Microsoft Word raqamli biznes modellar darslik Bo'lish uchun




Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#44131
Bog'liq
3 Mavzu KOMPANIYALARNI RAQAMLASHTIRISH VA ULARNING TRANSFORMATSIYASI
2-amaliy mashg’ulot, 24 mavzu Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, covid-19-residents, ЭиС Презентация-3, OT 01, 7-ma\'ruza, 6-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot, 13-мавзу. Барқарор маркетинг, 1-L Vahobov 1, Kompleks sonlar haqida tushuncha, 2-маъруза, 2.1-Ma\'ruza, INTELLEKTUAL MULK, Bog\'lovchi


51 
III. BOB. KOMPANIYALARNI RAQAMLASHTIRISH VA ULARNING 
TRANSFORMATSIYASI 
3.1 Raqamlashtirish tushunchalari va ularga yondashuvlar. 
3.2 Biznes modellar va raqamlashtirish. 
3.3 Raqamli transformatsiya amalga oshirish bosqichlari. 
3.1. Raqamlashtirish tushunchalari va ularga yondashuvlar. 
Ushbu bo'limda “raqamli” tushunchasi va raqamli transformatsiyaning 
qisqacha kelib chiqishini ko’rib chiqamiz. Bundan tashqari, biz elektronlashtirish va 
raqamlashtirish o'rtasidagi farqni o'rganamiz. Va nihoyat, biznes jarayonlarini qayta 
qurish va raqamli transformatsiyalar o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni ko'rib 
chiqamiz hamda raqamli transformatsiyaning kelajagiga nazar tashlaymiz. 
“Raqamli” 
tushunchasi 
nima? 
Biznes 
modellarining 
raqamli 
transformatsiyasini o'rganishdan oldin, raqamli transformatsiyadagi "raqamli" 
termini nimani anglatishini aniq tushunish kerak. "Raqamli" ning bir nechta ta'riflari 
mavjud, ammo biz mashhur McKinsey kompaniyasi tomonidan keltirilgan ta'rif 
bilan cheklanamiz, ushbu ta’rifga ko’ra raqamli atamasi tor ma’noda istalgan biror 
bir jarayonni, keng ma’noda kompaniyalar o'z bizneslarini qanday yuritishlarini 
anglatadi. McKinsey-ning "raqamli" ta'rifi uchta asosiy qismga bo'linishi mumkin: 
• biznes olamining yangi jabhalarida qiymat yaratish 
• mijozlar bilan munosabatlarda bevosita ta'sir ko'rsatadigan jarayonlarni 
optimallashtirish 
• biznes yuritishning butun bir tizimi ishlashini ta’minlovchi salohiyat yaratish 
Yana bir mashhur Capgemini kompaniyasi raqamli transformatsiyaga 
"korxonalar faoliyati samaradorligini yoki imkoniyatlarini tubdan yaxshilash uchun 
texnologiyadan foydalanish" deb ta’rif berganlar. Ushbu ta'rif terminning keng 


52 
ma'nosini ochib bersada, raqamli transformatsiyaga erishish uchun muhim tarkibiy 
qismlarni o'z ichiga olmagan. Raqamli transformatsiyaning har qanday ta'rifida 
raqamli transformatsiyaga olib keladigan zarur elementlarni keltirish muhim, chunki 
bu tarkibiy qismlarsiz haqiqiy raqamli transformatsiyani amalga oshirib bo’lmaydi. 
Texnologiyalarni biznes jarayonlariga tadbiq etish - bu biznesni 
raqamlashtirishning kichik bir qismidir. Texnologiyalar mijozlar, biznesning o'zi va 
boshqa muhim manfaatdor tomonlar uchun qo'shimcha qiymat yaratishi kerak. 
"Raqamli transformatsiyalar muvaffaqiyatli bo’lishi uchun yetakchi kompaniyalar 
ikkita qo'shimcha jarayonlarga e'tibor qaratishlari talab etiladi: xaridorlar bir-birlari 
bilan o'zaro munosabatlarga kirishishlarini ta’minlovchi qiymat taklifi berishlari va 
ushbu biznes jarayonlarini raqamli texnologiyalar yordamida o'zgartirish". 
Raqamli transformatsiyaning tarixi. Raqamli transformatsiya so’ngi yillarda 
eng ko’p muhokamada bo'lmoqda, ammo raqamli mahsulotlar, xizmatlar va 
vositalar haqida g'oyalar 1990 va 2000 yillarda allaqachon keng tarqalgan edi. 
Masalan, chakana savdo sanoatida ommaviy axborot vositalarining reklama 
kampaniyalari 1990 va 2000-yillarda yuqori savdo ko'rsatkichlariga erishish uchun 
muhim raqamli kanallar deb hisoblanardi, garchi xaridlar hali ham oflayn 
do'konlarida, ko'pincha naqd pul bilan amalga oshirilgan bo'lsa ham. 2000 yildan 
2015 yilgacha aqlli qurilmalar va ijtimoiy media platformalarining o'sishi 
mijozlarning korxonalar bilan aloqa qilish usullarini hamda mijozlarning javob olish 
muddati va multi-kanallarning paydo bo’lishi bilan izohlanadi. Korxonalar endi o'z 
mijozlari bilan individual ravishda va ko'pincha real vaqt rejimida raqamli aloqa 
qilish imkoniyatiga ega ekanliklarini tushuna boshladilar. PayPal kabi tobora o'sib 
borayotgan raqamli to'lov tizimlari onlayn tijorat va veb-savdo imkoniyatlarini 
yanada kengaytirishga hissa qo'shdi. Hozirgi kunda mobil qurilmalarga katta e’tibor 
qaratilmoqda, chunki mobil texnologiyalar orqali katta hajmdagi shaxsiylashtirilgan 
mijozlar ma'lumotlari asosida qiymat yaratish imkoniyati mavjud. Korxonalar ushbu 
shaxsiylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanib, o'z mahsulotlarini, aloqa vositalari 
va o'zaro aloqalarini mijozlarning ehtiyojlariga mos ravishda yaxshiroq moslashtira 
olmoqdalar. 


