|
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
|
bet | 5/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #233482 |
Bog'liq Hisobot Yoldoshev Temur 1.7 7 – hafta.
Amaliyotimning yettinchi haftasida maktab o‘quvchilari ham I chorak ta’tilini yakunlab II chorakni ham boshlab olishdi. Bu chorak davomida oldingi chorakda qoniqarli baho olib yakunlagan o‘quvchilar bilan ko‘proq shug‘ullanishga harakar qildim. Ularga har xildagi qiziqarli misollar berish orqali ularni ham dars mashg‘ulotlariga ko‘proq jalb qilishga harakat qildim.
Ularni dasrga qiziqtirish uchun doskaga chiqib ishlanadigan misollarni ko‘paytirib, o‘quvchilar o‘rtasida musobaqa shaklida olib borishga harakat qildik.
maktab kompyuter xonalarini qaytadan tekshirib ularda bo‘lgan kamchiliklarini maktabdagi informatika o‘qituvchilari bilan birgalikda hal qilishga harakat qildik. Kompyuter xonasiga kelgan internet aloqasida bo‘layotgan uzilishlarini sabablarini o‘rganib bu muammoni ham hal qildik.
Yana bu hafta davomida 5-6-8-sinf o‘quvchilarini dars mashg‘ulotlariga qatnashib amalyot rahbarimga dars jarayonida yordam berib turdim. Undan tashqari 5A va 6B sinf o‘quvchilariga dasr mashg‘ulotlarini mustaqil ravishda o‘tishga harakat qildim, amalyot rahbarimning kuzatuvi ostida.
Kalendar reja asosida ishlarni tashkil qilish bo‘yicha tahlillar o‘tkazdim. Kalendar rejada bor bo’lgan barcha mavzularni amalga oshirishga harakat qildim. Shu jumladan maktabdagi o‘quvchilar bilan ko‘proq ishlashga, ular ichida bo‘lgan sekin o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan yana ham ko‘proq ishlab ularning ham yaxshi bilim olib a’lochi o‘quvchilar safiga qo‘shishga harakat qildim. Amaliyotimning so‘ngi haftasi bo‘lgani uchun amaliyot yakuni uchun hisobotlarni, kundaliklarni to‘liq to‘ldirishga harakat qildim. Shu kungacha ham har haftalik hishobotlarimni universitetdagi amaliyot rahbarimga to‘liq yetkazib turdim. Shuning uchun bu hujjat masalalarida unchalik qiyinchiliklarga uchramadim.
Maktabda bu hafta davomida ham 5-6-8 sinf o‘quvchilari bilan ishladim. Men bu hafta davomida dars mashg‘ulotlarini o‘tishda amaliyot rahbarimga yaqindan yordam berdim. Amalyot rahbarimning dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonini kuzatib o‘zimga kerakli xulosalarni chiqardim.
1.8 8 – hafta.
Amaliyotimning sakkizinchi haftasida 5-6-sinf o‘quvchilarining dars mashg‘ulotlarida qatnashib, amaliyot rahbarimizning dars o‘tish jarayonlarini yaqindan kuzatib ularni faoliyatlarini o‘rganishda davom etdim. Endigina boshlang‘ich sinfdan kelgan o‘quvchilar bilan ishlash uchun anchagina tajriba kerak bo‘lishini tushundim.
Bu sinflarga dars jarayoniga qanday yondoshish kerakligi, o‘quvchilarga qanday muomala qilish keraklini amalyot rahbarimning dars o‘tish jarayonlarida ko‘rib o‘rganib bormoqdaman.
Undan tashqari bu hafta davomida kompyuter xonasida yuzaga kelib turadigan muammolarni qo‘limizdan kelgunicha yechishga harakat qildim. Ayrim kompyuterlarda noto‘g‘ri foydalanish natijasida qotib qolish yuzaga kelayotgandi. Men ularni xotiralarin tekshirib chiqdim va keraksiz bo‘lgan ma’lumotlardan tozlab chiqdim va muammolarni hal qildim.
|
| |