|
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning milliy g`oya fanini o`rgatishda yangi innovatsiyalardan foydalanishga qaratayotgan e`tibori
|
bet | 4/5 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 197,33 Kb. | | #148708 |
Bog'liq Milliy go`ya ta`limida innovatsiya, texnologiya, pedagogik texnologiya, interfaol ta`limO`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning milliy g`oya fanini o`rgatishda yangi innovatsiyalardan foydalanishga qaratayotgan e`tibori.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ushbu masalaga alohida e`tibor qaratib 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha “Harakatlar strategiyasi”da ham ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag`batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksprimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga ta`lim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo`nalishlaridan biri sifatida alohida e`tibor qaratilgan deb ta`kidlagan edi.
Mamlakatimiz ertangi kuni bo`lgan yoshlarning ma`naviy ongi haqida g`amxo`rlik qilish har birimizning, xususan, mahalla va ta`lim dargohlarining, umuman, shu yurtning gullab – yashnashi, taraqqiy topishidan manfaatdor bo`lgan har bir insonning muqaddas burchidir. Faqat ana shu asosda yoshlarni o`z fikriga ega, turli ma`naviy xurujlariga qarshi mardonavor tura olishga qodir bo`lgan irodali, fidoiy va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin
Bizning fikrimizcha bugungi kunda yuqori sifatli bo`lgan ta`limning asosiy maqsadlariga quydagi yo`nalishlarni rivojlantirish bilan erishiladi:
ta`lim maskanlari shunday saviyaga kelishi kerakki, toki u raqobatdosh kadrlar orasidagi tayyorgarlikdan yuqori darajada bo`lsin. Buning uchun esa asosiy maqsad o`qitish ta`lim dasturiga mos kelgan bo`lishi kerak;
ta`lim berish guruhlarining intellektual salohiyatini shunday oshirish kerakki, toki zamon talabi darajasida bo`lsin. Vaholanki, xozirgi yoshlar shunday qobilyatga ega bo`lishi kerakki, u maqsad qo`ya oladigan va o`z oldiga qo`ygan maqsadni yecha oladigan bo`lishi, yuqori madaniy saviyada mustaqil fikirlay olishi va hayotda o`z o`rnini topa olishi lozim;
ta`lim berishda interaktiv (ikki tomonning faolligi) metodlarni qo`llash, shu bilan birga ayni maqsadga yo`naltirilgan turli targ`ibot ishlarni tashkil qilish;
O`quv, ilmiy, adabiy va zamonaviy texnalogiyalarni o`quvchi-talaba yoshlarga yetkazib berish darajasida bo`lishi, o`quv jarayonini kerakli jihozlar bilan ta`minlash va yangiliklarni gazeta, jurnallarda to`liq va muntazam ravishda chop etib borish;
bilim olishda o`quvchi-talabalarning ta`lim olishga bo`lgan qiziqishi, hoxishi va moyilligini aniqlash. Shuningdek, ilg`or davlatlar tajribasini o`rganish, foydalanish va boshqalarni tashkil etadi.
Ta`limning savyasini oshirish jarayonida dastlab, ta`lim maskani mutaxassislarining dars berish malakasini oshirish hamda ta`lim maskanlariga jalb qilish bilan Respublika va xorijiy mamlakatlarining ta`lim maskanlari bilan tajriba almashish, ularni kurslarda o`qitish bilan o`quv materiallarini tushunish va eslab qolish har xil interaktiv metodlarni qo`llash bilan erishiladi. Shu nuqtai nazardan, yuqori sifatli ta`lim berishga, auditoriyalarni zamonaviy qilib har tomonlama jihozlash bilan ham erishiladi. Kompyuter va video jihozlarni qo`llagan holda eslab qolish, o`qitishning sifatini oshirish yoshlarni kerakli adabiyotlar bilan ta`minlash va ishlash uchun shart- sharoitlar yaratib berish muhim vazifalardan biridir. Asosiysi, o`qish jarayonida yosh avlodni qiziqishi, hoxishi, yangi bilimlarga ega bo`lishi, o`z ustida tinimsiz ishlashi va javobgarlikni his qilish muhimdir. Shuning uchun ta`lim jarayoni quydagi muhim qoidalarga asoslanishi kerak; o`quvchi-talabalarning pisixologik holatini tushunish, o`quvchi-talabalarni real hayotiy muammolar bilan qiziqtira olish, nazariya bilan amalyotni bog`lagan holda yoshlarni fikirlashga o`rgatish, yosh avlod bilan guruh bo`lib ishlashga qodir bo`lish va kerakli ijodiy darajaga erishish, hamda o`qituvchilarning ilmiy bilimlaridan qat`iy nazar ular dars bera olishi yoshlar bilan birga ishlay olishi muhim omillardan biridir. Ushbu milliy g`oya va ma`naviyat fanining zamon talablari darajasida o`qitilishi quydagi 3 ta muhim shartlar bilan bog`liqdir. Bular: birinchidan, fanni o`qitadigan malakali kadrlarning zarurligi, ikkinchidan, mashg`ulotlarni tashkil etishda o`quvchi-talabalarning yoshi, psixologiyasi va bilim bazalarini hisobga olish, uchinchidan, o`qituvchilarning metodik jihatdan qurollangan bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa
Xulosa o`rnida aytmoqchimizki, uzluksiz ta`lim tizimida milliy g`oyani talabalarning ichki dunyosi, ongi va qalbiga singdirish orqali ma`naviy barkamol insonni, sog`lom fikrlaydigan avlodni tarbiyalash asosiy vazifalardandir. Jamiyatimizning ustuvor maqsadlaridan biri ham aynan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma`naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shu sababli yurtimizda barcha o`quv yurtlarida o`qitish tizmini jahon tajribalardan foydalangan holda to`liq ko`rib chiqib eng maqbul jihatlarini amalyotga tadbiq qilish orqali, milliy g`oya darslari samaradorligini yanada oshirish, unda innovasion texnologiyalardan samaraliy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu xozirgi glaballashu davrida bo`layotgan zamon talabiga xos bo`lgan jarayonlardir.
Yuqorida sanab o`tilgan barcha chora tadbirlarni bir-biri bilan chambarchas bog`lagan xolda uzliksiz ravishda olib borilishini ta`minlash va doimiy nazoratni o`rnatish muhim ahamiyatga egadir.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, milliy g`oya va ma`naviyat fanlarini uzluksiz ta`lim tizimida o`qitishda zamonaviy usullar va innovatsion texnologiyalaridan foydalanishga alohida e`tiborni qaratish lozim. Shu bilan birgalikda, zamonaviy interfaol metodlar orqali milliy g`oya, milliy mafkura, milliy g`urur kabi oliy insoniy tushunchalarni dars jarayonida o`quvchi-talabalarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish bugungi kun davr talabidir. Chunki, darsliklardagi mavzular yuzasidan interfaol ta`lim metodlaridan foydalanish talabalarni faollika, birdamlikka va jipslikka chorlaydi. Eng muhimi, jamoa bo`lib ishlash bir-biriga qayg`urish va asosiysi bilimlarni boyitishda samarali ta`sir o`tkazadi. Biz manba sifatida shu fanlar orqali interfaol usullar asosida milliy g`oya fanini o`qitishda foydalanish samarali bo`lgan bir nechta metodlarni asos qilib oldik.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning milliy g`oya fanini o`rgatishda yangi innovatsiyalardan foydalanishga qaratayotgan e`tibori
|