Word pedagogik texnologiya turlari va dars modullari




    Download 1.21 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/11
    Sana22.11.2022
    Hajmi1.21 Mb.
    #31329
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    pedagogik texnologiya turlari va dars modullari
    biznes-reja, hdffjjjjjjjjjjjjjjjjjjjccccccccc, SHARQ MAMLAKATLARIDA VUJUDGA KELGAN ILK ARXIVLAR, Ibrohimov B KON
    Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o’quvchi shaxsining ijobiy 
    sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish 
    texnologiyalari kiradi. 
    Bulardan tashqari xususiy (O’quv fanlari) pedagogik texnologiyalari, 
    alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo’nalishlari ham mavjud. 
    Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham 
    mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, 
    integrativ, 
    adaptiv, 
    inklyuziv 
    pedagogik 
    texnologiyalardan 
    iborat. 
    Bu 
    yo’nalishlarning asosiy xususiyatlari quyidagicha: 
    Empirik-(tajriba) sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy 
    e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkonyatlariga tayangan holda 
    bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi. 
    Kognitiv-(bilishga oid) atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini 
    kengaytirish texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) 
    tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi. 
    Evristik-(haqiqatni topish) yo’naltiriuvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim 
    berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish 
    ta’lim metodi. Optimallashgan (ko’p variantlardan eng ma’qulini, mosini, 
    muvofig’ini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi. 
    Kreativ-(ijodiy) tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarda 
    maqsadga yo’naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi. 
    Inverison-(almashtirish) axborotlarni turli tomondan o’rganish, o’rnini 
    almashtirish xususiyatiga ega bo’lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi. 
    Integrativ-(yaxlitlash) axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko’p kichik 
    qismlarning o’zaro ajralmas bog’liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida 
    yagona to’g’ri xulosani aniqlash. 


    Adaptiv-(moslashtirish) axborotlarni va ulardan foydalanish jarayonini 
    o’rganish hamda o’rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan 
    natijaga erishish. 
    Inklyuziv-(tenglik) o’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida 
    tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati 
    cheklangan o’quvchilarning sog’lom o’quvchilar bilan birgalikda o’qishini tashkil 
    qilish pedagogik texnologiyasi. 
    Pedagogik texnologiyaning asosiy yo’nalishlari hozirgi an’anaviy ta’limni 
    turli yo’nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib 
    bormoqda. Turli fan o’qituvchilari tomonidan har bir o’quv fanining asosiy 
    xususiyati, mazmunining tarkibi, amaliy, nazariy qismlarining nisbatiga muvofiq 
    ravishda eng qulay pedagogik texnologiyalarning empirik, kognitiv, evristik, 
    kreativ, inversion, integrativ ,adaptiv, inklyuziv va boshqa yo’nalishlarini to’g’ri 
    tanlash jiddiy ahamiyatga ega.

    Download 1.21 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.21 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word pedagogik texnologiya turlari va dars modullari

    Download 1.21 Mb.
    Pdf ko'rish