• 5.3. Axborot xavfsizligini buzuvchining modeli
  • Kriptohimoyalash tahdidlari




    Download 2,64 Mb.
    bet24/47
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,64 Mb.
    #230773
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
    Bog'liq
    tarmoq

    Kriptohimoyalash tahdidlari. CDMA, GSM uyali tarmoqlarda va simsiz Ethernet-tarmoqda axborotning konfidensialligini va yaxlitligini taminlash maqsadida kriptografik vositalar ishlatiladi. Ammo xatoliklarga yo’l qo’yish kommunikatsiyaning buzilishiga va axborotning yomon niyatda ishlatilishiga olib keladi.
    WEP (Wired Equivalent Privacy - simsiz tarmoq darajasidagi maxfiylik) - 802.11 xilidagi tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun yaratilgan kriptografik mexanizm. WEPni tatbiq etishdagi xatoliklar va boshqarish muammolari uni befoyda qilib qo’ydi. Ushbu mexanizm barcha foydalanuvchilar ishlatadigan yagona statik kalitga ega. Ethernet tarmoqda niyati buzuq odamga bir necha soat mobaynida kalitni tiklashga imkon beruvchi vositalar mavjud. Shu sababli, WEPga autentifikatsiya va konfidensiallik vositasi sifatida ishonish mumkin emas. Tavsiflangan kriptografik usullarni ishlatilgani, umuman ishlatilmaganiga qaraganda yaxshiroq, ammo yuqorida keltirilgan hujumlardan himoyalashning boshqa usullari zarur.


    5.3. Axborot xavfsizligini buzuvchining modeli

    Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni oldini olish uchun nafaqat operatsion tizimlarni, dasturiy taminotni himoyalash va foydalanishni nazorat qilish, balki buzuvchilar turkumini va ular foydalanadigan usullarni aniqlash lozim.


    Sabablar, maqsadlar va usullarga bog’liq holda axborot xavfsizligini buzuvchilarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin:
    - sarguzasht qidiruvchilar;
    - g’oyali xakerlar;
    - xakerlar-professionallar;
    - ishonchsiz xodimlar.
    Sarguzasht qidiruvchi, odatda, yosh, ko’pincha talaba yoki yuqori sinf o’quvchisi va unda o’ylab qilingan hujum rejasi kamdan-kam bo’ladi. U nishonini tasodifan tanlaydi, qiyinchiliklarga duch kelsa chekinadi. Xavfsizlik tizimida nuqsonli joyni topib, u maxfiy axborotni yig’ishga tirishadi, ammo hech qachon uni yashirincha o’zgartirishga urinmaydi. Bunday sarguzasht qidiruvchi muvaffaqiyatlarini faqat yaqin do’stlari-kasbdoshlari bilan o’rtoqlashadi.
    G’oyali xaker - bu ham sarguzasht qiduruvchi, ammo mohirroq. U o’zining etiqodi asosida muayyan nishonlarni (xostlar va resurslarni) tanlaydi. Uning yaxshi ko’rgan hujum turi Web-serverning axborotini o’zgartirishi yoki, juda kam hollarda, hujum qilinuvchi resurslar ishini blokirovka qilish. Sarguzasht qidiruvchilarga nisbatan g’oyali xakerlar muvaffaqiyatlarini kengroq auditoriyada, odatda axborotni xaker Web-uzelda yoki Usenet anjumanida joylashtirilgan holda e’lon qiladilar.
    Xaker-professional harakatlarning aniq rejasiga ega va ma’lum resurslarni mo’ljallaydi. Uning hujumlari yaxshi o’ylangan va odatda bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Avval u dastlabki axborotni yig’adi (operatsion tizim turi, taqdim etiladigan servislar va qo’llaniladigan himoya choralari). So’ngra u yig’ilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda hujum rejasini tuzadi va mos instrumentlarni tanlaydi (yoki hatto ishlab chiqadi). Keyin, hujumni amalga oshirib, maxfiy axborotni oladi va nihoyat harakatlarining barcha izlarini yo’q qiladi. Bunday hujum qiluvchi professional, odatda, yaxshi moliyalanadi va yakka yoki professionallar komandasida ishlashi mumkin.
    Ishonchsiz xodim o’zining harakatlari bilan sanoat josusi etkazadigan muammoga teng (undan ham ko’p bo’lishi mumkin) muammoni tug’diradi. Buning ustiga uning borligini aniqlash murakkabroq. Undan tashqari unga tarmoqning tashqi himoyasinn emas, balki faqat, odatda, unchalik qatiy bo’lmagan tarmoqning ichki himoyasini bartaraf qilishiga to’g’ri keladi. Ammo, bu holda uning korporativ ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishi xavfi boshqa har qanday niyati buzuqnikidan yuqori bo’ladi.
    Yuqorida keltirilgan axborot xavfsizligini buzuvchilar kategoriyalarini ularni malakalari bo’yicha guruhlash mumkin: xavaskor (sarguzasht kidiruvchi), mutaxassis (g’oyali xaker, ishonchsiz xodim), professional (xaker-professional). Agar bu guruhlar bilan xavfsizlikning buzilishi sabablari va har bir guruhnnng texnik qurollanganligi taqqoslansa, axborot xavfsizligini buzuvchnnnng umumlashtirilgan modelini olish mumkin (5.9-rasm).