53 
Elektron nusxalashga qarshi raqamlashtirish. Amaliyotda "electron 
nusxalash" va "raqamlashtirish" atamalari ikkalasi ham qo'llaniladi, ammo ularni 
qo’llashda xatolikka yo’l qo’ymaslik kerak. Biznes modellarining raqamli 
o'zgarishiga o'tishdan oldin ushbu atamalar orasidagi farqni tushunish katta 
ahamiyatga ega.
Elektron nusxalash nima? "Elektron nusxalash" ning bir nechta turli xil 
ta'riflari mavjud, ular kontekstga qarab farqlanadi. Elektron nusxalash atamasi bilan 
eng keng tarqalgan ta’riflardan biri analogdan raqamliga o'tishdir. Turli sohalardagi 
tadqiqotchilar elektron nusxalashni analog yoki fizik artefaktning ba'zi turlarini 
raqamli artefaktga aylantirish sifatida izohlaydilar. Bunga bir (oson) misol suratga 
olish va uni raqamli fotosuratga aylantirish bo'lishi mumkin.
Boshqa ta’rifda elektron nusxalash moddiy (ya'ni sensorlar) va nomoddiy (ya'ni 
biznes jarayonlar) o'rtasidagi vositachilikning innovatsion jarayoni deb izohlanadi. 
Bundan tashqari, ayrim soha mutaxassislari elektron nusxalashga qo'shimcha 
ta'riflarni ham taklif qilishdi. Masalan, Cisco elektron nusxalashni "Biznes natijalar 
uchun odamlar, jarayonlar, ma'lumotlar va narsalarning o’zaro bog’lanishi orqali 
aqliy va amaliy bilimlar yaratish" deb ta'riflagan. Ushbu ta'rif ma'lumotlar va 
jarayonlarning ahamiyatliligini ko'rsatib beradi, shuningdek, yangi olingan 
bilimlarga ham urg’u beradi. Boshqa bir soha mutaxassisi Gamter elektron 
nusxalashni quyidagicha ta'riflaydi: "Maqsad - bu amalga oshirilayotgan yoki taklif 
qilinayotgan narsalarni takomillashtirish emas, balki yangi qiymat yaratish va 
mijozlarga yetkazishdir". 
Ushbu ta’riflarni umumlashtirib, elektron nusxalashni yangi shakllangan 
bilimlarni egallash va manfaatdor tomonlar uchun yangi qiymat yaratish maqsadida 
ushbu artefaktlarni biznes jarayonlariga tatbiq etish maqsadida analog yoki jismoniy 
artefaktlarni raqamli ravishda foydalanish deb ta’riflaymiz. 
Raqamlashtirish nima? "Raqamlilashtirish" atamasi birinchi marta 1971 
yilda Shimoliy Amerikada nashr etilgan maqolada qo’llanilgan. Robert Machal 
kompyuter yordamida olib boriladigan tadqiqotlarning imkoniyat va cheklovlaridan 
kelib chiqqan holda "jamiyatni raqamlashtirish" haqida fikr bildirgan. Raqamli 


