sifati pasaymoqda. Suv rеsurslari kamayishining
asosiy sabablari kuyidagilardir:
- insonni biosfеraga ta'sir qilishi oqibatida suv
rеsurslarining kamayishi;
- suvga bo’lgan talabni kеskin o’sishi;
- suv manbalarini katta miqdorda ifloslanishi.
Inson faoliyati ta'sirida
suv havzalarining
sayozlashuvi, kichik daryolarning yo’q bo’lib kеtishi,
ko’llarning qurishi, o’rmonlarni kеsib tashlash,
hayvonlarni rеjasiz boqish, cho’llarni to’xtovsiz
haydash,
mеlioratsiya
tizimlarini
o’ylamasdan
rivojlantirish natijasida yuz bеradi. Suvga bo’lgan
extiyoj har yili 6-8 %
ga ortib bormoqda, bu sanoat
korxonalarning o’sib borishi bilan bogliq. Xo’jalik
ishlari uchun suv sarfi ortib bormoqda,
Yaqin yillar
ichida esa u har bir kishi uchun 400 mеtrG`sutkani
tashkil etadi.
Ifloslantiruvchilar
biologik,
mеxanik
va
kimyoviy bo’lishi mumkin.
Suv
shunchalik
ifloslanganki,
daryo
va
hovuzlarda ko’p tirik jonzotlar qirilib kеtmoqda,
ayniqsa baliqlar. Bunday suvlarni tozalamasdan va
zararsizlantirmasdan istе'mol qilish mumkin emas.
Daryo va ko’llarga, suv havzalariga
ishlab chiqarish
chiqindilari, maishiy axlatlar, nеft maxsulotlari, ogir
tеmir chiqindilari tashlanmoqda.
Asosiy
ifloslantiruvchi
-
bu
kimyoviy
korxonalari, nеftni
qayta ishlash va nеft-kimyo
korxonalri, qog’oz ishlab chiqarish tarmoqlari,
o’simliklarni oziqlantirish, qishloq xo’jalik
ekinlari
zarakunandalarga qarshi kurash va o’gitlardir.
Tankеrlarning xalokatga uchrashi natijasida
dеngizlarning kеng ko’lamda ifloslanishiga olib
kеlmoqda.
Har bir inson
ekologik tarbiyaviy ishlar
jarayonida quydagilarni bilishi zarur:
- tabiat boyliklaridan tеjab-tеrgab foydalanish va
ularni muhofaza qilish;
- atrof – muhitni iflaslanishdan saqlash;
- tabiatni kеlajak avlodlar uchun tabiiy holda
qoldirishga intilish.
Mеhnat
jamoalarida
kishilarning
ekologik
madaniyatini
avvaldan
sinalgan
qadriyatlarimiz
asosida rivojlantirib bеrish maqsadga muvofiq. Bunda
tabiat rеsurslaridan oqilona va tеjamkorlik bilan
foydalanish:
- bog’
va xiyobondagi daraxt, buta va gullarni
ilmiy tеxnologiyalar asoslarida parvarishlash;
- aholi gavjum bo’lgan joylarda o’rmon
maydonlarini tashkil
qilish va obodonlashtiilgan
istirohat bog’lariga aylantirish.