• Materiallarni uch hil usulda
  • Quritish jarayoni turlari va qo‘llanilishi




    Download 61,92 Kb.
    bet7/17
    Sana22.01.2024
    Hajmi61,92 Kb.
    #142788
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    Modda o‘tish usullari. Molekulyar diffuziya. Turbulent diffuziya-fayllar.org

    6.7. Quritish jarayoni turlari va qo‘llanilishi
    Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug‘lanish yo‘li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga o‘tadi.
    Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning saqlanish muddati uzayadi. Tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va trubalarning karroziyaga uchrashi kamayadi.
    Materiallarni uch hil usulda: mexanik, fizik - kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin. Mexanik usul bilan suvsizlantirish – tarkibida ko‘p miqdorda suv tutgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki tsentrifugalarda markazdan qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Odatda mexanik yo‘l bilan namlikni ajratish – materiallarni suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so‘ng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya`ni quritish yo‘li bilan ajratib chiqariladi.
    Fizik - kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o‘ziga tortuvchi moddalar (masalan, sul’fat kislota, kal’tsiy xlorid) dan foydalanishga asoslangan. YOpiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yo‘li bilan uni suvsizlantirish mumkin.
    Issiqlik ta`sirida suvsizlantirish (quritish) sanoatda keng ishlatiladi. Quritish ko‘pgina ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya`ni tayyor maxsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, namlik avval boshlang‘ich jarayon hisoblangan mexanik usul bilan, so‘ngra qolgan namlik quritish yo‘li bilan ajratiladi. Material tarkibidan namlikni bunday murakkab yo‘l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi.
    Quritish ikki xil (tabiiy va sun`iy) yo‘l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzok vaqt davom etadi. Sanoatda materiallarni suvsizlantirish uchun sun`iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritgich qurilmalarida olib boriladi.
    Quritilishi lozim bo‘lgan materiallar uch turga bo‘linadi: qattiq (donali, bo‘lak-bo‘lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar).
    Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o‘zaro ta`sirlashuv usuliga ko‘ra quritish quyidagi turlarga bo‘linadi:
    1. Konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi agent to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro aralashadi;


    2. Kontaktli quritish-issiqlik tashuvchi agent va nam material o‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo‘ladi;


    3. Radiatsiyali quritish – issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;


    4. Dielektrik quritish – material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi;


    5. Sublimatsiyali quritish – material muzlagan holda, chuqur vakuum ostida suvsizlantiriladi.


    Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb yuritiladi.


    Quritishning turlaridan qat’iy nazar, jarayon davomida material nam gaz (ko‘pincha havo) bilan o‘zaro ta`sirlashib turadi. Konvektiv quritish usuli sanoatda keng ishlatiladi, bu jarayonni amalga oshirish uchun materialga nam havo ta`sirining ahamiyati katta. Shu sababli nam havoning asosiy parametrlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.



    Download 61,92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 61,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quritish jarayoni turlari va qo‘llanilishi

    Download 61,92 Kb.