|
Detektor chiqishidagi past chastotali signalni kuzatish
|
bet | 11/16 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #131760 |
Bog'liq Laboratoriya ishlari3. Detektor chiqishidagi past chastotali signalni kuzatish.
Bu detektor turi uchun fo‘r chastotadan fs signalning qiymatlarini og’ishidagi detektor chiqishidagi past chastotali signalning buzilishlarini baholash.
2.3-rasmga muvofiq ulanishlarni amalga oshirish. Ossillograf yoyilmasini 2-kirish bo‘yicha sinxronlashtirish.
“Detektorni tanlash” («ВЫБОР ДЕТЕКТОРА ») qayta ulagichini 1-holatga o‘rnatish.
2.3- rasm. Detektor chiqishidagi past chastotali kuchlanish shaklini kuzatish uchun laboratoriya qurilmasi elementlarining ulanishi
« ЧАСТОТА » o‘zgaruvchan rezistori orqali YuCh generator chastotasini bu detektor turi uchun fo‘r chastotaga teng o‘rnatish.
«AMPL.» o‘zgaruvchi rezistorini soat ko‘rsatgichi bo‘yicha oxirgi holatiga o‘rnating.
PCh generator chastotasini 1000 Gts ga teng o‘rnatish. PCh generator chiqishidagi kuchlanishni maksimal bo‘lishi mumkin Um = 100 – 500 mV chegaralarida o‘rnatish kerakki, bunda ossillograf ekranida kuzatiladigan detektor chiqishidagi (KT4 nuqtadagi) past chastotali U kuchlanish buzilmagan sinuoida shakliga ega bo‘lsin.
«ЧАСТОТА» o‘zgaruvchi rezistori orqali fo‘r qiymatini o‘zgartirish va ossillograf ekranida past chastotali U signal shaklining o‘zgarishini kuzatish.
fo‘r chastota, detektorlash xarakteristikasining egilish chastotalari va buzilishlar ko‘rinishlarining o‘zaro mos kelishiga ahamiyat berish.
«AMPL.» o‘zgaruvchi rezistor orqali YuCh generator chiqishidagi kuchlanish amplitudasini maksimaldan minimalgacha o‘zgartirish. Detektor chiqishidagi PCh kuchlanish amplitudalarini o‘zgarishini belgilash.
Xuddi shunday tarzda kuzatishlarni 2 va 3-detektorlar uchun amalga oshirish.
Izoh. 1 va 3-detektorlar uchun kuzatishlarni R1 rezistor ulangan holda amalga oshirish.
Zarur xulosalar qilish.
|
| |