54 
biznes bo'yicha konsalting kompaniyasi - I-SCOOP raqamlashtirishning ta'rifini 
quyidagicha keltiradi. “Raqamlilashtirish atamasi daromad olish, biznesni 
takomillashtirish, biznes jarayonlarini almashtirish / o'zgartirish (faqatgina electron 
nusxalash emas) va raqamli biznes uchun muhit yaratish maqsadida raqamli 
texnologiyalar va ma'lumotlardan (elektronlashtirilgan va tabiiy raqamli bo’lgan) 
foydalanishni anglatadi va shu bilan birga raqamli axborot raqamlashtirishning 
asosida turadi”. 
Ta’riflarni umumlashtirgan holda raqamlashtirishni operatsiyalarga, qo'shilgan 
qiymat va elektron nusxalash orqali olingan yangi bilimlar asosidagi biznes 
modellarga konstruktiv o’zgartirishlar kiritish deb izohlaymiz. Keyingi bo’limlarda 
biz biznes modellarini raqamlashtirishga va oxir-oqibat ushbu modellarning raqamli 
o'zgarishiga e'tibor qaratamiz. 
Biznes jarayonlarini qayta qurishga qarshi raqamli transformatsiya 
Ba'zi tadqiqotchilar va amaliyotchilar Biznes jarayonlarini qayta qurish 
(Business Process Reengineering, BPR) va raqamli transformatsiya o'rtasida ba'zi 
o'xshashliklarni keltirib o’tishgan. BRP xarajatlarni kamaytirish hamda mahsulot va 
xizmatlarni yaxshilash uchun biznes bilan bog'liq jarayonlarni qayta ko'rib chiqish, 
ularni qayta tuzishdir. 
BPR va raqamli transformatsiya o'rtasida ba'zi o'xshashliklar mavjud bo'lsa-da, 
ikkala yondashuv o'rtasida farqlar ham mavjud. BPRning asosiy yo'nalishi 
qoidalarga asoslangan jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan. Qoidalarga 
asoslangan jarayonlar texnologiya tomonidan avtomatlashtirilgan aniq tayinlangan 
jarayonlar deb ta'riflanadi. BPRdagi kabi qoidalarga asoslangan jarayonlarga e'tibor 
berish o'rniga, raqamli transformatsiyaning asosiy maqsadi yangi ma'lumotlarni 
olish va ushbu ma'lumotlardan eski, qoidalarga asoslangan jarayonlarni qayta 
tafakkur qilish uchun foydalanishdir. 
Ma'lumotlarga asoslangan yondashuv yangi bilimlarga ega bo'lish va o'z 
navbatida biznesning innovatsion modellari va operatsiyalarini qayta tasavvur qilish 
imkoniyatini beradi. Misol uchun Airbnb o'z e'tiborini jarayonlardan ma'lumotlarga 
qaratdi. Airbnb o'zining jismoniy aktivlariga ega emas (masalan, 


55 
mehmonxonalarga). Ma'lumotlarga asoslangan dunyoda mehmonxonalar sanoati 
misolida eski, qoidalarga asoslangan jarayonlarni butunlay qayta tafakkur qilish 
mumkinligiga misol. Bunda, kerakli manzillarda mehmonxonalarga alternativ 
tarzda xonadon egalari o’z xonadonlarini mijozlar uchun taklif etib, yangi qiymat 
yaratadilar. 
Raqamli transformatsiyaning katta farqi shuki, xodimlar yangi nou-xaularni 
qanday talqin qilishi va ulardan qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash uchun 
foydalana olishidir. Barcha yangi ma'lumotlar manbalari ushbu ma'lumotlar asosida 
yangi shakllangan bilim manbalarini yaratadi. Avtomatlashtirishning maqsadi 
bo'lgan jarayonlarni yanada samarali yoki tezroq qilish o'rniga, raqamli 
transformatsiya biznes egalaridan eski jarayonlarni qayta ko'rib chiqishni va yangi 
jarayonlar va qarorlarni qayta tafakkur qilishni talab qiladi. 
Raqamli transformatsiyani kelajakda nima kutmoqda? Mutaxassislar 
raqamli transformatsiya har qanday umumiy biznes strategiyasining ajralmas va 
uzluksiz qismi bo'lishi kerakligini ta’kidlashadi. Ko'pgina kompaniyalar raqamli 
transformatsiya strategiyasini amalga oshirish maqsadida yangi raqamli bo'limlarni 
yaratmoqdalar va bir nechta turli bo'limlarda raqamli texnologiyalar mutaxassislarni 
yollamoqdalar. Bilimlar bozorining global provayderi bo'lgan International Data 
Corporation (IDC) 2018 yilga kelib Internet buyumlari (IB) qurilmalari soni ikki 
baravarga ko'payishini taxmin qildi. Shu sababli, mobil ilovalarni ishlab chiqish 
yaqin orada pasayib ketishini kutmaslik kerak bo’ladi. Eng muhimi, IDC raqamli 
transformatsiya (RT) makroiqtisodiy miqyosga va ta'sirga erishishini bashorat 
qilmoqda. "Keyingi uch-to'rt yil ichida RT sa'y-harakatlari aksariyat korxonalar 
uchun endi "loyihalar", "tashabbuslar" yoki "maxsus biznes bo'linmalar" bo'lib 
qolmaydi. Har bir korxona, uning yoshi va sohasidan qat'i nazar, uning rahbarlari va 
xodimlari fikrlash tarzi tabiiy ravishda raqamli texnologiyalarga asoslanadi. 
Gartner kompaniyasi shuningdek, raqamli transformatsiyaning hozirgi va 
yaqin kelajakdagi ta'sirini e’tirof etgan. Masalan, Gartnerning ta'kidlashicha, 2021 
yilga kelib, har kunlik shaxsiy aloqa va faoliyatning 20 foiziga raqamli gigantlardan 


