Laboratoriya maketining tavsifi




Download 0,73 Mb.
bet8/16
Sana07.01.2024
Hajmi0,73 Mb.
#131760
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Laboratoriya ishlari

Laboratoriya maketining tavsifi


2.1-rasmda “Chastota detektorlarini tadqiq qilish” almashtiriladigan blokining old paneli keltirilgan.


Maketning tarkibiga chastotaviy modulyatsiyani amalga oshiradigan YuCh generator va uchta chastotaviy detektorlar sxemalari kiradi.
YuCh generator KT3 nazorat nuqtasida rostlanadigan modulyatsiyalash indeksili va Us amplitudali ChM sinusoidal kuchlanishni shakllantiradi. fs generatsiyalash chastotasi “ЧАСТОТА” o‘zgaruvchan rezistori orqali 2200-2900 kGs diapazonda o‘zgartiriladi. Chastotaviy modulyatsiyalangan Us kuchlanish “AMPL” o‘zgaruvchan rezistor orqali o‘zgatiriladi. Chastotaviy modulyatsiyalash indeksi PCh generatordan KT1 nuqtaga beriladigan Um past chastotali modulyatsiyalovchi kuchlanishning qiymatiga bog’liq bo‘ladi.
Maket quyidagilar asosidagii detektorlarga ega:

  • nosoz kontur va diodli detektor (1-detektor);

  • kasrli chastotaviy detektor (2-detektor);

  • bitta konturli fazaviy detektor (3-detektor).


2.1- rasm. “Chastota detektorlarini tadqiq qilish” almashtiriladigan blokning old paneli

“Detektorni tanlash” («ВЫБОР ДЕТЕКТОРА») qayta ulagichi (S1 – S3) detektorning u yoki bu sxemasini ulash uchun xizmat qiladi.


Detektorlarning 1 va 3 sxemalarida R1-R2 qayta ulagich orqali tebranish konturiga rezistorlarni parallel ulash imkoniyati mavjud.
Detektor chiqishidagi kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisi “Detektorni tanlash” («ВЫБОР ДЕТЕКТОРА») qayta ulagich orqali KT4 nuqtaga uzatiladi va laboratoriya qurilmasining 4-panelida joylashgan R2 o‘lchagichning raqamli indikatorida voltlarda aks etadi.
Shuningdek, laboratoriya ishini bajarish uchun quyidagilardan foydalaniladi:

  • laboratoriya qurilmasining 4-panelida joylashgan PCh generator. YuCh generator kuchlanishini modulyatsiyalash uchun foydalaniladi;

  • YuCh generator varikapidagi siljish kuchlanishlarini voltlarda aks ettiradigan 4-panelda joylashgan R1 o‘lchagich;

  • YuCh generator chastotasini nazorat qilish uchun zarur bo‘ladigan 4-panelda joylashgan chastotomer;

  • detektor chiqishidagi PCh kuchlanishni qiymatlarini o‘lchash uchun foydalaniladigan 4-panelda joylashgan voltmetr. «PCh» rejimida ishlatiladi.

Ishlarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha asbob ikki nurli (ikki kanalli) ossillograf hisoblanadi.


Download 0,73 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Download 0,73 Mb.