|
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
|
bet | 2/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #233482 |
Bog'liq Hisobot Yoldoshev Temur 1.1 1 – hafta.
Amaliyotimning birinchi haftasi dastlabki kunida amaliyot davomida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida amaliyotchi guruhlar bilan filial ma’sul shaxslar tomonidan ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, biriktirilgan amaliyot rahbarimiz U.Irgasheva tomonidan guruh talabalari bilan suhbat va tushintirish ishlari tashkil etildi.
Men amaliyotni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «TEMURIYLAR AKADEMIYASI» NTM maktabda amaliyot o‘tash joyimga yetib keldim. Maktab jamosi bilan tanishuv maktab direktori Madjitova Aziza Anvarovna, ma’naviy marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aripjanova Saboxat. Menga maktab tomonida amaliyot rahbari sifatida informatika fan o‘qituvchisi Sayfullayev Akbar tayinlandi.
H afta mobaynida maktab binosi bilan, maktab o‘qtuvchilari va maktab darsliklari bilan yaqindan tanishib chiqdim. Ilk haftam amaliyot hududim, undagi jarayonni o‘rganishlik, kerakli hujjatlar bilan tanishishlik bilan o‘tdi.
1-rasm. «TEMURIYLAR AKADEMIYASI» NTM maktab hovlisi
Maktab hududida informatika fanini o‘quvchilarga o‘rgatishlik uchun alohida binoda informatika honalari tashkil etilgan ekan. Bizga maktab tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari ushbu o‘quv honalari bilan tanishtirdi. Maktab kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan va internet tarmog‘iga ulangan ekan.
Keyin biz pedagok hodimlarning ish hujjatlari, maktab darsliklari bilan tanishdik. Bizga amaliyot davrini samarali o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar berildi. Bundan tashqari o‘quvchilarni baholash jarayoni, ya’ni “kundalik.com” sayti bilan tanishdik.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, amaliyotning birinchi haftasida amaliyotni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘ldik, amaliyot hududi va pedagok o‘qtuvchilar bilan tanishdik va kerakli maslahatlarni oldik.
2-rasm. «TEMURIYLAR AKADEMIYASI» NTM Maktab
3-rasm.Dars jarayoni
1.2 2 – hafta.
Amaliyotimning ikkinchi haftasida amaliyot rahbarimiz bilan 8-9-6-sinflarning darslariga qatnashdik. Amaliyot rahbarimizning dars o‘tish jarayonini yaqindan kuzatib o‘quvchilar bilan ishlash ko‘nikmalarini olishga harakat qildim. Dars jarayonlari qizg‘in va savol javobga boy bo‘lib o‘tdi. Deyarli barcha o‘quvchilar dars mashg‘ulotlariga aktiv qatnashishar ekan. Men ushbu jarayon bo‘yicha dars tahlilini amalga oshirdim.
4-rasm.Dars jarayoni
|
| |