Mobil tarmoqlarning rivojlanish tarixi




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana02.06.2024
Hajmi0,57 Mb.
#259106
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Adabilot 1-reja

Mobil tarmoqlarning rivojlanish tarixi. 
Barcha istovchilarga uyali aloqa 
xizmatlarini taklif etgan birinchi radiotelefon aloqasi tizimi 1946 yilda Sent-Luis 
shahrida (AQSh) o’z ishini boshladi. Bu tizimda qo’llanilgan radiotelefonlar oddiy 


76 
qayd etilgan kanallarni ishlatgan. Agar kanal band bo’lsa, abonent qo’lda boshqa 
bo’sh kanalga qayta ulangan. Apparatura juda katta va ishlatishda noqulay bo’lgan. 
Markaziy radiotugun juda katta quvvatli yuqori chastotali signallarni 100 km 
masofalarga uzatgan.
Turli mamlakatlardan olimlar va muhandislar amaldagi mobil tizimni yanada 
rivojlantirishgaharakat qila boshlashdi. 1940-yillarning o’rtalarida AT&T Amerika 
kompaniyasining 
Bell 
Laboratories 
tadqiqotlar 
markazi 
butun 
xizmat 
ko’rsatiladigan hududni uncha katta bo’lmagan oraliqlarga bo’lish g’oyasini taklif 
etdi, ular sotalar, (ingl. Cell- yacheyka) deyila boshlandi. 
1971-yilda AT&T Bell Laboratories, Murray Hill, N.J. kompaniyalarida 
AMPS mobil telefon tizimi eng afzal arxitekturasi sifatida sotali tizim konsepsiyasi 
taklif etildi. G’oya qiziqarli bo’ldi va asosiy stansiyani katta balandlikka tog’ning 
ustiga, uning pastroq quvvatli stansiyalari yerga sathiga yaqin kenglikka 
joylashtirish bo’ldi. 
1-rasm. Mobil tarmoq evolutsiyasi 
1970-yillarning oxirlarida 5 ta shimoliy yevropa davlatlari - Shvesiya, 
Finlyandiya, Islandiya, Daniya va Norvegiya uchun yagona sotali aloqa standartini 
yaratish bo’yicha ishlar boshlandi, u NMT-450 (Nordic Mobile Telephone) nomini 
oldi va 450 MGs diapazonda ishlash uchun mo’ljallandi. Birinchi NMT-450 
tizimlarini ishlatish 1981-yilda boshlandi, lekin bir oy oldin NMT-450 standarti 
mobil aloqa tizimi Saudiya Arabistonida ishga tushirildi. 


77 
NMT-450 standarti asosidagi tarmoqlar va ularning modifikatsiyalangan 
versiyalari Avstriya, Gollandiya, Belgiya, Shveysariyada, shuningdek Janubiy-
Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida foydalanila boshlandi. Bu standart 
asosida 1985-yilda 900 MGs diapazonidagi NMT-900 standarti ishlab chiqilgan 
bo’lib, u tizimning funksional imkoniyatlarini kengaytirishga va tizimning 
abonentlar sig’imini sezilarli oshirishga imkon berdi. 
1983-yilda AQShda qator dala sinovlaridan keyin Bell Laboratories 
tadqiqotlar markazida ishlab chiqilgan AMPS (Advanced Mobile Phone Service) 
standarti tarmog’i tijorat ishlatishga tushirildi. 1985 yilda Buyuk Britaniyada milliy 
standart sifatida AMPS standarti asosida ishlab chiqilgan TACS (Total Access 
Communications System) qabul qilindi. 1987 yilda sotali aloqa abonentlarining 
keskin ortishi bilan ishchi chastotalar polosalari kengaytirildi. Bu sotali aloqa 
standartining yangi versiyasi ETACS (Enhanced TACS) nomini oldi. 
Boshqa yevropa davlatlaridan farqli ravishda Fransiyada 1985-yilda 
Radiocom-2000 standarti qabul qilindi. 1986-yildan boshlab Skandinaviya 
davlatlarida NMT-900 standarti qo’llanila boshlandi. 
Aloqa va signallarga ishlov berish sohasidagi eng yangi texnologiyalar va 
ilmiy kashfiyotlardan foydalanish 1980-yillarning oxirlariga kelib, mobil aloqa 
tizimlarini rivojlantirishning yangi bosqichi – signallarga raqamli ishlov berish 
usullariga asoslangan ikkinchi avlod tizimlarini yaratishga o’tishga imkon berdi, 
aynan ularga LTE standarti kiradi. 

Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish