• Pochta xizmatlari sifati oshmoqda
  • 250 turdan ortiq
  • Milliy onlayn savdo maydonchasi o‘z faoliyatini boshladi




    Download 457.42 Kb.
    bet2/3
    Sana04.06.2022
    Hajmi457.42 Kb.
    #22955
    1   2   3
    Bog'liq
    saytlar
    BIOLOGIYANI OʻRGANMOQCHI BOʻLGAN BARCHANI OʻQUVCHI YOSHLARNI OʻZ KURSIMIZGA TAKLIF ETAMIZ, 2-синф жисмоний тарбия 50 та, Hujjatlarni ro‘yxatga qo‘yish va bajarilishini nazorat qilish.., 1 е паспорт, Akt kurs ishi, 1-3lab.Cisco, 2-lab, Wagsucop, психотроп модда 818 27.09.2019-узб, amaliy, 8-A OCHIQ DARS, Презентация по педагогике Виды и методы воспитания, Dinshunos test, wepik-operatsion-tizimlar-va-ularga-ornatilgan-dasturlar-yana-bir-qadamdan-otkazish-20231028071957ATL7
    Milliy onlayn savdo maydonchasi o‘z faoliyatini boshladi
    Mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes rivojiga davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bois tez fursatlarda rivojlanib bormoqda.
    Bu kabi rivojlanishlarga “O‘zbekiston pochtasi” АJ ham o‘z xissasini qo‘shish hamda respublikamizda elektron tijoratni yanada rivojlantirish va ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining xaridorgirligini oshirish maqsadida milliy onlayn savdo maydonchasini yaratish ustida tashkiliy ishlarni olib bordi.
    Natijada “Unisavdo.uz” milliy onlayn savdo maydonchasi platformasi ishlab chiqilib joriy yilning fevralidan test tarzida o‘z ish faoliyatini boshladi. Bu tizim orqali tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlarini respublika bo‘yicha savdoga chiqarishlari mumkin bo‘ladi. “O‘zbekiston pochtasi” АJ esa maydoncha orqali xarid qilingan maxsulotlarni xaridor manzili bo‘yicha yetkazib beradi. Bunda milliy operator xaridor va sotuvchi o‘rtasida kafil bo‘lishdek maʼsuliyatli vazifani bajaradi.
    Hozirda aholimiz xorijiy internet do‘konlaridan mahsulot xarid qilishni yaxshi o‘zlashtirishgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini O‘zbekiston bo‘ylab sotilishi hali unchalik rivojlanmagan. “O‘zbekiston pochtasi” АJ tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish uchun maxsus maydoncha va manzilga jo‘natadigan tizimni taklif etmoqda. Hozirda mahsulot saqlaydigan omborxona, mahsulotni qadoqlaydigan tizimlar ustida ham ishlar olib borilmoqda. Bu tomonlama qulay imloniyat bo‘ladi.
    Pochta xizmatlari sifati oshmoqda
    2020-yilda mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, pochta tizimida ham zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, pochta xizmatini daromad keltiradigan sohaga aylantirish, xususiy operatorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali pochta bo‘limlari daromadini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
    Jumladan, aholining pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida38 ta pochta aloqasi bog‘lamalari va 88 ta aloqa bo‘limlarining faoliyati qayta tiklandi. Natijada 275 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
    Ma’lumki, 2020-yil davomida butun dunyoda COVID-19 tarqalishini oldini olish bo‘yicha karantin choralari ko‘rilib, chegaralar yopilgan bo‘lsada, 32 davlat bilan yer usti transporti orqali va 38 davlat bilan havo transporti orqali o‘zaro xalqaro pochta almashinuvlari o‘tkazildi.
    Amalga oshirilgan ishlar natijasida pochta aloqasi ob’ektlari orqali 60 dan ortiq turdagi to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yildi va o‘tgan yilga nisbatan 1,6 barobar ko‘p to‘lovlar qabul qilindi. Shu bilan birga, ustama to‘lovli pochta jo‘natmalarini yetkazib berish xizmati tiklanib, 2020-yil yakuniga qadar 19 milliard so‘mlik jo‘natmalar yetkazib berildi.
    Aytish joizki, pochta aloqasi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va iqtisodiy barqarorligini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan bir qancha choralar ko‘rildi. 2020 yilda “gibrid pochta” tizimi takomillashtirilib, uning negizida Yagona milliy tizimi joriy etildi.
    Bugungi kunda, Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta jo‘natmalarini yuborish bo‘yicha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zarxiv” agentligi va boshqa davlat organlari bilan shartnomalar tuzilib, tizimli ishlar davom etirilmoqda.
    Pochta jo‘natmalarini yetkazib berish mexanizmlari va logistika tizimi qayta ko‘rib chiqilib, elektroskuterlardan foydalangan holda viloyat va tuman markazlariga xizmat ko‘rsatuvchi pochtalonlarni markazdagi saralash bo‘limidan “bog‘lama-mijoz” tamoyili asosida pochta jo‘natmalarini manzilgacha yetkazib berish amaliyoti joriy etilib, 45 ta elektro-mopedlar sotib olindi. Pochta va davriy matbuot nashrlarni tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarini yangilash maqsadida47 ta yangi avtotransport vositalari xarid qilindi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 23 ta pochta aloqa ob’ektlarida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. 1 ta avtomat konvertlash uskunasi sinov tariqasida “Toshkent pochtamti” filialiga o‘rnatildi. Milliy onlayn savdo maydonchasiga tadbirkorlarning ishlab chiqqan mahsulotlarini joylashtirish bo‘yicha 30 ta tadbirkor bilan shartnomalar tuzildi.
    “O‘zbekiston pochtasi” AJ sayti orqali sayti orqali (www.pochta.uz) davriy matbuot nashrlariga onlayn obuna xizmati yo‘lga qo‘yilib, 250 turdan ortiq davriy matbuot nashrlariga onlayn ravishda obuna uyushtirish imkoniyati yaratildi.
    Shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bir nechta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. Jumladan, elektron tijorat bozorida faol ishtirok etishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan “Milliy onlayn savdo maydonchasi”ni yaratish (hozirgi kunda mazkur loyiha test rejimida ishga tushirilgan), internet do‘konlarga to‘laqonli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan zamonaviy logistika markazlarini tashkil etish ishlari bajarilmoqda.
    Pochta aloqasi ob’ektlarida autsorsing asosida ayrim bank xizmatlarini ko‘rsatish, pochta aloqasi ob’ektlarini zamonaviy kompyuter texnikasi va mobil qurilmalar bilan ta’minlash, mijozlar nomiga kelgan pochta jo‘natmalarini olishi uchun mo‘ljallangan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan komplekslari va to‘lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish, pochta jo‘natmalarini qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimini joriy etish bo‘yicha ham vazifalar belgilangan.
    Masalan, hozirgi kunda jadal sur’atlari bilan elektron tijorat rivojlanmoqda. Internet orqali sotib olingan tovarni egasiga yetkazib berishga doim talab bor. Bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, pochta jo‘natmalari va mahsulotlarni yakuniy manzilga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yilishi yaxshi samara berib kelmoqda.
    Shuningdek, pochta xizmati muhim strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Har qanday ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, epidemiologik vaziyatlarda ham unga bo‘lgan talab hech qachon to‘xtab qolmaydi. Balki, muntazam ravishda o‘sib boradi.
    Bu esa, tizimga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, barcha hududlardagi soha xodimlarini doimiy ravishda o‘z ustida ishlash, sohada tizimli islohotlarni amalga oshirish va pochta xavfsizligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarni doimiy takomillashtirishni talab etadi.

    Download 457.42 Kb.
    1   2   3




    Download 457.42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy onlayn savdo maydonchasi o‘z faoliyatini boshladi

    Download 457.42 Kb.