Radioaloqani tashkil etish usullari




Download 2.64 Mb.
bet4/47
Sana31.01.2023
Hajmi2.64 Mb.
#40443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
tarmoq
telekommunikatsiya uzatish tizimlari, V. V. Bartold asarlarida turkiy xalqlar tarixining yoritilishi
1.2. Radioaloqani tashkil etish usullari

Axborotni uzatish va qabul qilish usulini tanlash va texnik amalga oshirish aloqa tizimini qurishning asosiy muammosi hisoblanadi.


Ushbu masalalar modulyatsiya va demodulyatsiya kabi jarayonlar bilan uzviy bog’langan.
Har qanday aloqa tizimi shunday loyihalanadiki, vaqt, chastota, energiya, dinamik diapazon kabi mavjud resurslardan foydalanib, eng ko’p hajmli axborotni berilgan aloqa sifati va joiz minimal energiya sarfi bilan uzatish ta’minlansin.
Hozirda axborotni analog uzatish ishlatilmaydi. Chunki zamonaviy mikroelektronika raqamli signallarni ishlashning yetarlicha murakkab algoritmlarini amalga oshirishga imkon beradi. Undan tashqari xabarlarni uzatish sifati, boshqa barcha umumiy shartlarda, analog tizimlariga nisbatan raqamli tizimlarda yuqori.



1.5 – rasm. To’lqinlarning chastota diapazoni


Raqamli tizimlarning quyidagi xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:


- xabarlar {0,1} qiymatlarini oluvchi bitlar ketma-ketligi ko’rinishida uzatiladi;
- bitlar ketma-ketligi kanal simvollari deb ataluvchi signallarning biri bilan uzatiladi.
Xabarlarni bitta manbadan bitta qabul qiluvchiga bitta aloqa liniyasi orqali uzatishni ta’minlovchi aloqa tizimi bir kanalli deb yuritiladi. Bir kanalli aloqa tizimining struktura sxemasi 1.6-rasmda keltirilgan.



1.6-rasm. Bir kanalli aloqa tizimining struktura sxemasi

Bu yerda:


1 - xabar manbai - uzatiluvchi xabar ui ni shakllantiruvchi inson yoki texnik qurilma;
2 - xabarni signalga o’zgartgich - xabarni birlamchi (past chastotali) u(t) signalga o’zgartiruvchi qurilma;
3 - signal o’zgartgichi (peredatchik). Birlamchi signalni aloqa liniyasi orqali uzatishga qulay ikkilamchi (yuqori chastotali) s(t) signalga o’zgartiruvchi qurilma;
4 - aloqa liniyasi - signallarni peredatchikdan priyomnikga uzatishda foydalanuvchi muhit. Aloqa liniyasi orqali o’tishida elektr signallari xalallarga va buzilishlarga duchor bo’ladi. Bu aloqa liniyasining chiqishidagi signal va qabul qilingan xabar, mos holda, aloqa liniyasi kirishidagi signaldan va uzatiluvchi xabardan farqlanishiga olib keladi;
5 - signal o’zgartgichi (priyomnik). Qabul qilingan ikkilamchi signal bo’yicha birlamchi signalni tiklaydigan qurilma;
6 - signalni xabarga o’zgartgich - birlamchi signalni qabul qilingan xabarga o’zgartiruvchi qurilma.
7 - xabarni qabul qiluvchi - xabarni o’zlashtiruvchi inson yoki qurilma.
Xabarlarni bir necha manbalardan bir necha qabul qiluvchilarga bitta umumiy aloqa liniyasi orqali bir vaqtda uzatishni ta’minlovchi aloqa tizimi ko’p kanalli deb yuritiladi. Ko’p kanalli aloqa tizimining struktura sxemasi 1.7-rasmda keltirilgan.



1.7-rasm. Ko’p kanalli aloqa tizimining struktura sxemasi


Bu yerda:


- xabar manbai - uzatiluvchi xabar ui ni shakllantiruvchi inson yoki texnik qurilma;
- xabarni signalga o’zgartgich - xabarni birlamchi (past chastotali) ui(t) signalga o’zgartiruvchi qurilma;
3 - signal o’zgartgichi (peredatchik). Bu qurilmada birlamchi signallar kanallilariga o’zgartiriladi, so’ngra aloqa liniyasiga yo’naltiriluvchi guruh signaliga birlashtiriladi:


, (1.4)
bu yerda:
- kanal signallari - birlamchi signallar bilan bir ma’noda bog’langan va qabul qilishda ajratishga imkon beruvchi ma’lum ahamiyatiga ega signallar;
N - tizimdagi kanallar soni.
4 - aloqa liniyasi - signallarni peredatchikdan priyomnikga uzatishda foydalanuvchi muhit. Aloqa liniyasi orqali o’tishda elektr signallari n(t) xalallarga va buzilishlarga duchor bo’ladi. Bu aloqa liniyasining z(t) chiqishidagi signal va qabul qilingan xabar, mos holda, aloqa liniyasi kirishidagi signaldan va uzatiluvchi xabardan farqlanishga olib keladi.
5 - signal o’zgartgichi (priyomnik). Buzilishlar va xalallar ta’sirida o’zgargan guruh signallardan kanal signallari  ni ajratuvchi, so’ngra ularni birlamchi signallar  ga o’zgartiruvchi qurilma.

Download 2.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 2.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radioaloqani tashkil etish usullari

Download 2.64 Mb.