|
Mobil aloqa tizimlarida signallarga raqamli ishlov berish
|
bet | 7/16 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #131760 |
Bog'liq Laboratoriya ishlariNazorat savollari
1. Qaysi tizimlar asosida amplitudaviy detektorni ishlatish mumkin?
2. Amplitudaviy detektorning ishlash prinsipini tushintiring.
3. AM tebranishlarni detektorlashda qanday buzilishlar vujudga keladi va ular bilan kurashishning qanday usullari mavjud?
4. AM tebranishlarni detektorlashdagi kuchlanish diagrammalarini chizing va tushuntiring.
5. Diod orqali oqib o‘tadigan tokning impulslarini keltiring va tushuntiring.
Diqqat!
«Amplitudali detektorlarni tadqiq etish» almashtiriladigan bloklarida KT5 nuqtadan kuchlanish R2 voltmetr kirishiga beriladi, u detektor orqali to‘g’rilangan n kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisini ko‘rsatadi.
Mazkur modernizatsiyalash laboratoriya ishlarini bajarish jarayonini soddalashtirish imkonini yaratadi, chunki, bu holda KT5 nuqtaga detektorning yuklamasidagi o‘zgarmas U= kuchlanishni o‘lchash uchun tashqi voltmetrni ulash kerak emas.
R2 voltmetrning o‘lchash chegarasi 2Vga teng.
Ikkilangan kuchlanish sxemasi bo‘yicha ishlaydigan detektorni tadqiq qilish jarayonida natijalar ko‘rsatilgan chegaralardan oshishi mumkin. Bunday hollarda detektor kirishidagi kuchlanishni 3 dBga kamaytirish tavsiya etiladi.
2-laboratoriya ishi
Chastotaviy detektorlarni tadqiq qilish
Ishdan maqsad
Chastotaviy detektorlarni qurish printsiplarini o‘rganish, quyidagilar asosida ChM-signallarni detektorlash jarayonini tajribalar orqali tadqiq qilish:
- amplitudaviy detektor yordamida keyingi detektorlashli tebranishlar chastotasining o‘zgarishini amplitudalar o‘zgarishiga o‘zgartirish;
- fazaviy detektor yordamida keyingi detektorlashli tebranishlar chastotasining o‘zgarishini fazalar o‘zgarishiga o‘zgartirish.
Ishning mazmuni
Nosozlangan kontur asosidagi chastotaviy detektorning detektorlash xarakteristikasini olish (1-detektor).
Kasrli chastotaviy detektorning detektorlash xarakteristikasini olish (2-detektor).
Fazaviy chastotaviy detektorning detektorlash xarakteristikasini olish (3-detektor).
Detektorlarning chiqishidagi buzilishlarni kuzatish va tahlil qilish.
Detektorlarning chastotaviy xarakteristikalarini olish.
Detektorlarning uzatish koeffitsientlarini taqqoslash.
|
| |