|
Laboratoriya ishini bajarishga topshiriq
|
bet | 14/16 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #131760 |
Bog'liq Laboratoriya ishlariLaboratoriya ishini bajarishga topshiriq
1. Amplitudaviy modulyatsiyalash amalga oshiriladigan kaskadning sxemasi bilan tanishish.
2. Laboratoriya qurilmasini yoqish, qayta ulagich orqali modulyatsiyalovchi chastota generatorini ulash.
3. O‘lchash asboblari - ostsillograf, chastotomer, voltmetrni yoqish.
4. Modulyatsiyalovchi signal chastotasini o‘lchash.
5. Modulyatsiyalovchi kuchlanish amplitudasini o‘zgartirish bilan dinamik modulyatsion xarakteristika – modulyatsiyalovchi kaskad (oxiridan oldingi quvvat kuchaytirgichi) chiqishidagi modulyatsiya chuqurligi m=f(Umod) bog’liqligini olish
6. Modulyatsiyalovchi kuchlanish amplitudasini o‘zgartirish bilan quvvat kuchaytirgichi chiqishidagi modulyatsiya chuqurligi m=f(Umod) bog’liqligini olish.
3.1-rasm. AM signallar uzatkichini tadqiq qilish maketi
Ishni bajarishga ko‘rsatmalar
1. O‘quv qurilmasini yoqish. Takt generatoridan uzatkichning chiqishiga modulyatsiyalanmagan kuchlanishning o‘tishiga ishonch hosil qilish. Uzatkichning chiqishidagi kuchlanishni o‘lchash.
2. Modulyatorni (OCh generatori va past chastota kuchaytirgichini) yoqish. Modulyatsiyalovchi kuchlanish chastotasini o‘lchash.
3. Modulyatsiyalash kaskadi chiqishidagi modulyatsiyalash chuqurligini modulyatsiyalovchi signal amplitudasiga bog’liqligini olish. Signal amplitudasini “modulyatsiya chuqurligi” ("глубина модуляции") potentsiometri yordamida noldan maksimal darajagacha o‘zgartirish, amplitudaviy modulyatsiyalashli signalni KT4 nuqtadan olish. O‘lchashlar jarayonida 3.1-jadvalni to‘ldirish kerak bo‘ladi.
3.1- jadval
Modulyatsiyalash chuqurligini ostsillograf ekranida signalning oniy amplitudasini o‘lchash bilan hisoblash mumkin:
|
| |