MILLATLARARO KORPORATSIYALAR
Reja:
1. Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi va ular faoliyatining mohiyati.
2. Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining tahlili va asosiy xususiyatlari
3. Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining rivojlanish bosqichlari.
4. Vatan mustakilligini kulga kiritish.
5. Ogir sinov yillari I.A.Karimov mustakil Uzbekistonni tarakkiyot yulining ijodkori.
6. Ogoxlik mustakillik mustaxkamlanishini muxim omili ekanligi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
TRANSMILLIY KORPORATSIYALARNING JAHON IQTISODIYOTIGA TA'SIRI
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining kuchayib borishida transmilliy korporatsiyalar muhim o’rin tutadi, ya’ni aynan transmilliy korporatsiyalar globallashuv jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch sifatida qaraladi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar filiallarining dunyo mamlakatlari bo’ylab tarqalishi, mazkur mamlakatlar iqtisodiyotida ishlab chiqarishni rivojlanishiga hamda eksport hajmining oshishiga olib keladi. Eksport-import operatsiyalarining rivojlanishi esa, o’z navbatida mamlakatlar iqtisodiyotining ochiqligini ta’minlaydi. Transmilliy korporatsiyalarda kapitalining harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bo’layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda sodir bo’ladi. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiya va yuqori malakali mutaxasislarni talab qiluvchi yuqori texnologiyali, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish tendentsiyasi ro’y bermoqda.
Transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo’naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish va boshqalarga ega bo’lish imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar o’rtasidagi birlashish va qo’shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Bu holat o’z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Transmilliy korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. Chunki, aynan transmilliy korporatsiyalarning faoliyati orqali butun dunyo bo’ylab investitsiyalar oqimi harakat qiladi. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham keyingi yillarda dunyodagi etakchi transmilliy korporatsiyalar tomonidan investitsiyalar jalb etilmoqda. Bunday transmilliy korporatsiyalar jumlasiga, Coca Cola, Jeneral Motors, Mitsui, Hyundai, Nestle, Samsung va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo’jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar bir vaqtning o’zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o’zining ta’sirini o’tkazadi. Mazkur munosabatlarning barchasini xalqaro moliya munosabatlari o’zida mujassam etadi. Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhimligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko’lamda bir joyga to’planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi
Davlatimiz rahbari oʻz nutqida 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasining asosiy yoʻnalishlariga batafsil toʻxtaldi. Bular - mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni taʼminlash choralarini izchil davom ettirish, ixcham va yuqori natijador, biznesni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat boshqari tizimini yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi roli va ulushini keskin qisqartirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada ragʻbatlantirish, investorlar huquqlarining himoyasini taʼminlash, infratuzilmani jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, mahalliy xomashyo negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, inson kapitaliga sarmoya kiritish, tashqi savdoni liberallashtirish va gender tenglikni taʼminlash.
Umuman olganda, amalga oshiriladigan islohotlar natijasida keyingi 5 yil ichida yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmlarini esa 30 milliard dollarga, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkazish koʻzda tutilgani taʼkidlandi. Oʻzbekistonning 2030-yilga borib aholisi oʻrtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishish maqsad qilib qoʻyilgan.
Davlatimiz rahbari investorlar uchun eng qulay va jozibador sharoitlarni yaratish, xorijiy hamkor va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli sheriklikni har tomonlama mustahkamlash borasidagi ishlar qatʼiy davom ettirilishini taʼkidladi.
kunda milliy va jahon iqtisodiyotining muhim sub’ektlari bo’lib hisoblanadi. Biroq ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga ko’rsatadigan ta’siri ijobiy hamda salbiy bo’lishi mumkin. Korporatsiyalarning yirik kapitalning afzalliklari bilan bog’liq bo’lgan ijobiy tomonlari iqtisodiy adabiyotlarda etarli darajada o’rganilgan.
TMKlarning milliy iqtisodiyot uchun quyidagi ijobiy tomonlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin: aholi va sanoat uchun keng ko’lamda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish imkoniyati; milliy iqtisodiyotga yangi fan-texnika yutuqlarining kirib kelishi; iqtisodiyotning turli tarmoqlarida barqaror rivojlanishni ta’minlash; mamlakat mintaqalarida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; yangi ish o’rinlarini yaratish; kadrlar malakasining oshishi; resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga kelishi; milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimotiga qo’shilishini ta’minlash; yangi ish o’rinlarini yaratish; kadrlar malakasining oshishi; resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga kelishi; milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimotiga qo’shilishini ta’minlash; investitsion faollikni oshirish; yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati va boshqalar.
2.Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining tahlili va asosiy xususiyatlari
Jahon xo’jaligida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning obyektiv natijasiga ko’ra vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar o’ziga xos hususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo’lib, uning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojlanishida sezilarli rol o’ynamoqda. Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta‘sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari Transmilliy korporatsiyalarning huquqiy tuzilmasi sho‘ba kompaniyalar va filiallarni tashkil etish orqali turli mamlakatlarda amalga oshiriladigan ish faolligini talab qiladi. Ushbu kompaniyalar nisbatan mustaqil ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy-tadqiqot 385 ishlanmalari va boshqa xizmatlarga egadirlar. Umuman olganda, ular yagona yirik ishlab chiqarish majmuini tashkil etgan holda aktsionerlik kapitaliga faqat ta‘sischi davlat vakillari egalik qilishadi. Ayni vaqtda filial va sho‘ba kompaniyalar tashkil etilgan mamlakat kapitali ustunligida aralash korxonalar bo’lishi ham mumkin tushuniladi. Transmilliy korporatsiyalarning quyidagi asosiy xususiyatli belgilarini ajratib ko’rsatish mumkin :
– TMKlar jahon xo’jaligi rivojlanishining, xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining faol ishtirokchisi bo’lib, aynan ular globallashuvni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanishadi; – milliy chegaralarda sodir bo’layotgan jarayonlardan birmuncha mustaqil holda kapitalni harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi;
– dunyoning ko’pgina mamlakatlarida o’zining operatsiyalarini amalga oshirgan holda jahon xo’jaligi munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etishi;
– TMKlar o’z tarkibiy tuzilmasiga ko’ra, ishlab chiqarish korxonalari, savdo yoki moliyaviy tashkilotlarning xalqaro majmuasi bo’lib, asosiy mamlakatdagi boshqaruv qarorlariga mos holda faoliyat yo’nalishini muvofiqlashtirib boradi;
– aktsionerlik kapitalining mulkchilik huquqi faqat ta‘sis etuvchi mamlakat vakolatiga tegishli bo’ladi;
– xorijiy bo’linma va sho‘ba korxonalar milliy ishtirok darajasiga ko’ra aralash bo’lishi mumkin;
– TMK kapitalining harakati korporatsiya joylashgan mamlakatdagi sodir bo’layotgan jarayonlardan erkin bo’ladi;
– TMKlar asosiy masalalar bo’yicha yagona markazdan boshqariluvchi dunyoning ko’plab mamlakatlarida bo’linmalar, sho‘ba kompaniyalarini joylashtirishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tizimini shakllantirishadi;
– TMKlar ularga yuqori darajada afzallik beruvchi ko’p millatli aktsionerlik kapitaliga egalik qilishadi;
– TMKlar dunyoning turli mintaqa va mamlakatlari o’rtasida turli xildagi resurslarni (kapital, ishchi kuchlari va boshq.) taqsimlashni samarali tarzda amalga oshiradi;
– TMKlar ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari, nouxaular, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish hamda ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish sohalarida uzluksiz faoliyat olib borishadi;
– mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro iqtisodiy, ilmiy-tadqiqot va texnologik hamkorlik aloqalarining kengayishiga faol yordam ko’rsatadi;
Korporatsiyalar yuqoridagi xususiyatli belgilarga ega bo’lgan holda transmilliy korporatsiya maqomini oladi. Hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan ko’pgina korporatsiyalar mazkur xususiyatli belgilarning barchasini o’zida mujassamlashtirgan. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida transmilliy va oddiy korporatsiyalar o’rtasidagi chegara etarlicha farqlanmaydi, chunki iqtisodiyot globallashuvining rivojlanishi orqali ta‘minot bozorlari, ishlab chiqarish hamda mulkchilik munosabatlarida baynalmilallashuv jarayonlari kuchaymoqda. Shuning uchun, tadqiqotchilar tomonidan TMKlarni ajratishda turli miqdoriy mezonlardan foydalaniladi. Dastlab 1960 yillarda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan yillik aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq bo’lgan hamda kamida oltita mamlakatda o’zining filiallariga ega bo’lgan korporatsiyalarni TMKlar jumlasiga kiritildi. Keyinchalik esa TMKlarni ajratishda bir qator mezonlar qo’llanila boshladi. Hozirgi kunda BMT tomonidan quyidagi xususiyatli belgilarga ega bo’lgan korporatsiyalar TMK jumlasiga kiritiladi:
– markazlashgan boshqaruv tizimi asosida muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosatni yuritishi;
– ishlab chiqarish bo’linmalarining majburiyatlar hamda resurslar almashinuvida bir biri bilan faol hamkorligi;
– yillik savdo hajmi 1 mlrd. dollardan kam bo’lmasligi;
– umumiy moliyaviy aylanma mablag’larining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha xorijdagi operatsiyalarga to’g’ri kelishi;
– xorijdagi aktivlar ulushi 25 foizidan kam bo’lmasligi;
– filiallari oltitadan kam bo’lmagan mamlakatlarda mavjud bo’lishi.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining asosiy sababi milliy davlat chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi hisoblanadi. Kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi xorijda ko’p sonli bo’linmalariga ega bo’lgan yirik kompaniyalarni tashkil etish va milliy korporatsiyalarning transmilliyga aylanishi orqali xo’jalik aloqalarining 391 ekspansiyasi xususiyatiga ega bo’ladi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro korporatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining sabablari qatoriga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko’lamligini ta‘minlovchi yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko’lamda kapital va ishlab chiqarishning bir joyga to’planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi hamda global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi. TMKlar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajartib ko’rsatish mumkin: Birinchi bosqich XX asrning boshlariga to’g’ri kelib, bu bosqichda TMKlar tomonidan iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan xorijiy mamlakatlarning xom-ashyo tarmoqlariga investitsiya mablag’lari yo’naltirildi, shuningdek ta‘minot va sotuv bo’linmalari tashkil etildi. B upaytda xorijda yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil qilish foyda keltirmasdi. Chunki, bir tomondan qabul qiluvchi mamlakatlarda zaruriy malakali mutaxassislar etishmasdi, texnologiyalar esa hali yuqori darajada avtomatlashgan tizimga ega emasdi. Boshqa tomondan esa, korxonlarga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida ularning joriy ishlab chiqarish holatida yuzaga keladigan vaziyatni hisobga olish lozim edi. Ushbu davrda transmilliylashuv jarayoni turli mamlakatlar firmalarining birlashishi, ular tomonidan ta‘minot bozorlarining bo’lib olinishi hamda kelishilgan narx siyosatining yuritilishida namoyon bo’ldi. Transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichi XX asrning o’rtalariga tegishli bo’lib, bu bosqichda nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki rivojlangan mamlakatlarda ham xorijiy ishlab chiqarish bo’linmalari rolining kuchayishi sodir bo’ldi. Xorijiy ishlab chiqarish bo’linmalari ham oldin TMK uchun asosiy mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshladi. Asta-sekinlik bilan TMKlarning xorijiy bo’linmalari mahalliy bozorlardagi talabni qondirishga yo’naltirilgan faoliyatini kuchaytirdilar. Oldin jahon xo’jaligida xalqaro kartellar faoliyat yuritgan bo’lsa, so’ngra mustaqil tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshiruvchi etarlicha yirik milliy kompaniyalar vujudga keldi. TMKlar soni va ular ahamiyatining ortishi ko’proq 1960 yillarda fan-texnika inqilobining ta‘siri ostida sodir bo’ldi. Yangi texnologiyalarni joriy etilishi va ishlab chiqarish operatsiyalarini yanada soddalashtirilishi 392 natijasida faoliyat ko’lamini yanada kengaytirishga imkoniyat yaratildi. Transport va axborot tizimlarining rivojlanishi, o’z navbatida mazkur imkoniyatni amalga oshirishga yordam berdi. Shuningdek, mazkur bosqichda TMKlar tomonidan ishlab chiqarish resurslari arzon bo’lgan mamlakatlarda bo’linmalarni tashkil etishga qaratilgan strategiya amalga oshirilishi kuchaytirildi. XX asrning oxirida TMKlar rivojlanishining zamonaviy bosqichi yuzaga keldi. TMKlar rivojlanishining mazkur bosqichiga xos bo’lgan xususiyat ular tomonidan ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etishni global ko’lamda amalga oshirilishida namoyon bo’ldi. TMKlar tomonidan xorijiy bo’linmalarni tashkil etish strategiyasida mamlakatlardagi ishlab chiqarish xarajatlari tahlili hamda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulotlarga bo’lgan talab darajasi muhim o’rin tutadi. TMKlar o’z faoliyati davomida xalqaro ishlab chiqarish bilan jahon savdosini o’zaro birlashtirishga erishdilar. Ular o’zlarining xorijiy bo’linmalari va sho‘ba korxonalari orqali dunyoning o’nlab mamlakatlarida yagona ishlab chiqarish va moliya strategiyasi bo’yicha faoliyat yuritishadi. Zamonaviy jahon xo’jaligida TMKlar rolini quyidagi ko’rsatkichlar yordamida ko’rish mumkin:
– TMKlar jahon savdosining qariyb 2/3 qismini nazorat etadi;
– dunyo sanoat ishlab chiqarishining taxminan 1/2 qismi TMKlar hisobiga to’g’ri keladi;
– TMKlar bo’linmalarida barcha ish bilan band aholining qariyb 10% faoliyat yuritadi;
– jahondagi mavjud patent, litsenziya va nou-xaularning deyarli 4/5 qismi TMKlar tomonidan nazorat qilinadi.
TMKlar faoliyati rivojlanishini rag’batlantirishda davlat muhim rol o’ynaydi. Bunda hukumat xalqaro shartnomalar, iqtisodiy va savdo birlashmalari, turli xildagi davlatlararo kelishuvlarni tuzish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda ta‘minot bozorlari bilan ta‘minlash orqali o’z TMKlari faoliyatini rag’batlantiradi.
Hozirgi vaqtda TMKning dunyoga tarqalishi va ularning jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda yuqori. XXI asrning boshiga kelib 500 mingga yaqin o’z xorijiy filiallarini boshqarayotgan 60 mingdan ko’p kompaniyalar ro’yxatdan o’tgan. TMKning qo’l ostida xususiy ishlab chiqarish fondlarining taxminan 30 %, xalqaro savdoning 50 %ga yaqini mujassamlangan. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli butun xom-ashyo savdosi, shu jumladan bug’doy, kofe, jo’xori, o’rmon materiallari, tamaki, temir rudasi jahon savdosining 90 %, mis va boksitning 85 %, choy va qalayning 80 %, banan, tabiiy kauchuk va xom neftning 75 % nazorat qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan barcha yangiliklarning 80 % to’g’ri keladi.
TMKning umumiy valyuta zahirasi jahonning barcha markaziy banklarining birgalikdagi zahirasidan bir necha barobar ko’p. Xususiy sektorda bo’lgan pul miqdorining 1-2%ga siljishi istalgan ikkita milliy valyutalarining o’zaro paritetini o’zgartirishga qodir.
Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi, ko’pchilik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradilar, xorijiy sarmoyalar lokomotivi bo’lib qatnashadilar va milliy chegaralardan qat’iy nazar strategik qarorlar qabul qiladilar
90-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlarning qiymati bo’yicha birinchi o’rinda “Royyal Datch Shell” ingliz-golland kontserni turar edi. Yirik TMKlarning birinchi o’nligiga 5ta amerika kompaniyalari, 2ta yapon, 1ta GFR, 1ta shvetsariya kompaniyasi kirar edi. 1995 yilda dunyoning nisbatan qudratli 100ta TMKlari ro’yxatida ilk marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de Venesuela”lar paydo bo’lishdi.