56 
kamida bittasi kiradi. Yettita raqamli gigantlar bular: Google, Apple, Amazon, 
Baidu, Facebook, Alibaba va Tencent edi. 
3.2. Biznes modellar va raqamlashtirish. 
Ushbu bo’limda biznes modellarining raqamli transformatsiyasi va uni tashkil 
etuvchi qismlarning ta'riflari keltiriladi. Unda raqamli transformatsiya sohasidagi 
mavjud yondashuvlar, shuningdek, biznes model tushunchasi va ularni 
transformatsiyadagi roli kabi mavzular yoritiladi. Va nihoyat, biznes modellarining 
raqamli transformatsiyasi va rivojlanish bosqichlari ochib beriladi. 
Raqamli transformatsiyaga ta’riflar. Hozirda raqamli transformatsiya 
atamasi uchun yagona qabul qilingan ta'rif mavjud emas. Bundan tashqari, electron 
nusxalash, raqamlashtirish va raqamli davr atamalari ko'pincha bir-birining o'rnida 
ishlatiladi. Raqamli transformatsiyaga tegishli tanlangan ta'riflar 3.1-jadvalda 
keltirilgan. 
Ko’pincha raqamli transformatsiya kontseptsiyasi aniq belgilanmaydi, ammo 
raqamlashtirishning muhimligi ta'kidlanadi. Raqamlilashtirish biznes va 
jamiyatning barcha sohalarini bog’lovchi tarmoq deb hisoblanadi. Bundan tashqari, 
raqamlashtirish - bu katta ma'lumotlar (big data) va analitikaga oid ma'lumotlarni 
to'plash, tahlil qilish va qo’llash qobiliyatidir. 
Raqamli biznes transformatsiyasi atamasi biznesni qayta tafakkur qilish, 
jarayonlarni raqamlashtirish va qiymat zanjirlari bo'yicha munosabatlarni 
kengaytirishni o'z ichiga oladi. Ular kompaniyani boshqarishdagi masalalar va 
qiymat zanjirining barcha bo’g’inlarida axborot texnologiyalarining to'liq 
imkoniyatlaridan 
foydalanish 
muammolarini 
e’tirof 
etiladi. 
Raqamli 
transformatsiyaning bir necha o'lchovlari dolzarb hisoblanadi. 
Mutaxassislar raqamli transformatsiyada texnologiyaning rolini samaradorlikni 
oshirishda va kompaniya qamrovini kengaytirishda muhim deb hisoblaydilar. 
3.1-jadval


57 
"Raqamli transformatsiya" atamasining tanlangan ta'riflari
8
Mualliflar 
Ta'rif 
BMWi
Raqamlashtirish biznes va jamiyatning barcha sohalarini bog’lovchi tarmoq 
sifatida qaralishi bilan birga, tegishli ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish va 
ulardan foydalanish qobiliyatini ham anglatadi. O'zgarishlar afzallik va 
imkoniyatlarni keltirib chiqaradi, ammo ular butunlay yangi muammolarni ham 
keltirib chiqarishi mumkin. 
Bowersox va 
boshq.
Raqamli biznes transformatsiyasi - bu operatsiyalarni raqamlashtirish va 
ta'minot zanjiri bilan aloqalarni qayta shakllantirish orqali biznesni yangidan 
tashkil etish jarayoni. Raqamli biznes transformatsiyasining asosiy vazifasi - bu 
butun ta'minot zanjiri bo'ylab axborot texnologiyalarining to'liq salohiyatidan 
foydalangan holda kompaniyani yangi bosqichga olib chiqishdir. 
Westerman 
va boshq.
“Raqamli transformatsiya (DT) - korxonalarning faoliyati yoki ish faoliyatini 
tubdan yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanish - butun dunyo bo'ylab 
kompaniyalar uchun dolzarb mavzuga aylanmoqda. Barcha sohalardagi 
rahbarlar analitik, mobillik, ijtimoiy tarmoqlar va aqlli o'rnatilgan qurilmalar 
kabi raqamli yutuqlardan foydalanadilar va mijozlar bilan munosabatlarni, ichki 
jarayonlarni va qiymat takliflarini o'zgartirish uchun ERP kabi an'anaviy 
texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirmoqdalar» 
Mazzone
"Raqamli transformatsiya - bu strategik va taktik jihatdan kompaniya, biznes 
modeli, g'oyalarni qo’llash jarayoni yoki metodologiyasining oldindan 
belgilangan va doimiy ravishda amalga oshirilayotgan evolyutsiyasidir" 
PwC
Raqamli transformatsiya butun ishbilarmonlik dunyosida Internetga asoslangan 
yangi texnologiyalarni yaratish orqali butun jamiyat uchun tub ta'sir 
ko'rsatadigan o'zgarishlarni tavsiflaydi 
8


