|
Miyaning morfologiyasi
|
bet | 3/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #238461 |
Bog'liq miyyaning morfologiyasiPsixoterapiya (grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko’plab psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o’z-o’zini anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas). Shartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yo’qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va o’z shaxsiga nisbatan munosabatini o’zgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi e’tirof qilinadi.
Reproduktiv – fikrlashni bir turi.
Refleksiya– aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g`risidagi obrazni shaqllantirish, jonlantirish.
Sezgi– qo’zg`atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlaritga ta’siri tufayli vujudga keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir.
Til – inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga yetkazib berish vositasi bo’lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Talant(grekcha talanron – dastlab o’lchov, mezon, keyin esa ko’chma ma’noda – qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu turdagi faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak rivojlanish darajasi.
Tafakkur – turli masalalarni (nazariy va amaliy) yechishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko’plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o’z-o’zini shaqllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.
Unutish – eslash va yod bo’lib qolgan yoki o’zlashtirilgan materialni qayta xotirlash imkoniyatining asta-sekin so’nib borishini aks ettiruvchi jarayondir.
Xayol – insonning sub’ekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan ob’ektlarning in’ikosining (tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jo’rttaga paydo bo’lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (mas., kelajakni mo’ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman mavjud bo’lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaqlardagi hayri-tabiiy personajlar va b.)
Xotira – insonning o’tmishi tajribasini eslab qolish, fikriy tashkil qilish, saqlash va qayta eslashga yo’naltirilgan ko’plab psixik jarayonlari, hatti-harakatlari, holatlaridir.
O’ylar – insonning hayotidagi kelajak hayot manzaralarini aks ettiradigan shirin tasavvurlari, fantaziya va orzu-niyatlaridir.
Adabiyotlar:
Vasila Karimova “Psixologiya “, Toshkent 2000
Foziev E. “Umumiy psixologiya “ 1-kitob, Toshkent, 2004
“Psixologiya atlasi” M.Gomezo tahririda Moskva 1986
M.G.Davletshin. “Psixologiya”, Izohli lug`ati, Toshkent 1998
M.G.Davletshin. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 2002.
|
| |