• Mobil OT larning rivojlanish bosqichlari Platformalar uchun dasturlash tillari Android operatsion tizimi
  • Mobil operatsion tizimlar




    Download 40,57 Kb.
    bet8/11
    Sana08.12.2023
    Hajmi40,57 Kb.
    #114080
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Mobil texnologiya-www.hozir.org

    Mobil operatsion tizimlar – bu mobil qurilmalar (smartfonlar,
    tabletlar, PDA va boshqa mobil qurilmalar) ni boshqarish uchun
    mo'ljallangan tizimlar hisoblanadi. Mobil operatsion tizimlar ikkita
    asosiy platforma ya'ni “user-facing” dasturiy ta'minot platformasi va
    qurilmalarni boshqarish uchun mo'ljallangan quyi sathdagi real-vaqt
    operatsion tizidan iborat bo'ladi. Mobil operatsion tizimlar asosan 1979-yilda paydo bo'lgan va bunda jarayonlarni boshqarish uchun (taqsimlangan tizim) http://en.wikipedia.org/wiki/Embedded_system tizimlardan foydalanilgan.


    Mobil OT larning rivojlanish bosqichlari

    Platformalar uchun dasturlash tillari

    Android operatsion tizimi
    Android – bu mobil qurilmalar uchun mo'ljallangan turli hil ilovalar va xizmatlarni o'z ichiga olgan operatsion tizim. Android arxitekturasi Java asosida qurilgan bo'lib, android tizim uchun barcha ilova va dasturlar Java dasturlash tili yordamida yaratiladi.
    Linux kernel – bu Android tizimining yadrosi hisoblanadi va 115 patch
    dan iborat. Bu asosan tizim funktsionalini ya'ni, protsesslar boshqaruvi,
    xotirani boshqarish, qurilmalarni (displey, kamera, klaviatura va h.k. lar)
    boshqarish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari tarmoq komponentalarini,
    qurilmalar drayverlarini boshqaradi.
    Libraries – Ilovalarni boshqarish uchun zarur bo'lgan kutubxonalardan
    iborat. Bunga Web browser engine WebKit, ma'lumotlarni saqlash va
    ilovalararo ma'lumotlarni almashish uchun SQLite database kutubxonasi,
    audio va video ma'lumotlarni boshqarish uchun Media Framework, internet
    xavfsizligi uchun SSL kutubxonasi, grafikani boshqarish uchun OpenGL,
    touchscreen xizmati uchun Surface Manager va h.k. lar. Android Runtime –
    Dalvik Virtual Machine komponentini boshqarish uchun ishlatiladigan
    kutubxona hisoblanadi. Bunda har bir ilovaning o'z protsessida ishlashi
    ta'minlanadi. O'z navbatida bu kutubxonalar ilovalar yaratishda Java
    dasturlash tilini ishlatish uchun ham yordam beradi.
    Application Framework – yuqori sathdagi Java sinf va paketlar
    jamlanmasidir.
    Receivers, Content Providers, Camera Control va h.k. lar)
    Applications – bu foydalanuvchi uchun mo'ljallangan ilovalar sathi
    hisoblanadi (Contacts Books, Browser, Games)2.
    Android ilovalarida foydalanuvchi interfeysini yaratishda MVC
    (Model View Controller) texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda model ilova
    uchun kerakli ma'lumotlarni ma'lumotlar bazasi ?ki boshqa manbadan olib
    beradi va kontroller orqali ilova ma'lumotlari foydalanuvchi
    interfeysiga yuboriladi.

    Download 40,57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 40,57 Kb.