58 
Bouee va 
Schaible 
Biz raqamli transformatsiyani iqtisodiyotda barcha sohalarining izchil tarmog’i 
sifatida tushunamiz va ishtirokchilarni raqamli iqtisodiyotning yangi 
haqiqatlariga moslashtirishini bilamiz. Tarmoq tizimidagi qarorlar ma'lumotlar 
almashinuvi, ularning tahlili, variantlarni hisoblash va baholash, shuningdek 
jarayonlarni boshlash hamda oqibatlarni o’rganishni o’z ichiga oladi. 
Texnologiyalar quyidagi ko’rsatkichlarni hal qilishga xizmat qiladi: operatsion 
jarayonlar, mijozlar tajribasi va biznes modellari (Westerman va boshq. 2011). 
Mazzone raqamli transformatsiyani strategik va taktik jihatdan 
kompaniyaning, biznes modelining, g'oyasining, jarayonini yoki usulning ongli va 
doimiy ravishda rivojlanib borishi deb ta'riflaydi. Ushbu ta'rif shuni ko'rsatadiki, 
raqamli transformatsiya turli o'lchamlarga ham tegishli bo'lishi mumkin. 
PwC raqamli transformatsiyani butun jamiyatga ta'sir ko'rsatadigan, Internetga 
asoslangan yangi texnologiyalardan foydalanish orqali korporativ dunyoning 
o'zgarishi deb ta'riflaydi. Ushbu ta'rifda yangi texnologiyalardan foydalanish 
birinchi o'rinda turishi ta’kidlanadi. 
Bouee va Schaible ushbu tendentsiyani barcha iqtisodiy sohalarning tarmog’i 
va ishtirokchilarning raqamli iqtisodiyotning yangi haqqiqatlariga moslashuvi deb 
tushunadilar. Buning uchun ma'lumotlar almashinuvi va ularni tahlil qilish, 
variantlarni hisoblash va baholash, shuningdek, harakatlarni boshlash hamda 
oqibatlarni keltirib chiqarishni o'z ichiga olgan tarmoq tizimlari to'g'risida qarorlar 
qabul qilinadi. 
Biznes modelalrni raqamlashtirish bu kompaniyadig biznes jarayonlarni 
raqamli transformatsiyasi orqali amalga oshadi. Raqamlashtirishni maqsad qilgan 
kompaniyalar raqamli biznesga o'tishda quyidagi yo’nalish va omillarga e’tibor 
qaratgan xolda raqamlashtirishni amalaga oshirilishi kerak:
• Qo’shimcha reallikga ega mahsulotlar va xizmatlarni yaratish; 
• Moddiy aktivlarga egalik huquqidan raqamli aktivlarni boshqarishga o'tish; 
• Yangi innovatsion yechimlar va raqamli texnologiyalarning paydo bo'lishi; 
• Kompaniya chegaralarini o'zgartirish va yangi ekotizimni shakllantirish; 


59 
• Biznesning global ahamiyati ortishi va yangi qiymat zanjirlarini paydo 
bo’lishi.
Buning natijasida kopmaniyalar moddiy va virtual muhit o'rtasidagi 
chegaralarni olib tashlashlari, yangi bozor imkoniyatlari va savdo kanallarining 
paydo bo’lishiga erishishlari mumkin bo’ladi. 
Biznes modellarning o’zgarishlarini ko’plab tarmoqlarda kuzatish mumkin. 
Quyidagi misollarda kompaniyalar yangi muhit va talablarga qanday 
moslashganliklari yoki yangi talablarni qanday yaratganliklarini ko’rish mumkin: 
• Xiaomi (Xitoy maishiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyasi) ilmiy-
tadqiqot ishlariga katta mablag 'sarflash o'rniga, kerakli telefon yaxshilanishlarini 
aniqlash uchun kraudsoursing manbaidan foydalanadi. 
• Telstra (Avstraliyaning eng yirik telekommunikatsiya va media kompaniyasi) 
mijozlarga xizmat ko'rsatishni kraudsoursga o'tkazib, xarajatlarni kamaytiradi va 
mijozlar ehtiyojini qondiradi. Mijozlar bir-birlari bilan mustaqil va bepul aloqada 
bo'lib, oddiy muammolarni hal qilishadi 
• Buyuk Britaniyada moda poyabzallarini Magento (onlayn-do'konlarni 
boshqarish tizimi) yordamida Dropshipping asosida biznes modellar ishlamoqda. 
Yuqoridagi misollar kabi biznes modelining raqamlashtirish uchun nima qilish 
kerak? Raqamlashitirish jarayonlarini quyidagilarni qamrab olishi kerak: 
• biznesni tubdan tafakkur qilish (mijozlarning yangi afzalliklari, yangi foyda 
manbalari) 
• Faoliyat turlari (yangi mahsulotlar yoki xizmatlar) 
• Mijozlarni tanlash (mijozlarning yangi segmentlari) 
• differentsiatsiya manbai (yangi qiymatlar yaratish) 
• ishlab chiqarish tizimi (yangi ishlab chiqarish tizimi, xizmatlarni taklif 
qilishning yangi usullari) 
• Tashkiliy tuzilma (yangi tashkiliy tuzilma) 
• bozorga kirish mexanizmi (mahsulot yoki xizmatni tarqatishning yangi 
usullari) 


60 
Bunda raqamalashitirish mutlaqo yangi mahsulot yoki xizmatning taklifi 
bo'lishi shart emas, asosiysi bu qiymatni taklif qilishning yangi usuli bo’lishi kerak 
Tadqiqotlarga ko’ra, kompaniyalarda raqamlashitish jarayonlariga eng yuqori 
menejment ma’sul bo’lishi uning samarali amalga oshishiga xizmat qiladi.
Kompaniyalarda, raqamlashtirish strategiyasiga kim ma’sul bo’lishi kerak? Bunda 
kompaniyaning qaysi Tarmoqga tegishligi, kompaniya hajmi, tashkiliy tuzilmasi va 
individual biznes xususiyatlariga bog'liqligni hisobga olish kerak. Ko’p xollarda 
kompaniyalarda ma’sullar quyidagi tur rahbarlar hisoblanadi: 
• Axborot texnologiyalari, raqamlashtirish bo'limlari boshliqlari yoki bosh 
axborot direktori (CIO) 
• Boshqaruvning turli darajasidagi menejerlar 
• Raqamli texnologiyalar direktor, raqamli bosh direktor (CDO) 
McKinsey kompaniyasiga ko’ra, eng katta muvaffaqiyatga Raqamli 
texnologiyalarni yuqori darajagi ijrochi rahbar boshqarganda, ayniqsa raqamli 
texnologiyalar eng katta ta'sir ko'rsatadigan sohalarda ishlaydigan rahbar 
boshqarganda yuqori natijadorlikka erishiladi, deb ta'kidlaydi. 
3.3. Raqamli transformatsiya amalga oshirish bosqichlari. 
Raqamli transformatsiya barcha qo'shilgan qiymat zanjiri bo’g’inlari va yangi 
texnologiyalarni qo'llash bo'yicha biznes hamda mijozlar kabi ishtirokchilar 
tarmog'ini o'z ichiga oladi. Raqamli transformatsiya ma'lumotlarni ko’chirib olish 
va almashish, ularni tahlil qilish va amaldagi ma'lumotlarga aylantirishni o'z ichiga 
oluvchi ko'nikmalarni talab qiladi. Ushbu ma'lumotlar qarorlarni qabul qilish va 
faoliyatni boshlash uchun imkoniyatlarini hisoblash hamda baholash uchun 
ishlatilishi kerak, bu kompaniyaning faoliyati va imkoniyatlarini oshiradi. Raqamli 
transformatsiya kompaniyalar, biznes modellari, jarayonlar, munosabatlar, 
mahsulotlar va boshqalarni o'z ichiga oladi. 


61 
Quyida raqamli transformatsiya piramidasini keltirilgan bo’lib unda 3 ta 
darajada strategik, funksional va operatsion darajalarda transformatsiyani amalga 
oshirish jarayonlari ko’rsatilgan.
3.1. Raqamli transformatsiya piramidasi
9
Muvaffaqiyatli raqamli transformatsiya dasturi tizimli yondashuv talab etadi. 
Bu transformatsiya tashabbusni amalga oshirish faqatgina strategiya, operatsiyalar 
yoki texnologiya orqali bo’lmaydi, balki kamida ikkita elementni kompleks tabiq 
etish korporativ transformatsiyani ta'minlaydi. 
Ushbu tendentsiyani to'liq tushuish uchun avval "biznes modeli" atamasini 
aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Biznes-model kompaniyaning mijozlar va hamkorlarga qanday foyda berishini 
mantiqiy tavsiflovchi asosiy tushunchadir. Biznes model kompaniya tomonidan 
taqdim etiladigan qiymatlar yana kompaniyaga daromad shaklida qanday qaytib 
kelishi haqidagi savolga javob beradi. Yaratilgan qiymat raqobatchilardan ajralib 
9
https://www.thedigitaltransformationpeople.com/channels/the-case-for-digital-transformation/digital-
transformation-pyramid-business-driven-approach-corporate-initiatives/ 
Biznes 
model 
Ichki muhit 
Tashqi muhit 
Strategiya
Funktsional 
sohalar
Texnologiyalar
ERP 
Robotlashtirish (RPA) 
Sun’iy intellekt (AI) 
Blokcheyn 
Optik tanib olish 
(OCR/ICR) 
Internet buyumlari 
(IoT) 
VR/AR 
CRM 
APIs 
Chat- botlar 
Big Data 
Bashoratli tahlil
Strategik 
maqsadlarni 
aniqlash
va raqamli 
transformatsiya 
natijalarini baholash
Jarayonlar orqali 
raqamli 
transformatsiya 
maqsadlariga erishish
Raqamli 
texnologiyalarni joriy 
etish orqali 
jarayonlarni 
optimallashtirish


62 
turishga, mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga va raqobatdosh ustunlikni 
shakllantirishga imkon beradi. Biznes modeli quyidagi o'lchov va elementlarni o'z 
ichiga oladi: 

Mijozlar bo’yicha o'lchovlar mijozlar segmentlarini, mijozlar kanallarini va 
mijozlar bilan munosabatlarni o'z ichiga oladi. 

Manfaat o'lchovi mahsulotlarni, xizmatlarni va qiymatlarni o'z ichiga oladi. 

Qo'shimcha qiymat o'lchovi resurslar, ko'nikmalar va jarayonlarni o'z ichiga 
oladi. 

Hamkorlik o'lchovi hamkorlarni, hamkorlik kanallarini va hamkorlik 
munosabatlarini o'z ichiga oladi. 

Moliyaviy o'lchov daromadlar va xarajatlarni o'z ichiga oladi 
Biznes model elementlarini o'zaro bir-birini to’ldiradigan tarzda birlashtirish 
uni yaxshi tahlil qilish imkoniytini beradi. Shuni e’tiborga olish kerakki, biznes 
modelni yaxshi tafakkur qilish orqali raqobatchilardan anchagina o’zib ketish 
mumkin. 
uqorida keltirilgan ta’riflar va Business Model Innovatsiyasi ta'rifiga asoslanib 
biz biznes modellarning raqamli transformatsiyasini quyidagicha aniqlaymiz: 
Biznes modellarining raqamli transformatsiyasi alohida biznes modellari 
elementlarning, to’la biznes modeliga, qo'shilgan qiymat zanjirlariga, shuningdek, 
qo'shilgan qiymat tarmog'idagi turli xil ishtirokchilarning munosabatlariga 
qaratilgan bo’lishi mumkin. 
Raqamli transformatsiyani biznes modelining 2 xil yondashuvi asosida amalga 
oshirish mumkin: bosqichma-bosqich va tubdan o'zgartirish. Yangilik darajasi 
bo'yicha bu birinchi navbatda mijozga yo’naltirilgan bo’ladi, bu yangilik o’z 
navbatida u o'z biznesiga, hamkorlariga, sohaga va raqobatchilariga ta'sir qilishi 
mumkin. 
Biznes-modellarning raqamli transformatsiyasi doirasida yangi dasturlar yoki 
xizmatlarni yaratish uchun yangi texnologiyalar yoki vositalar (masalan, katta 
ma'lumotlar, blockchain) ishlatiladi. Ushbu dastur/xizmatlar imkoniyatlarni hisob-
kitob qilish va baholash uchun kerak bo'ladigan ma'lumotlarni yig'ish va almashish, 


63 
tahlil qilish ko'nikmalarini talab qiladi. Variantlar keyinchalik biznes model hisob-
kitob va baholashga asoslangan yangi jarayonlarni boshlash uchun ishlatiladi. 
Biznes modellarining raqamli transformatsiyasi mantiqiy va vaqtinchalik bir-
biri bilan bog'liq bo'lgan, vazifalar va qarorlar ketma-ketligini o'z ichiga olgan 
yondashuvga asoslanadi. Bu to'rtta o’lchov turi maqsadga ta'sir qiladi: vaqt, moliya, 
makon va sifat. 
3.1-jadaval 
Biznes modellari ta'riflari va tarkibiy qismlarining raqamli 
transformatsiyasi 
10
Maqsad o'lchamlari: Qaysi maqsad o'lchovlari transformatsiyani boshlaydi: 
■ 
Vaqt: masalan. tezroq xizmatlarni yetkazib berish, tezroq ishlab chiqarish 
■ 
Moliya: masalan. xarajatlarni tejash, daromadni oshirish 
■ 
Joy: masalan. networking, avtomatlashtirish 
■ 
Sifat: masalan. mahsulot sifati, munosabatlar sifati, jarayon sifati. 
Jarayon bo’yicha transformatsiya qanday amalga oshiriladi: 
■ 
Mantiqiy va vaqtinchalik bir-biri bilan bog'liq bo'lgan vazifalar va qarorlar ketma-
ketligi 
■ 
Yangi ilovalar / xizmatlarni yaratish uchun texnologiyalar / vositalar / yaratuvchilar 
■ 
Olingan ma'lumotlar va ma'lumotlar almashinuvi, shu jumladan tahlillar va 
transformatsiya uchun hisob-kitoblar. 
Transformatsiya darajasi: 
transformatsiya qanchalik intensiv 
■ Qo'shimcha (yengil) 
■ Radikal (fundamental) 
Ma'lumot birligi: Transformatsiya kim 
uchun yangilik 
■ Xaridorlar 
■ O'z biznesimiz 
Ob'ektlar: Nima transformatsiya bo’ladi 
■ Alohida elementlar (masalan, jarayonlar, mijozlar bilan munosabatlar, mahsulotlar) 
■ Butun biznes modeli 
10
B.W. Wirtz, 2019. Digital business models. Springer International Publishing. 


64 
■ Qiymat zanjirlari 
■ Qiymat yaratish tarmoqlari 
Kompaniyalar uchun raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirish 
uchun dastlab uni Amalga oshirish siyosatini yaratish, birinchi o'rindagi ishlar va 
asosiy bajaruvchilarni aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Odatda transfortsiya 
siyosati quyidagi qismlardan tashkil topadi: 
Raqamli transformatsiya yo'nalishlarini tahlil qilish va aniqlash 
Raqamli transformatsiya bo'yicha yo'l xaritasi 
Raqamli transformatsiya yo'nalishlari 
Raqamli transformatsiya vositalari 
Amalga oshirish va rahbarlik 
Byudjet va moliyalashtirish manbalari 
1. Tahlil 
• Raqamli transformatsiya strategiyasi yo'naltirilgan manfaatdor tomonlarning 
ehtiyojlari va ustuvorliklarini belgilash: iste'molchilar, aktsiyadorlar, xodimlar
menejerlar, sheriklar 
• Sanoat tahlili: 5 ta Porter kuchlar, 6 ta Grant kuchlari 
• Asosiy qiymatni aniqlash uchun ichki faoliyat va sotuvlar tahlili 
• tashqi raqamli imkoniyatlarni tahlil qilish (texnologiyalar va sheriklar) 
• mijozlar tajribasini tarkibiy tuzish (xaridorlar tajribasini xaritalash) 
• Raqamli qiymat zanjirini tahlil qilish 
• raqamlashtirish uchun vazifalar va vositalarning ta'rifi 
2. Raqamli transformatsiya rejasi 
• Raqamli maqsadlar va maqsadlarga erishish uchun reja tuzing 


