|
Quritish qurilmalarning xisobi
|
bet | 9/26 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 57,05 Kb. | | #262898 |
Bog'liq ATJ YAKUNIYQuritish qurilmalarning xisobi. Xavo sarfi, nam material, quruq material, bug‘langan namlik, moddiy balans, issiqlik balans, diametr, uzunlik, burchak, diagramma, qarshilik. Qattiq va pastasimon materiallami suvsizlantirish yo'li bilan ularga zarur xossalar Perish, transport vositalarida uzatish va uzoq muddat davomida saqlash imkoniyatini beradi. Suvsizlantirishni 3 xil usulda anialga oshirish mumkin: 1. Mexanik (siqish, cho'ktirish, filtrlash, sentrifligalash va h.). 2. Fizik-kimyoviy (suvni o'ziga tortib oluvchi moddalar yordamida, masalan, kalsiy xlorid, sulfat kislota va h. 3. Issiqlik ta'sirida suvsizlantirish, ya'ni quritish. Lekin yuqorida qayd etilgan usullardan eng samaralisi, issiqlik ta'sirida suvsizlantirish, ya'ni quritishdir. Chunki, quritish jarayonida to'liq suvsizlantirishga Grishsa bo'ladi. Qattiq va pastasimon materiallar tarkibidagi namlikni bug'latish va hosil bo'layotgan bug'lami chetga olib chiqishga quritish jarayoni deyiladi. Nam materiallami issiqlik yordamida quritish - sanoatda eng keng tarqalgan usul. bJshbu usul kimyoviy, oziq-ovqat va bir qator boshqa texnologiyalarda ishlatiladi. Material tarkibidagi namlik dastawal arzon, mexanik (masalan, filtrlash) usulda, yakuniy, to'la suvsizlantirish esa - quritish usulida olib boriladi. Suvsizlantirishning bunday kombinatsiyalashgan usuli iqtisodiy jihatdan samaralidir. Sanoatda nam materiallami quritish uchun sun'iy (maxsus quritish qurilmalarida) va tabiiy (ochiq havoda quritish - juda davomiy jarayon) usullar qo'llaniladi. Fizik mohiyatiga ko'ra, quritish jarayoni murakkab difflizion jarayondir. lining lezligi, quritilayotgan material ichidan namlikning atrof-muhitga tarqalishi, difiuziya tezligi bilan belgilanadi. MaMumki, quritish jarayoni bu issiqlik va massa (namlik) ning material ichida harakati va material yuzasidan atrof-muhitga uzatilishidir. Shunday qilib, quritish bu issiqlik va massa almashinish jarayonlarining bir-biri bilan uzviy bog'langan jarayonlar majmuasidir. Qattiq, nam materialga issiqlik ta'sir etish usuliga qarab quritish quyidagi turlarga boMinadi: 1) konvektiv quritish — bunda nam material bilan qurituvchi eltkich bevosita o'zaro ta'sirda boMadi. Odatda, qurituvchi eltkich sifatida qizdirilgan havo yoki tutun gazlari ishlatiladi; 2) kontaktii quritish — issiqlik tashuvchi eltkich va nam material orasida ajratuvchi devor bo'ladi. Materialga issiqlik shu devor orqali uzatiladi; 3) radiatsion quritish — nam materialga issiqlik infraqizil nurlar orqali uzatiladi; 4) dielektrik quritish — nam materialga issiqlik yuqori chastotali tok maydonida quritiladi; 5) sublimatsion quritish — nam material muzlagan holatda, yuqori vakuum ostida quritiladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, istalgan quritish usulida quritilayotgan nam material ko'pchilik hollarda issiq havo bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. Konvektiv quritish sanoat texnologiyalarida juda ko'p ishlatiladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun nam materialga issiq havo ta'sirining ahamiyati katta. Shuning uchun, nam havoning asosiy xossalarini bilish quritish jarayonini o'rganish va hisoblash uchun zarur
|
| |