Milliy o`yinchoq tikish texnologiyasi




Download 18.6 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2024
Hajmi18.6 Kb.
#200759
  1   2   3
Bog'liq
MILLIY O`YINCHOQ MASHXURA
Termodinamika 6

MILLIY O`YINCHOQ TIKISH TEXNOLOGIYASI
Turli xil gazlamalardan hamda gazlama qoldiqlaridan yumshoq o‘yinchoqlarni tikish mumkin. Bunday o‘yinchoqlarni bezashda turli jun, charm, porolon, tasmalardan foydalaniladi. O‘yinchoqning ko‘zlari uchun tugmachalar va taqinchoqlar, og‘zi uchun esa charm yoki kleyonka ishlatiladi. Ko‘p qizlar qo‘g‘irchoq o‘ynashni va qo‘liga igna ushlashni boshlashi bilan qo‘g‘irchoqlariga ko‘ylak tikishni yaxshi ko‘radilar. Umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarida qizlarga gazlama qoldiqlaridan qo‘g‘irchoqlarga ko‘ylak tikishni o‘rgatish bilan birga qo‘g‘irchoqni tayyorlash ham o‘rgatiladi. Quyida taklif qilinayotgan milliy uslubda yasalgan qo‘g‘irchoq bo‘lib, uni tikishda oddiy usullardan foydalanilgan
Mazkur qo‘g‘irchoqning avval tana qismi tayyorlab olinadi. Tana qismi uchun zich to‘qilgan ochiq rangdagi sidirg‘a gazlamadan foydalaniladi. Uning ichini sintefon yoki paxta bilan to‘ldiriladi. So‘ngra sochlari qora jun ipdan tayyorlanib yopishtiriladi yoki tikib qo‘yiladi. Qo‘g‘irchoqning yuz qismi kashta bilan bezatilishi mumkin. Tayyor bo‘lgan qo‘g‘irchoq uchun ko‘ylakni atlas yoki adras gazlama bo‘laklaridan foydalanib tikish mumkin. Buning uchun tayyor qo‘g‘irchoqning o‘lchamlari olinib, ko‘ylakning chizmasi chiziladi. Bunda ko‘ylakning orqa bo‘lagida bel qismigacha taqilma bo‘lishi kerak. Shunda ko‘ylakni qo‘g‘irchoqqa kiydirish oson bo‘ladi. Ko‘ylakning bo‘yin o‘miziga va yengning etak qismiga burmalar bilan ishlov beriladi. Qo‘g‘irchoq uchun lozim ham tikilib, uning pochasiga jiyak o‘rniga tasma bilan yoki kashta tikib ishlov beriladi.
Qo‘g‘irchoqning kavushi esa qora rangdagi istalgan gazlamadan tayyorlanadi. Bunda berilgan o‘lchamda kavush tikilib, sintefon bilan to‘ldiriladi va qo‘g‘irchoqning oyoq uchlariga tikib qo‘yiladi.
Qo‘g‘irchoq andazasini tayyorlash, andazani gazlama ustiga joylashtirish va bichish Qo‘g‘irchoqni tikish uning andazasini tayyorlashdan boshlanadi. Qo‘g‘irchoqning andazasi 57-rasmda keltirilgan. Bu andazani tayyorlash uchun rasmda keltirilgan andaza ustiga ixtiyoriy kattalikdagi o‘zaro teng kvadratlardan chiziladi. Bunda kvadratlar qancha mayda bo‘lsa, andazaning nuqtalari shunchalik aniq ko‘chiriladi va konturlarining nusxasi ham oson chiziladi.
Millimetrli qog‘oz yoki toza qog‘ozga buyum kattaligiga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ri to‘rtburchak chizib, uni chizmadagi kvadratlar soni qancha bo‘lsa, shuncha kvadratlarga bo‘linadi Agar qo‘g‘irchoq andazasi kattalashayotgan bo‘lsa, bu kataklar asl nusxadagi kataklardan katta bo‘lib, andaza kichiklashayotgan bo‘lsa, bu kataklar asl nusxadagidan kichik bo‘lib chiqadi. Shundan keyin kataklar bo‘yicha asl nusxadagi andaza gulining asosiy nuqtalari toza to‘rga ko‘chiriladi. Bu nuqtalarni ravon chiziq bilan ehtiyotlab birlashtirib, andazaning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxasi hosil qilinadi. Rasm nuqtalarini oson topish uchun chizilgan to‘rning ikki tomoniga raqamlar qo‘yiladi. Yuqoridagi ishlar bajarilgach qo‘g‘irchoqning quyidagi andazalari hosil bo‘ladi:
1. Tana qismi – 2 dona bichiladi.
2. Qo‘- g‘irchoqning oyog‘i – 2 dona.
3.Qo‘g‘irchоq аndazаsi. Ko‘ylаk аndozаsi vа uni gаzlаmаgа jоylаshtirilishi. Buklov Buklov b.ipi Buklov oldi q/k 1 dona lozim 2 dona b.ipi 1 2 1 2 3 4 orqa/k 2 dona 3 b.ipi q/k 2 dona 181 choqning qo‘li – 2 dona.
4. Qo‘g‘irchoqning kavushi – 2 dona. Asbob va moslamalar: yumshoq karton, ochiq rangdagi (kavushi uchun qora rangdagi) sidirg‘a gazlama bo‘laklari, igna, gazlama rangidagi g‘altak ip, qaychi, angishvona, chizg‘ich, mayda to‘g‘nag‘ichlar.

Download 18.6 Kb.
  1   2   3




Download 18.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy o`yinchoq tikish texnologiyasi

Download 18.6 Kb.