    5.9-rasm. Axborot xavfsizligini buzuvchining modeli

    Axborot xavfsizligini buzuvchi, odatda ma'lum malakali mutaxassis bo’lgan holda kompyuter tizimlari va tarmoqlari xususan, ularni himoyalash vositalari xususida barcha narsalarni bilishga urinadi. Shu sababli buzuvchining modeli quyidagilarni aniqlaydi:


    - buzuvchi bo’lishi mumkin bo’lgan shaxslar kategoriyasi;
    - buzuvchining bo’lishi mumkin bo’lgan nishonlari va ularnnng muhimlik va xavfsizlik darajasi bo’yicha rutbalanishi;
    - buzuvchining malakasi xususidagi taxminlar va uning texnik qurollanganligining bahosi;
    - buzuvchining harakat xarakteri bo’yicha cheklashlar va taxminlar.
    Tizimdan ruxsatsiz foydalanishga majbur etish sabablarining diapazoni yetarlicha keng: kompyuter bilan o’ynaganidagi hayajon ko’tarinkiligidan to "jirkanch" menejer ustidan hokimlik hissiyotigacha. Bu bilan nafaqat ko’ngil ochishni xohlovchi havaskorlar, balki professional dasturchilar ham shug’ullanadi. Ular parolni tanlash, faraz qilish natijasida yoki boshqa xakerlar bilan almashish yo’li orqali ko’lga kiritadilar. Ularning bir qismi nafaqat fayllarni ko’rib chiqadi, balki fayllarning mazmuni bilan qiziqa boshlaydi. Bu jiddiy tahdid hisoblanadi, chunki bu holda beozor sho’xlikni yomon niyat bilan qilingan harakatdan ajratish qiyin bo’ladi.
    Yaqin vaqtgacha rahbarlardan norozi xizmatchilarning o’z mavqelarini suiiste’mol qilgan holda tizimni buzishlari, undan begonalarning foydalanishlariga yo’l qo’yishlari yoki tizimni ish holatida qarovsiz qoldirishlari tashvishlantirar edi. Bunday harakatlarga majbur etish sabablari quyidagilar:
    - hayfsanga yoki rahbar tomonidan tanbehga reaksiya;
    - ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishga firma haq to’lamaganidan norozilik;
    - firmani qandaydir yangi tuzilayotgan firmaga raqib sifatida zaiflashtirish maqsadida qasos olish kabi yomon niyat.
    Rahbardan norozi xodim jamoa foydalanuvchi hisoblash tizimlariga eng katta tahdidlardan birini tug’diradi. Shuning uchun ham xakerlar bilan kurashish agentligi individual kompyuter sohiblariga jon deb xizmat ko’rsatadilar.
    Professional xakerlar hisoblash texnikasini va aloqa tizimini juda yaxshi biladigan kompyuter fanatlari (mutaassiblari) hisoblanadi. Tizimga kirish uchun professionallar omadga va farazga tayanmaydilar, balki qandaydir tartibni va tajribani ishlatadilar. Ularning maqsadi - himoyani aniqlash va yo’qotish, hisoblash qurilmasining imkoniyatlarini o’rganish va maqsadiga erishish mumkinligi to’g’risida qarorga kelish.
    Bunday professional xakerlar kategoriyasiga quyidagi shaxslar kiradi:
    - siyosiy maqsadni ko’zlovchi jinoiy guruhlarga kiruvchilar;
    - sanoat josuslik maqsadlarida axborotni olishga urinuvchilar;
    - tekin daromadga intiluvchi xakerlar guruhi.
    Umuman, professional xakerlar xavf-xatarni minimallashtirishga urinadilar. Buning uchun ular birga ishlashga firmada ishlaydigan yoki firmadan yaqinda ishdan bo’shatilgan xodimlarni jalb etadilar, chunki begona uchun bank tizimiga kirishda oshkor bo’lish xavfi juda katta. Haqiqatan, bank hisoblash tizimlarining murakkabligi va yuqori tezkorligi, hujjatlarni yurg’izish va tekshirish usullarining muntazam takomillashtirilishi begona shaxs uchun xabarlarni ushlab qolish yoki ma’lumotlarni o’g’irlash maqsadida tizimga o’rnashishiga imkon bermaydi. Professional xakerlar uchun yana bir qo’shimcha xavotir - tizimdagi bir komponentning o’zgarishi boshqa bir komponentning buzilishiga olib kelishi va xatardan darak beruvchi signalga sabab bo’lishi mumkin.
    Xakerlar xavf-xatarni kamaytirish maqsadida odatda moliyaviy va oilaviy muammolarga ega bo’lgan xodimlar bilan kontaktga kiradilar. Ko’pgina odamlar hayotida xakerlar bilan to’qnashmasliklari mumkin, ammo alkagolga yoki qimorga ruju qo’ygan xodimlar bilmasdan jinoiy guruh bilan bog’langan qandaydir bir bukmekerdan qarzdor bo’lib qolishlari mumkin. Bunday xodim qandaydir o’yin-kulgi kechasida suhbatdoshining professional agent ekanligiga shubha qilmagan holda ortiqcha gapirib yuborishi mumkin.


    Download 2,64 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




    Download 2,64 Mb.