|
Turli modulyatsiyalash chastotalarida detektorlarning uzatish koeffitsientlarini taqqoslash
|
bet | 13/16 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #131760 |
Bog'liq Laboratoriya ishlari5. Turli modulyatsiyalash chastotalarida detektorlarning uzatish koeffitsientlarini taqqoslash.
Zarur xulosalarni qilish.
6. Qo‘shimcha topshiriq (ulanish sxemasi 2.2-rasmga muvofiq amalga oshiriladi).
Ossillografning 1-kirishini KT3 nuqtaga ulash. Ossillograf yoyilmasini 1-kirish bo‘yicha sinxronlashtirish.
PCh generator chastotasini 1000 Gtsga teng o‘rnatish. PCh generator chiqishidagi kuchlanishni Um = 0 mVga teng o‘rnatish.
Ossillografning gorizontal yoyilmasi qayta ulagichini 0,5 mks/bo‘l holatga o‘rnatish. Modulyatsiyalashsiz yuqori chastotali sinusoidal kuchlanishning bir necha davrlari barqaror tasvirini olish.
PCh generator chiqishidagi Um kuchlanishni 0 mVdan 500 mVgacha oshirish bilan ekranning o‘ng tomonidagi tasvirni «chaplanishini», ya’ni chastotaviy modulyatsiyalash jarayonida YuCh kuchlanish fazasi oniy qiymatlarining o‘zgarishlarini kuzatish.
5. Nazorat savollari
1. Qaysi qurilmalarda chastotaviy detektorlash amalga oshiriladi?
2. Bir taktli va balansli ChDlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating.
3. Chastotani og’ishi va amplituda o‘zgarishi o‘zgartiriladigan ChDning printsipial sxemsini keltiring va ishlash prinsipini tushuntiring.
4. Chastotaning o‘zgarishini fazaning o‘zgarishigi o‘zgartiradigan bitta konturli ChDning prinsipial sxemasini keltiring va ishlash prinsipini tushuntiring.
5. ChDlarning sinflarga bo‘linishini keltiring.
6. Detektorlarning olingan chastota xarakteristikalarini tushuntiring.
3- laboratoriya ishi
AM signallar uzatkichi modulyatorini tadqiq qilish
Ishdan maqsad
Amplitudaviy modulyatsiyalashli tebranishlarni olish sxemasini o‘rganish, modulyatsiyalaydigan kaskad va modulyatsiyalangan tebranishlar kuchaytirgichning modulyatsion xarakteristikalarini tadqiq qilish.
|
| |