Yirik TMKlar ko’pincha o’z faoliyatini ilmiy-texnik taraqqiyotini belgilovchi tez rivojlanayotgan sanoat tarmoqlariga qaratadi. Ular 90-yillarning oxirida kompaniyaning 100ta yirik TMKlar ro’yxatiga kirgan kompaniyalar xorijiy aktivlarining 15 %dan yuqorirog’i to’g’ri keladigan elektronika sanoatiga juda faol qiziqmoqdalar. Bu ro’yxatlarda kimyo, qazib olish va avtomobil sanoati korporatsiyalari yuqori o’rinlarni egallaydi. Mislsiz hajmdagi xalqaro iqtisodiy bitimlarni amalga oshira turib, TMKlar, ularda savdogarlar (tijoratchilar), to’g’ri va portfel sarmoyadorlar, samarali texnologiyalarni tarqatuvchilar, xalqaro mehnat migratsiyasining stimulyatorlari sifatida ishtirok etadi.
Milliy bozorlar orasida aloqalarni mustahkamlagan xolda, TMKlar umumiy boshqaruv ostida butun dunyo bo’yicha korxonalarni joylashtirib, sanoatni internatsionallashtirish jarayonlarini vujudga keltiradi. Ular har xil davlatlarda joylashgan korxonalarning texnologik tsiklini birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat taqsimotini amalga oshiradilar.
TMKga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona umumiy strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Har xil TMKlarda bitta yoki undan ko’p qaror qabul qiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari umumiy xususiy mulk bilan bog’liq. Har bir TMKdan bir-biriga bog’liq korxonalar orasida ITTKI natijalari, resurslar va javobgarliklarning taqsimlanishi kelishib olingan.
TMK faoliyati unumdorligi 3ta manbaga asoslangan:
1.Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan-texnikada yangilik kiritish bo’yicha mutloq ko’pchilik patentlarga egalik qilish;
2.Butun dunyo bo’yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay iqlim va arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan firmalarning joylashish ustunliklaridan foydalanish;
3.Internatsional ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing tamoyilidan foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda xalqaro menejment tajribasidan foydalanish;
Moliyaviy jixatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallarining tarmog’i bilan milliy kompaniyalarga nisbatan qulay holatda, chunki:
- ular o’zining xalqaro kapital tizimiga ega va ularni eng ko’p foyda keltiruvchi mamlakatga ko’chiradilar;
- sharkdan g’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon moliya bozorlarining holati haqida ma’lumotga egadirlar. Masalan, kunning so’nggida Nyu-Yorkdagi bosh kompaniya eletron aloqa orqali jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi. Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o’tgan 12 soat uchun bozordagi voqealar va vaziyatning tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib bitta TMK miqyosida to’xtovsiz tartibda ITTKIning ishlab turishi, dasturlashtirish va boshqalar tashkil etiladi;
- qabul qiluvchi mamlakatlarda valyuta paritetining tebranishi va investitsion iqlimni liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda investitsion qaltisliklarni o’z filiallari orasida taqsimlaydilar. Shunday qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valyuta paritetining pasayishi TMKning bu mamlakatda ko’chmas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi;
- xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlardagi milliy va xalqaro moliyaviy institutlardan qarzga olingan mablag’lardan nisbatan manfaatli shartlarda foydalanadi.
TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy raqobat ustunliklaridan biri bo’lib bosh kompaniyaning izlanish markazi tomonidan o’tkaziladigan ITTKI natijalaridan foydalanish hisoblanadi. Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun to’lovlarning 70%ga yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning xorijiy filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda oxirgi yillarda TMKlar ITTKI o’tkazish xarajatlarini kamaytirish maqsadida o’z izlanish markazlarini ko’proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko’chirishmoqda.
Agar oldin izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari odatda, bosh kompaniya joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo’lsa, XX asrning oxiriga kelib xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmining kengayishi bilan TMK izlanish markazlari ilmiy-tadqiqot ishlari va konstruktorlik tadqiqotlarni minimal xarajatlar bilan o’tkazish uchun resurs va ilmiy potensialga ega bo’lgan mamlakatlarda o’rnashmoqdalar.
ITTKI o’tkazish uchun TMKlar ishlab chiqarish infrastrukturasiga ega bo’lgan, universitetlar va milliy tadqiqot markazlari faoliyat ko’rsatayotgan, olimlarning maoshi unchalik katta bo’lmagan va kommunikatsiya vositalari yetarli darajada rivojlangan qabul qiluvchi mamalakatlarni tanlaydi. Bundan tashqari, TMK tadqiqot markazlarining joylashishi uchun jalb etuvchi omil bo’lib ilmiy muassasalar va sanoat korxonalari orasida aloqalarning yaxshi o’rnatilganligi, qabul qilayotgan mamlakatning hukumati tomonidan milliy ITTKIlarni qo’llab-quvvatlanishi va intellektual mulkni qo’riqlashning mustahkam huquqiy asosi hisoblanadi.
90-yillarda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham, TMKlar bajonidil o’z tadqiqot markazlarini joylashtirayotgan ilmiy va texnologik parklar keng tarqaldi. Bunday parklarning muvafaqqiyatli faoliyati uchun u yerda olimlarning ishlashi va yashashi uchun qulay sharoitlarga ega asosiy ilmiy va o’quv markazining joylashishi, shuningdek, u yerda ilmiy izlanishlarni kengaytirish va takomillashtirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud bo’lishi zarur.
TMK korxonasi samarali faoliyat yuritishining asosiy manbalaridan biriga, resurs va bozorlar joylashishining optimal kombinatsiyasini qo’llagan holda, bosh kompaniya uyushtiradigan internatsional ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati TMKning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil mamlakatlarda joylashadi. Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi hamkorlik aloqalarini ishlatadilar. Bunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har xil shakllari birgalikda qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy investitsiyalar bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallari mahsulotlarini olib chiqish hisobiga eksport amalga oshiriladi.
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish kapital, texnologik jarayonlar, malakali xodimlarning migratsiyasi va savdo tarmog’ini davlat chegaralari orqali yagona tizimga birlashtiruvchi bosh kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot chiqarishni o’zida ifoda etadi. Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli (instrumenti) – bu milliy kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlariga, nisbatan yuqori bo’lgan sifat va xilma-xil assortimentga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi global menejment hisoblanadi. Bunda savdo bozorlarini kengaytirishda TMK korxonalarining raqobatbardoshlik ustunligi namoyon bo’ladi.
Xalqaro kompaniyalar ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil etishning 3 xil strukturasi mavjudligini ko’rsatadi.
1. Gorizontal
2. Vertikal
3. Diversifikatsion
Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat ko’lamini kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab qisqarganda xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talab saqlangan yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslarni o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida aniqlanishi mumkin.
TMK miqyosida sanoatning vertikal integratsiyasi har xil mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayonini: bir mamlakatda xom ashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov berish va yarim tayyor mahsulot yoki butlovchi detallar ishlab chiqarish, uchinchi mamlakatda tayyor mahsulot yig’ishni yagona texnologik zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning bunday strukturasi yetkazib beruvchilarga qaramlikni qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar xaridorlarining ehtiyojlarini qondirishga butun e’tiborni qaratish, butun texnologik jarayon uchun umumiy reja bo’yicha turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, bosh kompaniyaning hohishiga ko’ra alohida ishlab chiqarish muomalalarida texnik darajani oshirish imkonini ko’zda tutadi.
Tayyor mahsulot yig’ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va ITTKIdan hududiy ajratilishi vertikal integratsiya bo’yicha xalqaro ishlab chiqarishda yetkazib berishlarni (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil qilishga, ya’ni ishlab chiqarishni dastlabki materiallar va komplektlovchi qismlar bilan ta’minlash tizimida aloqalar va bog’lanishlarni yo’lga qo’yish va takomillashtirishga, ishlab chiqarishning o’zini optimallashtirish va tayyor mahsulot sotish tizimini ratsionallashtirishga ma’lum jixatdan bog’lab qo’yadi. Ishlab chiqarishning xalqaro vertikal integratsiya darajasi bir TMK filiallarining mana shu kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi filiallariga eksporti hajmini hisoblash yo’li bilan aniqlanishi mumkin.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash – bu turli qabul qiluvchi mamlakatlarda rang-barang mahsulotlarni ishlab chiqarish. Ma’lum bir mahsulotni u yoki bu mamlakatda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va shu tovarni eksport qilishdan ko’ra maqsadga muvofiqligi, qabul qiluvchi mamlakatda bu mahsulot uchun import boji miqdori bilan aniqlanadi. Yuqori import boji va o’sayotgan talab vaziyatida xalqaro kompaniya shu mahsulot eksporti o’rniga uni import qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari bir turdagi mahsulotni shu mamlakatda, boshqa turdagisini boshqa mamlakatda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish xalqaro kompaniyaga o’zini boshqa mamlakatlarda boshqa mahsulot mustahkam talabga egaligi va yangi bozorda o’rnashish bo’yicha muvaffaqiyatsizligi holatida, kompaniya o’z yo’qotishlarini har xil mamlakatlardagi boshqa tovarlarni chiqarish va sotishni oshirish hisobiga qoplashi mumkinligi bilan sug’urtalagan holda yangi bozorlarga kirish imkonini beradi.
A, V, S, D – qabul qiluvchi mamlakatlar, bu yerda A mamlakatda X tayyor mahsulot, V mamlakatda Y tayyor mahsulotlar, S mamlakatda Z tayyor mahsulot, D mamlakatda Q tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi
Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy strukturalari
^ 3.3. TMK millatini aniqlash
TMK millatining ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
-ro’yxatga olingan joyi;
-shtab-kvartiraning joylashuvi;
-aksiyalarning boshqaruv paketiga ega bo’lgan aksiyadorlarning millati.
Kompaniyaning millatini o’z hukumati tomonidan beriladigan imtiyozlar, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqalar aniqlaydi. Xorijiy firmalarga esa faoliyat yuritish uchun qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotning alohida sektorlarini qoldirgan holda cheklaydi. Shunday qilib, ko’pchilik mamlakatlarda xorijiy firmalarga temir yo’l transporti sohasida, Avstraliya va Yaponiyada neft-gaz sanoati sohasida, Italiya, Gretsiya, Finlyandiyada telekommunikatsiya sohasida va boshqalarda faoliyat yuritish ta’qiqlangan. Lekin, so’nggi yillarda xorijiy firmalar uchun ta’qiqlangan tadbirkorlik sohalarini qisqartirish va milliy qonunchilikni liberallashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Odatda turli mamlakatlar qonunchiligi milliy va xorijiy firmalarni emas, balki rezident-firmalar va norezident-firmalarni farqlaydi. Rezidentlarga ushbu davlat hududida joylashgan va o’sha yerning o’zida ro’yxatdan o’tgan kompaniyalar kiradi. Xorijiy kapital ishtiroki bilan xorijda tuzilgan norezident-firmalar iqtisodiy adabiyotlarda odatda bosh kompaniyaning xorijiy filiallari (foreign affiliates) deb nomlanadi. Bu filiallar bo’lim (branch) shaklida, sho’ba firmalar (subsidiary) yoki uyushgan (associated) kompaniyalar shaklida faoliyat yuritishi mumkin.
Bo’lim qabul qilayotgan mamlakatda ro’yxatdan o’tadi, ammo o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil kompaniya bo’lmaydi, u to’laligicha (100%) bosh kompaniyanikidir va u yuridik shaxs sifatida amal qila olmaydi. Ular:
A) Bosh kompaniyaning xorijdagi vakolatxonasi;
B) Bosh kompaniyaning qo’shma korxona bo’yicha hamkori, u yerga boshqa firmalar ham kirishi mumkin;
V) Bosh kompaniyaning xorijdagi ko’chmas mulki;
G) Bosh kompaniyaning kamida bir yil davomida xorijda faoliyat yurituvchi moslamalari (kemalar, samolyotlar, neft qazib chiqaruvchi platformalar) bo’lishi mumkin.
Sho’ba kompaniyalar – bu qabul qilayotgan mamlakatda o’z balansiga ega bo’lgan mustaqil firma sifatida (ya’ni yuridik shaxs hisoblanib) ro’yxatdan o’tgan, lekin uning ustidan nazoratni aksiyalarning kontrol paketiga yoki sho’ba kompaniyaning butun kapitaliga egalik qiluvchi va bu korxona boshliqlarini tayinlovchi bosh kompaniya amalga oshiradigan TMK tizimiga kiruvchi korxonalar hisoblanadi.
Uyushgan kompaniya – bu bosh kompaniya aksiyalarining 10-50%ga egalik qiluvchi TMK tizimiga kirgan qabul qiluvchi mamlakatdagi korxona hisoblanadi. Bu korxona bosh kompaniyaning nazoratida emas, balki ta’siri ostida bo’ladi.
Ba’zan bo’lim, sho’ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma faoliyatining baynalmilallashuvi yo’lidagi bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu holatda internatsionallashtirishning birinchi bosqichi bo’lib odatda kompaniya mahsulotlarining eksporti hisoblanadi. So’ngra tashqi savdo bitimlari, keyingi bosqich – xorijiy hamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion bitimlar) ayirboshlash hisobiga kengayadi. Tovar aylanishining ko’payishi, qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan ilmiy-texnik aloqalarining kengayishi eksporter kompaniyaning bu mamlakatda o’z vakolatxonasini ochish zaruratiga olib keladi. Muomalalar hajmining o’sishi natijasida vakolatxona bosqichma-bosqich sho’ba kompaniyasi va keyin uyushgan kompaniya darajasiga ko’tariladi. Xorijiy tadbirkorlikning keyingi rivoji global masshtabdagi biznesga ega xalqaro korxonaning shakllanishiga olib keladi.
Yuqorida aytib o’tilgan milliy kompaniyaning TMK sari yo’lini ko’pchilik xalqaro kompaniyalar uchun odatiy bo’lgan tashkiliy qayta shakllanish zanjiri sifatida quyidagicha tasavvur qilish mumkin, ya’ni eksport – texnologiyalar bilan almashinuv – qabul qiluvchi mamlakatdagi vakolatxona – sho’ba kompaniyasi – uyushgan kompaniya – global masshtabdagi biznesga ega xalqaro kompaniya.
Kompaniya millati haqidagi masalalar bankrotlik, soliqqa tortish, antimonopol qonunchilikni qo’llash va bir qator boshqa holatlarda ham yuzaga keladi. Ko’pchilik soliqqa tortish huquqiy tizimiga ko’ra har bir kompaniya qardosh firmalar bilan aloqalaridan qat’i nazar alohida soliqqa tortiladi. Bunda ikki marotaba soliqqa tortmaslik uchun bosh kompaniya qardosh korxona bilan ularga texnologiyalarni, nou-xaularni berish, patentlardan, konstruktorlik ishlanmalaridan, savdo markalaridan, ITTKI natijalaridan (agar ITTKI tijorat daromadi keltirsa, ular soliqqa tortiladi) foydalanish sohasida kelishib olishlari zarur. Qabul qiluvchi mamlakat soliq organlarining bosh kompaniya va uning xorijiy filiallari orasidagi munosabatlarni bilishi qabul qilayotgan mamlakatning soliq deklaratsiyasida TMK filiallari tomonidan ko’rsatilayotgan daromadlar hajmining to’g’riligini nazorat qilish imkonini beradi.
90-yillarda yirik TMKlar tomonidan qabul qiluvchi mamlakat soliq qonunchiligining qo’pol buzilganligi kuzatilgan. Masalan, 90-yillar o’rtalarida Yaponiya soliq organlari “Koka-kola” kompaniyasi filialiga bosh kompaniya hisobiga haddan tashqari ko’p litsenziyalangan pullarni o’tkazgani, shunga ko’ra soliq deklaratsiyasida filial foydasi past ko’rsatilgani uchun 15 mlrd. iena miqdorida jarima solgan. Shu vaqtning o’zida “Nissan” yapon mashinasozlik kompaniyasi AQSh soliq boshqarmasiga 17 mlrd. iena miqdorida jarima to’lagan, chunki u o’z foydasining bir qismini Yaponiyadagi bosh kompaniya hisobiga o’tkazib yuborish evaziga Amerika solig’ini chetlab o’tishga muvaffaq bo’lgandi.
Antimonopol qonunchilik qo’llanilgan holatlarda ko’p mamlakatlar sudi birlashmagan bozor qudratini aniqlashda korxonalarning iqtisodiy birligini (qardoshligi) ko’zda tutadi. Bu yerda ko’pgina TMKlarning huquqiy maslahatlar, ITTKI, moliya, buxgalteriya, bir yoki bir nechta xalqaro markazlarda dasturlashtirish kabi TMKning butun tizimiga xizmat ko’rsatadigan vazifalarni markazlashtirishi e’tiborga olinadi. Kompaniya millati sud yoki arbitrajda bosh kompaniyaning ekologik jihatdan zararli texnologiyalar yoki nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarishga jalb qilinganligi darajasi ko’rib chiqilayotganda katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda sud hukmiga huquqiy tomondan tashqari ma’naviy masala ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, hammaga ma’lum bo’lgan Bxopal (Hindiston)dagi kimyo zavodida insonlarning ommaviy zaharlanishiga “Yunion karbayt” kompaniyasining texnologiyasidan foydalanilishi sabab bo’lgan va u sudda Hindiston tomoni oldida ma’naviy javobgarligini tan olib, zarar ko’rgan oilalar xarajatlarini qoplash majburiyatlarini o’z bo’yniga olgan. TMK millatini va uning chet el filiallari bilan aloqasini aniqlashdagi qiyinchiliklar bu aloqalarning ko’p uchraydigan ko’pdarajaliligi bilan tushuntiriladi. Masalan, o’yinchoqlar tayyorlaydigan yirik “Mattel” (AQSh) korporatsiyasi butun dunyo bo’yicha 39 qardosh kompaniyasiga egadir, bulardan 26 tasi bosh kompaniyaning bevosita mulki va 13 tasi esa “Mattel” korporatsiyasining chet el filiallariga tegishlidir (1-jadval).
3. Zamonaviy milliy iqtisodiy tizimning va jahon iqtisodiyotining muhim xususiyati bo‗lib, xo‗jalik faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarish va kapital to‗planishining jadallashgan o‗sishi hisoblanadi. Zamonaviy korporatsiyalar shubhasiz, mamlakatda va jahonda yirik iqtisodiy va moliyaviy markazga aylanishi mumkin. Ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga qo‗shadigan hissasi yangi iqtisodiy hududni tashkil 398 topishida, milliy va jahon moliya bozorlarini rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. Yirik korporatsiyalarning sotish hajmi dunyoning ko‗plab mamlakatlari YaIM hajmidan oshib ketadi. Dunyodagi ikki yuzta yirik transmilliy kompaniyalarning umumiy sotish hajmi AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, XRR, Braziliya, Kanada, Ispaniyadan tashqari barcha mamlakatlarning YaIM hajmidan ortiqdir. Oxirgi 25 yilda ushbu ko‗rsatkich mazkur tuzilmalar uchun ishchilar soni 14,4 foizga oshgani holda deyarli 4 marta ko‗paygan. Ma‘lumki, TMKlar zamonaviy jahon xo‗jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalarining harakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning o‗zlarini xorijdagi filiallariga tovar etkazib berishlari va xizmat ko‗rsatishlarining ulushi kattadir. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning sohaviy strukturasi ham turli tumandir. Hozirgi kunda 500 ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85 tasi xorijiy mamlakatlardagi investitsiyalarning 70%i ustidan o‗z nazoratini o‗rnatgandir. Ushbu 500 ta gigant korporatsiyalar hissasiga jahon bozoriga chiqarilayotgan elektronika va kimyo sanoatining 80 foiz, farmatsevtikaning 95 foiz, mashinasozlikning 76 foiz mahsulotlari to‗g‗ri keladi. TMK jahon iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o‗ynaydi. TMK filiallari orqali amalga oshirilgan eksportning hajmi dunyo eksportining 1/3 qismini tashkil etadi va ularda 77 mln. kishi ishlaydi. Ushbu ko‗rsatkich Germaniya iqtisodiyotida band bo‗lganlar sonidan ikki baravar ko‗pdir. Jahon mamlakatlarida TMKlarning xorijiy bo‗linmalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishga hamda ular faoliyat yuritayotgan mamlakatlardagi mahsulotlarga bo‗lgan ichki talab darajasini doimiy o‗rganib borishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. TMKlar o‗z faoliyatlarini milliy iqtisodiyotlardagi ichki talab darajasiga mos holda muvofiqlashtirib bormoqdalar. Bu holat, ularning eksport va sotish hajmining oshishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Hozirgi davrda korporatsiyalarning transmilliylashuv jarayoni kuchayib bormoqda. Mohiyatiga ko‗ra, korporatsiyalarning xorijdagi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki transmilliylashish darajasini ifodalaydi. Korporatsiyalarining transmilliylashuvini aniqlash uchun maxsus transmilliylashuv indeksidan foydalaniladi. 399 Transmilliylashuv indeksi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi: I T = 1/3 (A I /A + R I /R + S I /S) x 100 % , Bunda, I T — transmilliylashuv indeksi, %; A I — xorijiy aktivlar; A — umumiy aktivlar; R I — xorijiy filiallarda mahsulot va xizmatlar sotish hajmi; R — mahsulot va xizmatlar sotishning umumiy hajmi; S I — xorijdagi shtatlar (ish o‗rinlari); S — kompaniya ishchilarining umumiy shtati. Zamonaviy TMKlar faoliyatida quyidagi asosiy tendentsiyalar kuzatilmoqda: – aktivlarning umumiy hajmida xorijiy aktivlar ulushiga ko‗ra tasniflashda AQShning TMKlari etakchilik qilishmoqda; – Yaponiya TMKlarining faoliyati 1970-1980 yillarda boshqa TMKlarga nisbatan birmuncha barqaror bo‗lgan, lekin umumiy holda hozirgi vaqtdaham ular TMKlar raqobatlashuvida o‗zining mustahkam o‗rnini egallab kelishmoqda; – hozirgi davrda Xitoy TMKlari jadal sur‘atlarda o‗z faoliyatlarini kengaytirmoqda, shuningdek, TMKlar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan faol tadbirlarni amalga oshirayotgan mamlakatlar qatoriga Braziliya, Janubiy Koreya, Hindiston va Malayziyani kiritish mumkin; – Yevropa TMKlari mashinasozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, farmatsevtika sanoati kabi yirik xarajatlar talab etuvchi sohalardagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirishga alohida e‘tibor berishmoqda; – Tarmoq tarkibi nuqtai nazaridan eng yuqori transmilliylashuv indeksini kimyo va farmatsevtika sanoatidagi TMKlar, undan keyingi o‗rinlarni oziq-ovqat va elektronika sanoati egallashgan, eng past indeks esa savdo kompaniyalariga tegishlidir. 18.5. Globallashuv sharoitida TMKlar o„rtasidagi birlashish va qo„shib olish (M&A) jarayonlari Birlashish va qo‗shib olishlar (ingl. Mergers and Acquisitions, M&A) – kapital va biznesni mustahkamlashda makro va mikroiqtisodiy darajalarda bozordagi bir nechta kichik kompaniyalar o‗rnida yiriklarining yuzaga kelishi natijasida sodir bo‗ladigan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi. 400 Birlashish – bu ikki va undan ortiq xo‗jalik yurituvchi subyektlarning birlashishi bo‗lib, natijada yangi, birlashgan iqtisodiy birlik shakllanadi. Birlashishlarda kompaniya yuridik shaxs va soliq to‗lovchi sifatidagi o‗zining mustaqilligini tugatgan holda boshqa kompaniya bilan birlashadi. Yangi kompaniya o‗zining tarkibiy qismidagi kompaniyaning mijozlari oldidagi barcha majburiyatlarini va aktivlarini bevosita boshqarishni hamda nazorat qilishni o‗z zimmasiga oladi. Qo‗shib olish – qo‗shib olinadigan kompaniya ustav kapitalining 30 foizdan ortig‗ini egallash yo‗li bilan amalga oshiriladigan va xo‗jalik jamiyati ustidan nazorat o‗rnatish maqsadida tuziladigan bitimdir, bunda jamiyatning yuridik mustaqilligi saqlab qolinadi. Kompaniyalar birlashishi va qo‗shib olinishining asosiy turlari tasnifi. Xususiyatiga bog‗liq holda kompaniyalar integratsiyasi quyidagi turlarga ajratiladi: Kompaniyalarning gorizontal birlashish. Bu aynan bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi ikki kompaniyaning qo‗shilishi emas, buning natijasida faoliyatni rivojlantirish va raqobatlashuv bo‗yicha ustunlikka erishiladi. Kompaniyalarning vertikal birlashish – bu bir qator kompaniyalarning birlashishi bo‗lib, bunda ulardan biri boshqalari uchun xom ashe etkazib beradi. Natijada mahsulot tannarxi pasayishi va foydaning oshishiga erishiladi. Kompaniyalarning parallel birlashish – o‗zaro aloqador bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning birlashishi. Konglomerat birlashishi – ishlab chiqarish yoki ta‘minot munosabatlari bo‗yicha o‗zaro aloqador bo‗lmagan kompaniyalarning birlashish bo‗lib, bunda bir tarmoqda faoliyat yurituvchi kompaniyaning boshqa tarmoqdagi kompaniya bilan qo‗shilishi sodir bo‗ladi. Tahliliy ma‘lumotlarga ko‗ra duneda M&A bo‗yicha har yili o‗n besh mingga yaqin bitim tuziladi. Bitimlar xajmi va qiymati bo‗yicha etakchilikni AQSh egallagan. Geografik ko‗lami bo‗yicha bitimlar quyidagilarga bo‗linadi: – mahalliy; – mintaqaviy; – milliy; – xalqaro; – transmilliy (transmilliy korporatsiyalar ishtirokidagi bitilar). Milliy aloqadorligi bo‗yicha quyidagicha tasniflash mumkin: – ichki bitimlar (bitta mamlakat doirasida sodir bo‗ladigan); 401 – eksportga oid (bozorning xorijiy ishtirokchilariga nazorat xuquqini berish); – importga oid (xorijdagi kompaniyalar ustidan nazorat qilish xuquqiga ega bo‗lish); – aralash (transmilliy korporatsiyalarning bitimlarida yoki bir nechta turli davlatlar aktivlari bilan kompaniyalarda ishtirok etish). Kompaniyalarning birlashish va qo‗shib olishlar jarayonining (M&A) faollashuvi zamonaviy iqtisodiyotning muhim jihatlaridan biri hisoblandi. Korporatsiyalar birlashishi tufayli yuzaga keladigan salohiyatli imkoniyatlar integratsion jarayonlarning yanada jadallashuviga ta‘sir ko‗rsatdi. Birlashish va qo‗shib olishlar ko‗pgina korporatsiyalar tomonidan o‗zgaruvchan bozor sharoilariga muvofiq holda ishlab chiqarish aktivlarini optimallashtirish hamda raqobatlashuv afzalliklariga erishish yo‗li sifatida qaraladi. Shuning uchun mazkur soha tadqiqotlari bo‗yicha ko‗pgina ekspertlar shug‗ullanishadi hamda ular korporatsiyalar birlashish va qo‗shib olishlarining unversal loyihalarini tuzishga harakat qilishadi. Misol uchun, Watson Wyatt kompaniyasi korporatsiyalar birlashishining beshta bosqichini aniqlagan: vazifalarni tashkil etish, holatni baholash, tadqiq etish, muzokaralar o‗tkazish, haqiqiy birlashish. Shuningdek, ushbu sohadagi boshqa mutaxassislar birlashishning turli bosqichlarini taklif etishgan. Transmilliy korporatsiyalar raqobatbardoshligini oshirishning maxsus instrumentlariga quyidagilarni kiritish mumkin: birlashish va qo‗shib olishlar, strategik alyanslar va autsorsing. TMKlar xalqaro birlashish va qo‗shib olishlar hamda global bozorlardagi raqobatlashuv holatini o‗zgartirish bo‗yicha transchegaraviy bitimlarni keng qo‗llaydilar. TMKlar faoliyati tahlili shuni ko‗rsatmoqdaki, iqtisodiy globallashuv sharoitlarida birlashish va qo‗shib olishlar turli mamlakatlarning mahalliy aktivlardan investitsion portfelni tezlikda shakllantirish, yangi bozorlarni o‗zlashtirish, ishlab chiqarish jarayonining yangi bosqichini hamda xom ashyoning yangi manbalarini egallash imkoniyati hisobiga korporatsiya raqobatlashuvi oshishining muhim manbasi hisoblanadi. Dunyodagi yirik korporatsiyalar o‗rtasida birlashish va qo‗shib olishlar, shuningdek, ―yomon‖ aktivlarni sotish va natijada raqobatchilar bilan solishtirganda birmuncha afzallikka erishgan korporatsiyalar guruhini ajratib ko‗rsatish mumkin. Bunday korporatsiyalarga, BP (Buyuk Britaniya, neft sohasi), ExxonMobil, ChevronTexaco, ConocoPhilips (AQSh, neft sohasi), General Electric (AQSh, konglomerat), Gla Kline (Buyuk Britaniya, farmatsevtika sanoati), Cisco Systems, IBM, Apple (AQSh, elektronika sanoati), Nestle (Shveytsariya)larni kiritish mumkin. Innovatsion ishlanmalar yoki texnologiyalarga ega bo‗lgan boshqa kompaniyalar qo‗shilishining muhim jihati farmatsevtika TMKlarining raqobatbardoshligini qo‗llab-quvvatlashdan iboratdir. Bu holatni Amerika TMK faoliyatini tahlil etish isbotlab beradi, Pfizer, Johnson & Johnson, Abbot Laboratories, Bristol-Myers-Squibb, Shveytsariya TMKlari Hoffman-La Roche va Novartis, Angliya TMKlari GlaxoSmithKline va AstraZeneca, Frantsiyaning Sanofi-Aventis. TMKlarning qo‗shilishi orqali yangi bozorlarni o‗zlashtirish hamda ularda samarali faoliyat yuritish, moliyaviy resurslarni jalb etgan holda o‗z faoliyatlarini kengaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Jahon iqtisodiyotida korporatsiyaning raqobatbardoshligini oshirish uchun muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qo‗shib olishlarga misol sifatida General Electric korporatsiyasi tomonidan birlashish va qo‗shib olishlar va raqobatbardosh bo‗lmagan aktivlarni sotish bo‗yicha 25,4 mlrd. doll. qiymatdagi 228 ta bitimning amalga oshirilishi korporatsiya faoliyatining rivojlanishiga va kapitallashuv darajasining oshishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. Transchegaraviy birlashish va qo‗shib olishlar ishtirokchi kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo‗naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish, asosan nommodiy (nou-xau, savdo belgilari, tashkiliy bilimlar) va boshqalarga ega bo‗lish imkoniyati yuzaga keladi. Xulosa o‗rnida ta‘kidlash lozimki, transmilliy korporatsiyalar o‗rtasidagi birlashish va qo‗shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta‘sir etuvchi muhim omil bo‗lib hisoblanadi. Bu holat o‗z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko`rsatishiga ham ta‘sir ko`rsatadi.
Bugun iqtisodiyotimizning barqaror sur'atlar bilan rivojlanayotgani, xalqimiz turmush darajasi ortib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e'tibori tobora yuksalib borayotgani diyorimizda yashayotgan har bir insonga mamnuniyat tuygʻusini baxsh etayotgani shubhasiz. Bunday yutuqlar negizida, avvalambor, xalqimizning fidokorona mehnati va bunyodkorlik salohiyati, odamlarimizning ongi va tafakkuri, hayotga munosabati oʻzgarayotgani, ular oʻzini shu yurtning haqiqiy egasi deb his qilayotgani mujassam.
Oʻzbekiston Konstitusiyasining 4-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi”, deb qat'iy belgilab qoʻyilgan. Yurtimizda yashayotgan turli millat va elat vakillari uchun barcha kerakli shart-sharoitlar yaratib berilgani, milliy tili, oʻziga xosligi, an'analari va urf-odatlarini saqlab qolish va rivojlantirish masalalarining huquqiy jihatdan toʻliq ta'minlanganligi ushbu konstitusiyaviy kafolat samarasidir.
Oʻzbek tili oʻzbek xalqi ma'naviy madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Hali sobiq ittifoq parchalanmay turib Oʻzbekistonda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi. Oʻzbek tilining hayotimizdagi oʻrni va ta'sirini kuchaytirish, uni tom ma'nodagi milliy qadriyatga aylantirish yoʻlida ulkan ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ham davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyildi. Shu tariqa oʻzbek tili mustaqil davlatimizning Bayrogʻi, Madhiyasi, Gerbi, Konstitusiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi. Ona tili – millatning ruhi. Oʻzlikni anglash, milliy ong va tafakkur, avlodlar oʻrtasidagi ruhiy-ma'naviy bogʻliqlik til orqali namoyon boʻladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.
Bu borada yuksak marralarga etib borishimizning zamirida yotgan eng muhim omillarni yana bir bor ta'kidlab oʻtish oʻrinlidir. Bu – avvalo, jamiyatimizda suvdek, havodek zarur boʻlgan va xalqimiz koʻz qorachigʻiday asrab-avaylab kelayotgan tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va totuvlik. Bu – har tomonlama chuqur oʻylangan, birinchi galda, xalqimizning manfaatini koʻzda tutib, izchillik va qat'iyatlik bilan olib borilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlar. Bu – uzoq va yaqin qoʻshnilarimiz bilan hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, jahon hamjamiyati bilan hamohang boʻlib yashash va unda oʻzimizga xos, oʻzimizga mos oʻrinni egallab olishdek ezgu maqsadlardir.
Vaqt oʻtishi, zamon oʻzgarishi bilan har qanday xolis kuzatuvchiga bir haqiqat ayon boʻlmoqdaki, biz ichki va tashqi siyosatimizni amalga oshirishda kimningdir tazyiq yoki amriga itoat qilib, turli oʻyinlarga qoʻshilgan emasmiz va doimo mustaqil siyosat olib borganmiz. Biz uchun yagona va ustuvor maqsad – Oʻzbekiston manfaati va yana bir bor Oʻzbekiston manfaatidir. Bugun yorugʻ yuz bilan aytishga haqqimiz borki, qanchalar qiyin boʻlmasin, biz bir kunlik hayot bilan yashaganimiz yoʻq, kelajak avlodimizning rizqi va nasibasiga xiyonat qilganimiz yoʻq.
Allohning oʻzi bizga in'om etgan er osti, er usti boyliklarimizni oʻzlashtirishda, ulardan oqilona va samarali foydalanishda, davlatni idora qilish, iqtisodiyotimizni tashkil etishda, eng avvalo, uzoq va davomli maqsad-muddaolarimizni koʻzlab ish olib bormoqdamiz. Hech kimdan kam boʻlmagan, bamisoli erkin qush kabi parvozga shay boʻlib turgan, bilagi kuchga toʻlib, salohiyati yuksalib borayotgan, umid-ishonchimiz, tayanchimiz va suyanchimiz boʻlgan navqiron avlodimizning maydonga chiqayotgani mana shu siyosatning dastlabki nishonasidir.
Hozirgi murakkab va tahlikali zamonda, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, narkobiznes kabi balo-qazolar insoniyat hayotiga tahdid solib turgan bir sharoitda oʻz uyimiz, oʻz muqaddas yurtimizni oʻzimiz asraylik, oʻzimiz himoya qilaylik, degan da'vat har bir yurtdoshimizni doimo hushyorlik va ogohlikka chorlamoqda.
Bugungi notinch dunyoda biz qanday murakkab vaziyatda yashayotganimizni, insoniylik qiyofasini tamoman yoʻqotgan xalqaro terrorizm balosi mintaqamiz va butun dunyo uchun qanday tahdid, qanday xavf-xatar tugʻdirayotganini barchamiz yaxshi anglaymiz. Bunday holatda doimo hushyorlik va ogohlikni saqlash, har birimiz uchun oʻz uyimizni, ona Oʻzbekistonimizdagi tinchlik va barqarorlikni asrash va himoya qilish har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois bugungi kunda mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid solayotgan mavjud xavf-xatarlarni yanada chuqurroq oʻrganish va tahlil etishimiz lozim. Bunda xalqaro terrorchilar va ularni yoʻllayotgan markazlar tomonidan sodir etiladigan qurolli xurujlarni bartaraf etish va ularga oldindan zarba berishga doimo tayyor turish kerak.
Terrorchilik mafkurasi boshqa dinlarni inkor etish mafkurasi asosida shakllanadi. Bunga bir paytlar tinchlikni targʻib qiluvchi tashkilot sifatida maydonga chiqib, bugunga kelib esa oʻta ashaddiy terrorchilar, qotillar va zoʻravonlarni etkazib beradigan tashkilotga aylangan “Hizbut-tahrir”ni misol qilib keltirish mumkin. Afsuski, terrorchilikka qarshi kurash niqobi ostida dunyoning asosiy geostrategik oʻyinchilari boʻlmish davlatlar har jihatdan gʻoyat muhim boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi oʻz ta'sirini saqlash uchun kurash olib bormoqda.
Bunday vaziyatda har birimiz har doim ogoh, sezgir va hushyor boʻlishimiz darkor. Shu bilan birga, hayotda voqealarni befarq va loqayd kuzatuvchi sifatida emas, ularga bevosita daxldor, tinch¬lik va osoyishtalik, farovon hayot va taraqqiyot kurashchilari boʻlib yashashga oʻrganishimiz zarur. Ma'lumki, sobiq mustabid tuzum davrida milliy ma'naviyatni rivojlantirishga mutlaqo yoʻl qoʻyilmagan. Aksincha, xalqimizning tabiati, yashash tarziga yot boʻlgan kommunistik mafkurani har qanday yoʻllar va zoʻravonlik bilan joriy etishga harakat qilingan. Shuning uchun ham istiqlolning dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan oʻzgartirish yurtimizda eng dolzarb va hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi.
Insoniyatning koʻp ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zoʻravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni oʻziga tobe qilib, boʻysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi boʻlsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi boʻlmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi. Bunga tarixdan koʻplab misollar topiladi. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma'naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, oʻsib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ma'naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid oʻz-oʻzidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sogʻlom avlod kelajagini ta'minlash yoʻlidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida katta ma'naviy yoʻqotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. Eng yomoni, bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni oʻzi tugʻilib oʻsgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuygʻularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd boʻlgan shaxsga aylantirishga qaratilganida namoyon boʻlmoqda. Bunday tajovuzkorona harakatlar bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni, avvalo, begʻubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan xatarlidir.
Bu borada davlatimiz rahbari Islom Karimov toʻxtalib oʻtib, jumladan, “Agarki biz bunday xatarlarga qarshi oʻz vaqtida qat'iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni oʻz girdobiga tortib ketishini, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas'uliyatini oʻylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishini istaymiz”.
Bugungi shiddatli davrda chinakam ma'naviyatli va ma'rifatli odamgina inson qadrini bilishi, oʻz milliy qadriyatlarini, milliy oʻzligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha oladi.
Darhaqiqat, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yoʻlida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda koʻzdan kechiradigan boʻlsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu gʻoya va ta'limotlar bilan yovuz va zararli gʻoyalar oʻrtasida azaldan kurash mavjud boʻlib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini koʻramiz.
Bugungi zamon voqelikka ochiq koʻz bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon-atrofimizda mavjud boʻlgan, tobora kuchayib borayotgan ma'naviy tahdid va xatarlarni toʻgʻri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. Shu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz oʻyinlari toʻgʻrisida biryoqlama va soxta tasavvur boʻlmasligi kerak.
Hozirda ma'naviyat dunyosiga nisbatan mavjud boʻlgan xavf-xatarlardan albatta koʻz yumib boʻlmaydi, lekin bizning ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma'naviy olami kuchayib va yuksalib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda 136 millat va elat, 16 diniy konfessiya vakillari yagona oila farzandlaridek yashab, mehnat qilib kelmoqda. Shuningdek, ular orasida har xil millatlarga mansub aholi mavjud boʻlib, ular ham mamlakatimizning barcha fuqarolari qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega. Oʻzbekiston qonunlarida belgilab qoʻyilgan huquq va erkinliklari, manfaatlari toʻliq ta'minlangan. Ta'lim olishlari, mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jamiyatni ma'naviy yangilashdan koʻzlangan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligi, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik masalalaridan iborat.
Mamlakatimiz milliy tarkibining oʻzga xosligi uning farqlanuvchi xususiyatlaridir. Etnik tarkibida tub aholi ustun mavqeni egallaydi. Mamlakatimizda istiqomat qiladigan aholinig 80 %ini oʻzbeklar tashkil etadi. Oʻzbekistonning milliy-madaniy rang-barangligi milliy oʻzlikni anglashning oʻsishi va ma'naviy jihatdai qayta uygʻonish bilan chambarchas bogʻliqdir.
Koʻpmillatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo va diniy bagʻrikenglikni shakllantirish boʻlishi zarur. Prezidentimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 20 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida “Oʻzbekistonimizda tinchlik-osoyishtalik va xavfsizlikni, fuqarolar va millatlararo ahillik va hamjihatlikni koʻz qorachigʻidek saqlash va mustahkamlash bundan buyon ham eng muhim, hal qiluvchi vazifamiz boʻlib qolishi darkor”, deb ta'kidladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi milliy (etnik) siyosatining asosiy tamoyillari:
1) millatlar va etnik guruhlar oʻzaro munosabatlarida uygʻunlik siyosiy barqarorlik omili sifatida rivojlanishi;
2) siyosat va siyosiy jarayonlarda milliy, etnik guruh manfaatlarining aks etishi;
3) milliy oʻzlikni anglash jamiyatni demokratlashtirishga undovchi kuch ekanligi;
4) siyosatda milliy xususiyatlarni inkor etishga yoʻl qoʻymaslik;
5) “millatchilik”ni siyosiy tusga kirishining oldini olish;
6) milliy totuvlik va fuqarolik jamiyatining rivojlanishi;
7) davlat etnik siyosatida shaxs huquqlarining ustuvorligi;
8) siyosiy hokimiyat va jarayonlarda millatlar, etnik guruhlar ishtiroki hamda manfaatlar uygʻunligini ta'minlash;
9) Millatlar va etnik guruhlar oʻrtasida oʻzaro hurmat, ishonch, totuvlikni qaror toptirish, demokratik, kuchli fuqarolik jamiyati qurish va siyosiy barqarorlik omilini saqlash;
10) Oʻzbekiston xalqini, millatidan qat'i nazar, Oʻzbekiston fuqarolari tashkil etadi.
Hozirga kelib mamlakatimizda 130 dan ortiq milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Respublika baynalmilal madaniyat markazi esa ushbu milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam koʻrsatib kelmoqda. Hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, bugungi kunda Respublika baynalmilal madaniyat markazi diyorimizda yashayotgan turli millat vakillarining ma'naviy-ma'rifiy muloqot maskaniga, oʻziga xos doʻstlik uyiga aylangan. Bu erda muntazam ravishda xalq bayramlari, festivallar, barcha millat ardogʻidagi ijodkorlar bilan uchrashuvlar, seminar va konferensiyalar oʻtkazib kelinadi.
Oʻtgan yillar mobaynida Respublika baynalmilal madaniyat markazi tomonidan 20 dan ziyod ilmiy risola va toʻplamlar, shuningdek, mamlakatimizdagi millatlararo totuvlik, bu borada istiqlol yillaridagi yutuqlarimizni aks ettiruvchi “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” albom kitobi, “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor”, “Oʻzbekiston Konstitusiyasi – buyuk kelajagimiz kafolati”, “Mustaqil Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar rivoji” kabi maqolalar toʻplamlari chop etildi.
Bugungi kunda respublikamizdagi oliy oʻquv yurtlarida turli millatga mansub talabalar tahsil oladi. Dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida kuzatiladigan yana bir holat shuki, Oʻzbekistonda ta'lim 7 tilda olib boriladi. Bular sirasiga oʻzbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari rus, qozoq, turkman, tojik va qirgʻiz tillarini kiritish mumkin. Yana bir diqqatga molik jihat – respublikamizdagi ommaviy axborot nashrlari ham turfa tillarda chop etiladi, qardosh xalqlar tilida radio va telekoʻrsatuvlar tayyorlanib efirga berilayotgani yurtimizda millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Markaz tomonidan har yili ikki marta til bayrami oʻtkaziladi. Bular – YuNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasida (1999 yil) 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e'lon qilingan va 2000 yildan 195 ta a'zo davlatlarda nishonlanib kelinayotgan “Xalqaro ona tili kuni” va oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun hisoblanadi. Shu munosabat bilan har yili an'anaviy tarzda oʻzbek tili boʻyicha notiqlik san'ati tanlovi tashkil etiladi. Unda, asosan, rusiyzabon talaba-yoshlar ishtirok etishadi.
Xorijiy tillarni oʻrganish masalasi – zamon talabi. Oʻqish-oʻrganishning erta-kechi boʻlmaydi. Zero, xorijiy tillarni mukammal bilish dunyo eshiklarini ochadi. Bugun dunyo hamjamiyatida tarixi boy, buguni shukuhli, kelajagi buyuk Oʻzbekiston oʻz oʻrni va nufuziga ega. E'tirof etish kerakki, mamlakatimiz tarixan qisqa davr – 22 yil mobaynida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida ulkan muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritdi. Oʻzbekistonni bugun dunyo tanidi, tan oldi. Yurtimizda kechayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlarning bilim olishlari, oʻz salohiyatlarini namoyish etishlariga berilgan imkoniyatlar, sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritayotgan gʻalabalari, intellektual salohiyatli yoshlarimizning xalqaro olimpiadalardagi muvaffaqiyatlari – bularning barchasi mamlakatimizda mustaqillik sabab qoʻlga kiritilgan yutuqlar, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaldagi samarasi.
Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor. Bu iborani hamisha iftixor bilan tilga olamiz. Bunga toʻla asosimiz bor. Tarixdan ma'lumki, xalqimiz boshidan kechirgan ogʻir qatagʻon va Ikkinchi jahon urushi yillari koʻp sitamlarga yuzma-yuz boʻlgan koreyslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, qrim-tatar va boshqa millat vakillari Oʻzbekistonni Vatan tutdilar. Ularning hozirgi avlodlari uchun esa Oʻzbekiston ona-Vatanga aylandi. Chunki ular shu erda tugʻilib, kamolga etdi, hayotda oʻz oʻrnini topdi.
Bugun yurtimizda barcha millat va elat vakillari tinch-totuv, farovon hayot kechirmoqda, kelajagi buyuk Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyoti, ertangi istiqboliga munosib hissa qoʻshmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ta'lim olishlari, oʻz qiziqish va layoqatlari boʻyicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, urf-odatlari, an'analarini saqlash hamda rivojlantirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Hozirda yurtimizda mavjud barcha milliy madaniy markazlar oʻz xalqlarining an'analari, marosimlarini tiklash, ularni Oʻzbekistonda yashovchi boshqa millat vakillariga yaqindan tanishtirish, qolaversa, oʻzbek xalqining madaniyati, san'ati, tili, urf-odatlarini targʻib etishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Bu sa'y-harakatlar, tabiiyki, mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizning har birimiz buyuk tariximiz, buyuk ma'naviy merosimiz, ayni chogʻda jahon ma'naviy tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan bir-biridan ulugʻ mutafakkir olimu fuzalolarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz va ularga munosib boʻlishni oʻzimizning muqaddas burchimiz, deb bilamiz. Tabiiyki, har qanday daraxtning qanday gullashi va qanday meva berishi uning ildizlari tutashgan tuproqqa bogʻliq. Boʻsh joyda hech narsa unmaydi. Zero, ijtimoiy-ma'naviy taraqqiyotda ham ulkan gʻalabalarga erishmoq uchun katta madaniy an'ana va madaniy meros kerak. Shukrlar boʻlsinki, madaniy merosimiz va ma'naviy boyligimiz tarixi eng qadimgi davrga borib tutashadi. Bu bebaho boyliklarimiz, jumladan, muqaddas an'analarimiz va qadriyatlarimiz ana shunday katta hayot sinovlaridan omon-eson oʻtib, tobora sayqallanib, takomillashib kelmoqda.
|