|
NFC texnologiyasining ishlash prinsipi
|
bet | 4/11 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 40,57 Kb. | | #114080 |
Bog'liq Mobil texnologiya-www.hozir.orgNFC texnologiyasining ishlash prinsipi – bog‘lanuvchi qurilmalardagi ramkali antennalar orasida elektromagnit induksiyali bog‘lanish hosil bo‘lishida.
NFC ning qo‘llanilish sohalari juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan, hozirgi kunda ikki smartfon yoki planshet orasida axborot almashinishida foydalanilmoqda. Bundan tashqari NFC orqali zamonaviy fotoapparatlardan axborotlarni (fotorasm, video) smartfon, planshet yoki noutbuklarga jo‘natish mumkin.

NFC texnologiyasida aloqa ikki qurilmadan bittasi elektr manbasiga ulanmagan bo‘lsa ham o‘rnatilishi mumkin. Ba’zi Sony smartfonlari bilan birgalikda maxsus nishon beriladi, bu nishonni aniq ishni bajarishga programmalashtirib qo‘yish mumkin, bu ish masalan, GPS navigator yoki MP4 pleyerni ishga qo‘shish bo‘lishi mumkin. NFC nishoni kam miqdordagi ma’lumotlarni yuklaydigan chipdir. NFC nishonlari posterlar, biletlar, biznes kartalar, etiketka va bilak uzuklar kabi ko‘p obyektlarni o‘z ichiga oladi.

NFC texnologiyasining ishlashi asosan uch rejimda ishlaydi:
- passiv rejim. Bunda passiv qurilma axborotni aktiv (faol) qurilmaga uzatadi.
- teng huquqli qurilmalar rejimi. Bunda ikki qurilma orasida axborotlar almashinadi.
- aktiv rejim. Bunda aktiv qurilma axborotni passiv qurilmadan o‘qib oladi.
Bugungi kunda NFC texnologiyasini rivojlantirishda 130 dan ortiq kompaniyalar o‘z hissalarini «American Express», «Visa», «MasterCard» kabi kompaniyalari shular jumlasidandir.
Tadbir doirasida «NFC» texnologiyasini tadbiq qilishda (foydalanishda) tijorat banklari bilan «Agrobank» misolida, shuningdek, mobil texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi bo‘yicha «UNICON.UZ» kompaniyasi bilan, chakana savdo bo‘yicha «Mega-planet» va «Korzinka» kabi savdo komplekslari bilan, “NFC” texnologiyasini qo‘llagan holda yangi zamonaviy telefon apparatlarini yaratish bo‘yicha «ARTEL» kompaniyasi bilan hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbirda Fransiyaning «Sofrecom Group» va «AESMA» kompaniyalari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
|
| |