|
Mobil texnologiyalarning ta`limdagi o`rni.NFC texnologiyasi
|
bet | 3/11 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 40,57 Kb. | | #114080 |
Bog'liq Mobil texnologiya-www.hozir.orgMobil texnologiyalarning ta`limdagi o`rni.NFC texnologiyasi
Yildan yilga turli xildagi mobil qurilmalar orasida bog‘lanishlarning turli texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Bluetooth va Wi-Fi texnologiyalari rivojlanadigan bir paytda NFC bog‘lanish texnolo-giyasi paydo bo‘ldi.
NFC (Near Field Connection-yaqin maydonda bog‘lanish) texnologiyasi
RFID (Radio Frequency Identification-radio chastotasini aniqlash) texnologiyasiga asoslan-gan bo‘lib, yaqin masofada (10 santimetrgacha) bog‘lanishni ta’minlaydi.
Bu texnologiya kontaktsiz kartalar standarti (ISO 14443) ning kengayishidir.
NFC texnologiya NXP Semiconductor va Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, NFC texnologiyasi asosida ishlaydigan ikki qurilma orasida axborot uzatilishini ta’minlaydi. NFC texnologiyasining asosiy (markaziy) chastotasi 13, 56 Mgz bo‘lib, 424 Kbit/s tezlikda ma’lumotni uzatadi.
NFC texnologiya NXP Semiconductor va Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, NFC texnologiyasi asosida ishlaydigan ikki qurilma orasida axborot uzatilishini ta’minlaydi. NFC texnologiyasining asosiy (markaziy) chastotasi 13, 56 Mgz bo‘lib, 424 Kbit/s tezlikda ma’lumotni uzatadi.
Bluetooth va Wi-Fi texnologiyalarida ma’lumotlarni uzatish tezligi doimo oshib bormoqda. Bugungi kunda fotoapparatlarda ham Wi-Fi mavjud bo‘lib, tasvirga olingan fotografiyalarni tezkorlik bilan ijtimoiy tarmoqlarga yoki mobil qurilmalarga uzatish imkoniyati mavjud.
NFC texnologiyasi boshqa texnologiyalardan (Bluetooth, Wi-Fi) farqli ravishda bog‘lanishni nihoyatda tez (0,1 sekunddan kam) amalga oshiradi. Bu esa axborot xavfsizligining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Smart-kartalarda, NFC-nishonlari eng kichik operasion sistemalar yordamida ishlaydi. Bu qurilmalarning protsessori bo`lib, operatsion sistema protsessorning quvvati va xotiraning hajmidan kelib chiqib qattiq cheklovlar asosida o’rnatiladi. Bu qurilmalar quvvatni elektron terminaldan yoki smartfondan oladi.
|
| |