65 
• Asosiy g'oya / Missiya / Vision 
• Kreativ qiymat taklifi 
• Raqamli transformatsiya modeli 
• Raqamlashtirishning muammolari 
3. Raqamli transformatsiya yo'nalishlari 
• Operatsion va boshqaruv ish jarayonlarini avtomatlashtirish 
• BigData va prognozli tahlil asosida qarorlar qabul qilish 
• Mijozlar, etkazib beruvchilar va xodimlar bilan aloqa o'rnatish 
• mahsulotlar, biznes modellari va operatsion modellaridagi innovatsiyalar 
• Risk va kiberxavfsizlikni boshqarish 
• korporativ madaniyatni yaratish 
4. Raqamli transformatsiya vositalari. Bunda raqamlashtirishning asosiy 
yo'nalishlari bo'yicha kompaniyaning yondashuvini shakllantirish talab etiladi. 
Misol: Marketing va sotish 
• Marketing kanallarining ta'rifi 
• Har bir kanalning maqsadi, vazifalari, asosiy faoliyati va xatarlari 
• Veb-saytlarni ishlab chiqish 
• Onlayn kontentni yaratish va yangilash 
• Onlayn reklama / SEM / SEO 
• CRM tizimini tanlash va amalga oshirish 
• Ijtimoiy tarmoqlar 
• Mobil ilovalar 
• ERP tizimi 


66 
• Raqamli platforma 
5. Amalga oshirish va liderlik 
• rejangizni birinchi o'ringa qo'yish kerak 
• eng muhim va dolzarb vazifalarni aniqlang 
• zarur resurslarni jalb qilish 
• Jadvallar va byudjetlarni yaratish 
• ustuvor loyihalarni ajratib ko'rsatish 
• Loyiha guruhlarini shakllantirish 
• Natijalarni o'lchab, KPI-ni o'rnating 
• Rejalarning bajarilishi to'g'risida hisobotlar tayyorlash 
• Tuzatish ishlarini tayyorlash va amalga oshirish 
6. Byudjet va moliyalashtirish manbalari 
Ichki o'zini o'zi moliyalashtirish: raqamli daromad manbalari 
zaxira mablag'lari 
kraudfunding 
Boshqa loyihalardan jalb etish 
Inverstorlar kapitallari 
Kredit va boshqa manbalar 
Raqamli strategiyani belgilashdan oldin, dastaval kompaniyaning bugungi 
holatini to’g’ri tushunishimiz, tegishli tarmoqdagi mavqei, noyob afzalliklari va 
imkoniyatlari haqida aniq tushunchaga ega bo'lishimiz kerak. Quyidagi 3.2-rasmda 
raqamli trasnformatsiya strategiyasining bosqichlari va haritasi ifodalangan.


67 
3.2.-rasm. Raqamli strategiya bosqichlari
11
Bu uchta asosiy printsipga asoslanadi: eng foydali tashabbuslar to'plamiga 
e’tiborni qaratish, kichikroq tashabbuslar bilan yutuqlarga erishish va tashabbuslarni 
mijozlar tajribasi, mahsulot va xizmatlar, operatsiyalar kabi bir necha yo'llarga 
yo'naltirishni o’z ichiga oladi. 
Yuqorilardan shunday xulosalar qilish mumkin: 

Raqamlashtirish va raqamli transformatsiyalar bo'yicha strategiyalar 
kompaniyaning strategik boshqaruv tizimiga kiritilishi kerak; 

Raqamli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqishda strategik tahlil va 
rejalashtirish vositalari qo'llaniladi; 

Raqamli transformatsiya modellari bir qator ichki va tashqi omillarga bog'liq 

Raqamli transformatsiyani raqamli aktivlarga sarmoya sifatida qarash 
mumkin; 

Raqamli va raqamli transformatsiyalar loyihalarini baholash pul mablag'lari 
oqimini belgilash asosida ham, moliyaviy bo'lmagan ko'rsatkichlar asosida ham 
amalga oshirilishi mumkin. 
11
https://www.bain.com/insights/accelerating-digitalization-in-chemicals-five-questions-for-ceos/ 
1-bosqich 
3-bosqich 
2-bosqich 
Raqamli maqsad
kompaniyaizning 
raqamli 
maqsadlari 
to'g'risida aniq 
Raqamli harakat 
boshlanish nuqtasi
Bugungi 
raqamli 
rivojlanish 
ko’rsatkichlari
Raqamli 
maqsadga 
erishish nuqtasi 
Sohangizning 
kelajakdagi 
istiqbolini 
anglash 
Qadamlar 
Raqamli evolyutsiyaning aniq, ketma-
ket bosqichlari kompaniya 
funktsiyalari bo'yicha bosqichlar 
shaklida tashkil etilgan 


68 
Nazorat savollari 
1. 
Biznes modellarining raqamli transformatsiyasi deganda nimani 
tushunasiz? 
2. 
Elektron nusxalash va raqamlashtirish atamalarining farqi nimada? 
3. 
Biznes jarayonlarini qayta qurish deganda nimani tushunasiz? 
4. 
Raqamli transformatsiyani amalga oshirishning qanday bosqichlari 
mavjud? 

Download 1.16 Mb.




Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word raqamli biznes modellar darslik Bo'lish uchun

Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish