• Bino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari
  • Benzol bug‘larini bunday bosimni hosil  bo‘lishiga sabab bo‘ladigan chaqnash harorati t ch




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/207
    Sana17.05.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #239473
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   207
    Bog'liq
    5c78e023dfdea

     
    Benzol bug‘larini bunday bosimni hosil 
    bo‘lishiga sabab bo‘ladigan chaqnash harorati t
    ch
     
    =−
    12
    0
    С ga teng. 
    Chaqnash haroratiga mos keladigan bosim 
    quyidagi formuladan ham oson aniqlanadi 
    R
    ch
    = R
    u
    /8M (5.7) 
    bunda R
    ch
    - chaqnash haroratiga mos bosim, 
    mm.sm.ust. 
    R
    u
    - aralashmaning havo bilan umumiy bosimi
    mm.sm.ust; 
    M-1 mol yonuvchi aralashmani yonishida 
    ishtirok etuvchi kislorodning molekulalar soni. 


    Bino va inshootlarda portlash sabablari va 
    oqibatlari 
    Bino va inshootlarda portlash hodisalari ko‘proq 
    quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi: 
    - yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari 
    talablarini qo‘pol ravishda buzilishi;
    - issiqlik uzatish, shamollatish tizimlarini va 
    elektr dastgohlarini noto‘g‘ri o‘rnatish; 
    - buzuq holdagi texnologik va elektr uskunalarini 
    ishlatish; 
    - yonuvchi va portlovchi moddalarni omborlarda 
    saqlash qoidalarini buzilishi; 
    - elektrostatik va atmosfera elektr zaryadlaridan 
    himoyalanish qoida-larini buzilishi; 
    - yong‘in darakchilari va avtomatik o‘t o‘chirish 
    tizimining yo‘qligi yoki buzuqligi; 
    - portlashi mumkin bo‘lgan manbalar (bug‘ 
    qozonlari, 
    ekonomayzerlar, 
    nasos 
    agregatlari, 
    kompressorlar, elevatorlar, gaz balonlarini sinovdan 


    o‘tkazish va to‘ldirish xonalari) ustidan nazorat 
    qoidalariga to‘liq rioya qilmaslik; 
    -yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakali nazoratni 
    yo‘qligi va hokazolar.
    Havo bilan aralashmagan yonuvchi gaz va 
    bug‘larni maxsus kran orqali uncha katta bo‘lmagan 
    teshikdan oqizib, so‘ng gugurt chaqib yoqilsa
    mash’ala bo‘lib osuda yonaboshlaydi. Bunday 
    yonishlarni shisha idishlarni tayyorlash zavodlarida, 
    g‘isht, keramika va chinni pishirish zavodlarining 
    pechlarida sun’iy va tabiiy gazlarni yonishi misolida 
    ko‘rish mumkin. Sement zavodlarining aylanma 
    pechlarida ham ko‘mir kukunini yoqilishi shu taqlitda 
    amalga oshiriladi. Ammo bu gazlar ba’zi nosozlik 
    sabablariga ko‘ra, havo bilan aralashib ketish hollari 
    mavjud bo‘lib, aralashma xavfli nisbat darajasiga 
    etgan bo‘lsa, katta kuch bilan portlash sodir bo‘lishi 
    mumkin.
    Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va kimyo 
    sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlanishi, yonuvchi 


    gazlar va changlarni hamda engil alangalanuvchi 
    suyuqliklarni ishlab chiqaruvchi va ularni qayta 
    ishlovchi korxonalarni ko‘payib ketishiga olib keladi. 
    YOnuvchi moddalarni bug‘ va changlari xonadagi 
    havo 
    bilan 
    aralashib 
    ketsa, 
    portlash 
    xavfini 
    chaqiruvchi gazli havo aralashmasini hosil qiladi. 
    Bunday aralashmalarning portlashi oqibatida bino va 
    inshootlar vayronaga aylanishi va odamlarni qurbon 
    bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
    Agar yonish oqibatida portlash jarayoni biror 
    yopiq hajmda sodir bo‘lsa, yonuvchi moddaning 
    harorat ta’sirida kengayishi evaziga, uning devorlariga 
    bosim kuchi tez ortib boradi va butun hajm bo‘yicha 
    teng quvvatli quporuvchi, ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   207




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Benzol bug‘larini bunday bosimni hosil  bo‘lishiga sabab bo‘ladigan chaqnash harorati t ch

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish