|
Программное обеспечение (ПО)
|
bet | 1/21 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #150283 |
Bog'liq 9-mavzu Toshkent - 2023 Toshkent - 2023
9-mavzu. ALGORITMLASHTIRISH VA DASTURLASH ASOSLARI
Ma`ruzachi: dotsent Maxammadiyev M
Reja
9.1. Algoritm tushunchasi va uning xususiyatlari
9.2. Hisoblash jarayonlarini grafik aks ettirish
9.3. Hisoblash jarayonlarining turlari
9.4. Dasturlash tillarini haqida umumiy ma’lumot
1. Mаsаlаning qo'yilishi vа mаqsаdi
2. Mаsаlаning mаtеmаtik ifоdаsi
3. Mаsаlаni yechish uchun kеrаkli usulni аniqlаsh
4. Mаsаlаni yechish аlgоritmini tuzish
5. Аlgоritmgа аsоsаn uni dаsturini tuzish
6. Yuzаgа kеlgаn хаtоliklаrni kiritish
7. Nаtijаlаrni izоhlаsh vа tаhlil qilish
Mаsаlаni kоmpyutеrdа ishlаsh bоsqichlаri
Masalaning qo’yilishi. - Turli xildagi masalalarni yechishning dastlabki bosqichi bo‘lib uning qanday qo‘yilishi hisoblanadi. Masalaning qo’yilishi deganda, avvalom bor uni to’g’ri va ravon ifoda qilmoq, hamda uni to’g’ri echish uchun qo’yilayotgan hamma shartlarini aniqlash tushuniladi. Undan tashqari masalani yechish uchun kerak bo’lgan birlamchi axborotlarni ham aniqlanish kerakdir va hisoblanayotgan kattaliklar ro’yhati va ularni taqdim etish shakli ko’rsatilishi lozim.
Sonli usulni tanlash. Sonli matematik usullar hisoblash jarayolarini elementar operatsiyalarga ajratishga yordam beradi, ya’ni xohlagan masalani yechishni operatsiyalarni bajarish ketma-ketligiga olib keladi. Ularning tarkibiga arifmetik operatsiyalar(<, , >, , =) va harakatlar kirib, hisoblash jarayonini tarmoqlashtirish (razvetvleniya) uchun xizmat qiladi. Aniq bir masalani yechish uchun sonli usullarning barchasining orasidan shundayini tanlash kerakki, u qo’yilayotgan masalani yaxshi darajada echishni ta’minlab berishi lozim. Hisoblash jarayonini algoritmlashtirish. Algoritmlashtirish jarayoni masalani yechish algoritmini tuzishni ta’minlaydi va birlamchi axborotni natijaviyga aylantirish bosqichlar ketma-ketligini aniqlash va ifoda etish uchun xizmat qiladi.
|
| |