Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turlaridan farqli ravishda keng aholi ommasini qamrab oladi.
Masofaviy ta’limning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
• ikkinchi oliy yoki qo‘shimcha ta’lim;
• ixtiyoriy yoshdagi insonlarning ta’lim olishi;
• jismoniy va oilaviy holatidan qat`iy nazar ta’lim olish;
• ishdan ajralmagan holda ta’lim olish;
• mustaqil ta’lim olish imkoniyatining ko‘pligi;
• geografik manzildan qat’iy nazar ta’lim olish;
• tezkorlik imkoniyatlari va boshqalar.
Masofaviy ta’lim – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va shakllari-ni o‘z ichiga olgan, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’limdir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir.