|
Massa almashinish asoslari
|
bet | 21/26 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,05 Kb. | | #262898 |
Bog'liq ATJ YAKUNIYMassa almashinish asoslari. Muvozanat chizig‘i. Moddiy balansi va ish chizig‘i, jarayonni xarakatga keltiruvchi kuch. Molekulyar diffuziya. Turbulent diffuziya. Massa almashinish jarayonlarining xarakatga keltiruvchi kuch.
Bir yoki bir necha komponentlami binar yoki murakkab aralashmalarda bir fazadan ikkinchi fazaga o'tishida ro'y bergan jarayonlar massa almashinish jarayoni deb yuritiladi (masalan, gazdan gazga, suyuqiikdan gazga, qattiq jismdan suyuqiik yoki gazga). Odatda, komponentlaming bir fazadan ikkinchisiga o'tishi molekular yoki turbulent diffuziya orqali sodir bo'Iadi. Shuning uchun, bu jarayonlar difTuzion jarayonlar deb ataladi. Massa almashinish jarayonlari faol komponent va inert tashuvchi fazalar bilan xarakterlanadi. Faol komponent - bu fazadan fazaga o'tuvchi massa, inert tashuvchilaming miqdori esa jarayon davomida o'zgarmaydi. Massa almashinish jarayonini harakatga keltiruvchi kuch — konsentratsiyalar farqi. 5.1. Umumiy tushunchalar Sanoat texnologiyalarida ishlatiladigan absorbsiya, haydash, rektifikatsiya, ekstraksiya («suyuqiik - suyuqiik», «qattiq jism - suyuqlib> sistemalarida), adsorbsiya, quritish, kristallanishlarda massa almashinish Jarayonlari sodir bo'ladi. Absorbsiya — bu gaz aralashmasidan biror moddaning suyuq fazaga selektiv ravishda yutilish jarayonidir. Ya'ni bu jarayonda modda bug' yoki gaz fazadan suyuq fazaga o'tishini kuzatishimiz mumkin. Moddani o'ziga yutuvchi faza absorbent deb nomlanadi. Absorbsiya 2 xil boMadi: fizik absorbsiya - bu gazning suyuqlikda oddiy yutilishi; xemosorbsiya - bu gazning suyuqlikda yutilishi davrida kimyoviy birikma hosil bo'lishi. Absorbsiyaga teskari jarayon, ya'ni yutilgan komponentlami suyuqiikdan ajratib olish desorbsiya deb ataladi.
Muvozanat holatiga erishish yo'nalishida moddaning bir fazadan ikkinchisiga o'tish jarayoniga massa o'tkazish deyiladi. Massa almashinish jaiayonida eng kamida 3 ta modda ishtirok etadi: 1) birinchi fazani tashkil etuvchi modda; 2) ikkinchi fazani tashkil etuvchi modda; 3) bir fazadan ikkinchisiga o'tgan taiqaluvchi modda. Massa almashinish jarayonida muvozanat holatlarini aniqlashda fazalar qoidasidan foydalaniladi:
Turbulent diffuziya. Turbulent tebranish ta'sirida oqimning harakatida bir fazadan ikkinchisiga moddaning tarqalishi turbulent diffuziya deb nomlanadi. Turbulent diffuziya tezligi oqimning turbulentlik darajasiga, jarayonning gidrodinamik rejimida bog'liqdir.
Bunday jarayonlarga adsorbsiya, desorbsiya, kristallanish, quritish, eritish, qattiq materiallardan ekstraksiyalash kabilar kiradi. Albatta, bu noturg'un jarayoniaming o'ziga xos alohida xususiyatlari bor. «Qattiq jism-suyuqlik» sistemasida massa almashinish juda murakkab jarayon deb hisoblanadi. G'ovaksimon qattiq jismdan fazalami ajratib turuvchi chegara orqali gaz (yoki bug') suyuqlik muhitga yoki gaz (yoki bug') muhitdan qattiq jismga moddaning tarqalishi, o'tkazish potensiali gradiyenti mavjud bo'lgandagina ro'y beradi. Boshqacha qilib aytganda, «qattiq jism - suyuqlik» sistemada massa o'tkazish Jarayoni ichki va tashqi diffiiziyalardan tashkil topgan bo'ladi. Bu sistemada massa almashinish jarayoniga qattiq jismning tuzilishi katta ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumki, qattiq jism murakkab, geometrik sistema bo'lib, g'ovaklilik, polidisperslik, kapillarlar shakli va kovakchalami o'lchami bo'yicha taqsimlanishi bilan ajralib turadi.
|
| |