|
Mobil aloqa tizimlarida signallarga raqamli ishlov berish
|
bet | 2/16 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #131760 |
Bog'liq Laboratoriya ishlariIshni bajarish tartibi
1. Kuchli va kuchsiz signallar rejimida amplitudaviy detektorni tadqiq etish (4.2-rasm).
1.1. Kuchli va kuchsiz signallar rejimlarida to‘g’rilash koeffitsientini o‘lchash. Maketning qayta ulagichlarini quyidagi holatlarga o‘rnatish: S1 – 1, S2 – 1, S3 – 1, S4 – 1, S5 - 1. Bunda Ryu=51 kOm, Syu=3 nF olish.
YuCh generatordan KT1 nuqtaga 400 – 500 kGs chastotali modulyatsiyalanmagan Ukir=1 V kuchlanish (PCh generatorning chiqishidagi kuchlanish 0 Vga teng bo‘lishi kerak) berish. YuCh kuchlanish qiymatini nazorat qilish “YuCh” rejimida KT3 nuqtada voltmetr (№4-panel) yordamida amalga oshirish.
Bunda voltmetrning o‘lchash chegaralari o‘zgartirilmaydi va 2 Vni tashkil etadi.
Detektor yuklamasidagi (KT5 nuqtadagi) U= o‘zgarmas kuchlanishni qiymatini voltmetr (№4-panel) yordamida o‘lchash. Buning uchun voltmetrni o‘zgarmas kuchlanishni o‘lchash rejimiga o‘tkazish.
To‘g’rilash koeffitsientini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
KT = U= / Um KIR,
bu yerda Um KIR – detektor kirishidagi kuchlanish amplitudasi,
Um KIR = 1,414 ∙UKIR.
Generator chiqishidagi kuchlanishni 100 mV qiymatgacha kamaytirish (buning uchun KT1 nuqtaga generatorning «–20dB» chiqishidan kuchlanish berish). Voltmetr yordamida KT3 nuqtadagi Um KIR qiymatni nazorat qilish, U= qiymatni o‘lchash va to‘g’rilash koeffitsientini hisoblash. Uni kuchli signaldagi KT qiymat bilan taqqoslash.
1.2. Kuchli signallar rejimida detektorning uzatish koeffitsientini o‘lchash (6.3-rasm).
YuCh generatordan modulyatsiyalanmagan Ukir=1 V kuchlanish berish. YuCh kuchlanishi qiymatini KT3 nuqtadagi (№4-panel) voltmetr yordamida «YuCh» rejimida amalga oshirish.
YuCh generatorning ichki modulyatsiyalash rejimini ulash, ossillograf bo‘yicha modulyatsiyalash chuqurligini m=50% ga teng o‘rnatish. Ossillografni sinxronlashtirish 2-kirish bo‘yicha amalga oshirish.
Kirish va chiqish signallarini bir vaqtda nazorat qilishni bajarish. Chiqish signalida halaqitlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish. Detektor chiqishidagi tovush chastotasining kuchlanishi Um amplitudasini aniqlash. Detektorning uzatish koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi:
KD= Um /m Um0KIR.
1.3. Detektorlash xarakteristikasining nochiziqliligi tufayli AM-signalning buzilishlarini tadqiq qilish.
Kirish signali modulyatsiya chuqurligini m=90% qiymatgacha oshirish. Chiqish kuchlanishida buzilishlarni paydo bo‘lishiga ishonch hosil qiling.
Generator chiqishidagi signalning o‘rtacha amlitudasini Um0KIR =100 mV qiymatigacha kamaytirish. Kirish va chiqish signallarini nazorat qilish va buzilishlarni ortishiga ishonch xosil qilish.
|
| |