Mobil tarmoqlarning rivojlanish




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana02.06.2024
Hajmi0,57 Mb.
#259106
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Adabilot 1-reja

Long Term Evolution
(LTE) — mobil aloqa protokoli bo‘lib, uni 2004-yilda 
yaratib, takommilashtirish boshlangan. Ushbu takomillashtirish natijasida, misol 
uchun, aloqa samaradorligini oshirish, tarmoqlarni tashkil etishdagi xarajatlarni 
kamaytirish, taqdim etiladigan xizmatlar darajasini mukammallashtirish va 
kengaytirish, shuningdek, mavjud mobil va keng polosali aloqa protokollari bilan 
o‘zaro hamkorlikni ta’minlab berish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. LTE standartida 
ma’lumot olishning nazariy tezligi 326,4Mbit/ sek, uzatishning tezligi esa, 
172,8Mbit/sek gacha etishi mumkin.


78 
2-rasm. LTE texnologiyasi rivojlanishining asosiy bosqichlari 
LTE texnalogiyasi hozirda mobil aloqa rivojining eng yuqori natijasi o’laroq 
ko’rilib, unga tarkibiga asosan rivojlangan keng polasali xizmatlarni taqdim 
etuvchi, 4G (generation-ing. avlod) va 5G tarmoqlari kiritiladi. Undan oldingi 1G 
va 2G texnalogiyalari quyagi hizmatlarni ATM va ISDN ga asosan taqdim etib 
borgan.
1G

Birinchi avlod aloqa mobil tarmog’i bo’lib
, 1980-1990 yillarda keng 
foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun 150MHz-900MHz chastota 
diapozonidan foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni tashkil etgan va batariya 
ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat ovozli ko’rinishda bo’lib, 
ovozning sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil qurilmasining o’lchami esa 
ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan. Stansiya bilan mobil qurilmasi o’rtasida 
analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib maksimum 2Kbit/s tezlikda 
ma’lumot almashinilgan. 
2G

Ikkinchi avlod aloqa mobil tarmog’i bo’lib, 
GSM (Global System 
for Mobiles) standartiga asoslangan 2 avlod mobil standarti 1991-yil birinchi marta 
Finlandiyada joriy etildi. Bu avlod aloqa jarayonlari uchun 1 avloddan farqli 
ravishda raqamli signallardan foydalanildi. 900MHz chastota polosa kengligida 
ishlovchi ushbu standartning ma’lumot uzatish tezligi 64 Kbit/s gacha oshirish 
imkoniyati ishlab chiqildi. 2G tarmoqlari foydalanuvchilarga ovozli, matnli, rasmli 
va MMS (multimedia message) xizmatlarini yuqori sifatda taqdim eta oldi.

Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish