4 bob. Yerning sun’iy yO’ldoshli
mobil aloQa tizimlari
4.1. Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlarini qurishning umumiy prinsiplari
Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil tizimlari mobil aloqaning nisbatan yangi, qudratli, moslanuvchan va tezlik bilan rivojlanuvchi turi hisoblanadi. Birinchi Yerning sun’iy yo’ldoshi (YSY) uchirilishi bilanoq u aloqa tizimlarida ishlatila boshlandi.
Hozirda Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqaning quyidagi sohalarda qo’llanishi dolzarb hisoblanadi:
- uyali tarmoqlarni kengaytirish (cellular extension), ya’ni Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqani uyali aloqa bo’lmagan hududlarda ishlatish;
- uyali tarmoqlarni to’ldirish (cellular complement), ya’ni Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqani mavjud uyali aloqaga qo’shimcha tarzda ishlatish. Masalan, standartlarning bir-biriga mos kelmaganida yoki qandaydir favqulotdagi vaziyatlarda roumingni ta’minlash uchun;
- statsionar simsiz aloqa (fixed wireless), masalan, simli aloqa bo’lmagan kamaholi hududlarda.
Shunday qilib, Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa uyali aloqaga raqib emas, balki u bilan yetarlicha uzviy bog’langan. Barcha Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlarida uyali aloqa bilan integratsiyaning yetarlicha yuqori darajasi ko’zda tutilgan. Xususan, Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimlariga mo’ljallangan abonent terminallaridan tashqari ikkita rejimli terminallarni yaratish ko’zda tutilgan. Bu terminallar Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa tizimida va ixtiyoriy uyali standartlarning birida ishlashga mo’ljallangan.
Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa davrigacha katta masofaga radioaloqa qanday amalga oshirilar edi? Ayniqsa, iqtisodiy va texnik sabablarga ko’ra masofaga simli aloqani yaratish foydasiz, yoki qiyin edi. Bu hollarda olis aloqa radioreley tizimlari yordamida amalga oshirilar edi.
Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko’pgina bo’laklardan iborat bo’lishi mumkin va bo’laklar doirasida radiosignallarni uzatish qabul qiluvchi-uzatuvchi uskunalarning komplekti yordamida ta’minlanadi. Signallarni bir punktdan ikkinchi punkt qabul qiladi, kuchaytiradi va uchinchi punktga uzatadi, u erda kuchaytiriladi va to’rtinchi punktga uzatiladi va h. Radioaloqa liniyasining bunday qurilishi aloqaning radioreleyli liniyasi deb ataladi. 4.1-rasmda aloqaning radioreleyli liniyasining struktura sxemasi, 4.2-rasmda esa shartli tasvirlanishi keltirilgan.
4.1-rasm. Aloqaning radioreleyli liniyasining struktura sxemasi
(AXM - axborot manbai, AP - axborot priemnigi, Per - peredatchik,
Pr - priyomnik)
4.2-rasm. Aloqaning radioreleli liniyasining shartli tasvirlanishi
(URS-1- birinchi uzatuvchi radioreley stansiyasi, QQRS-1 -birinchi qabul qiluvchi radioreley stansiyasi)
Yerning sun’iy yo’ldoshli mobil aloqa qanday ishlaydi? Yerdagi stansiyadan YSYga signal qabul qilinadi, kuchaytiriladi va Yerning sun’iy yo’ldoshi peredatchigi orqali, Yerdagi birinchi stansiyadan katta masofadagi Yerdagi boshqa stansiyaga uzatiladi (4.3-rasm).
4.3-rasm. Aloqaning Yerning sun’iy yo’ldoshli liniyasi
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimining (YSYAT) ishlash prinsipi Yerning sun’iy yo’ldosh retranslyatoridan (YSYR) foydalanishga asoslangan. YSYR orqali Yerdagi stansiyalar (YS) orasida aloqa ta’minlanadi (4.4-rasm).
4.4-rasm. Yerdagi stansiyalar orasida aloqaning ta’minlanishi
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqaning vazifasiga bog’liq holda Yerda, atmosferada yoki kosmosda joylashgan punktlar birlashtiriladi. Ushbu punktlarning har birida odatda qabul qiluvchi-uzatuvchi bog’langan radiostansiya (bir kanalli yoki ko’p kanalli) o’rnatiladi, Yerning sun’iy yo’ldoshlarida esa abonentlardan radiosignallarini oluvchi va bu signallarni boshqa abonentlarga retranslyasiyalovchi YSY translyatorlari o’rnatiladi. Oddiy holda retranslyasiya kirish signallari quvvatini kuchaytirishdan va ular spektrlarini boshqa eltuvchi chastotalarga o’tkazishdan iborat bo’ladi. Ammo Yerning qator sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlarida YSYRlarida turli tizimlar orasidagi chaparastani kamaytirish va tizimning xalallarga bardoshligini oshirish maqsadida signallarning murakkab ishlanishi amalga oshiriladi. Umumiy holda, barcha punktlar (abonentlar) orasida sifatli aloqani ta’minlash uchun YSYRlarni turli orbitalarda aylanuvchi bir necha YSYlarida joylashtirishga to’g’ri keladi.
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari abonentlarga xizmat ko’rsatishning globallik va universallik darajasi bo’yicha farqlanadi. Bunday tizimlarning globallik darajasi xizmat ko’rsatish zonaning mansubligi va o’lchami orqali, tizim universalligi esa abonentlar kategoriyalari nabori va taqdim etiluvchi aloqa turlarining soni orqali xarakterlanadi.
Mansubligi bo’yicha Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari xalqaro, milliy, korporativlarga bo’linadi. Xizmat ko’rsatish zonasi bo’yicha Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlari global, regional zonalarga bo’linadi.
Yerning sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlarida axborotning quyidagi turlarini uzatish amalga oshiriladi:
- televidenie va ovozli radioeshittrish dasturlari va davriy xarakterli simpleks xabarlarni;
- telefon, faksmil, telegraf xabarlarni, videokonferensiyalarni.
YS larning turi va Yerning sun’iy yo’ldoshli tizimning vazifalariga bog’liq holda radioaloqaning quyidagi xizmatlari farqlanadi:
- Yerning sun’iy yo’ldoshli tizimning belgilangan xizmati – Yerning bitta yoki bir necha sun’iy yo’ldoshi ishlatilganida belgilangan punktlarda joylashgan Yerdagi stansiyalar orasidagi radioaloqa rejimiga mos keladi;
- Yerning sun’iy yo’ldoshli ko’chma xizmati Yerning bitta yoki bir necha sun’iy yo’ldoshi ishlatilganida Yerdagi ko’chma stansiyalar orasidagi radioaloqa rejimiga mos keladi;
- Yerning sun’iy yo’ldoshli radioeshittirish xizmati - radioaloqaning sirkulyar rejimiga mos keladi.
|