• Tabiiy yoritilish
  • Ishlab chiqarish binolarini yoritish




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/207
    Sana17.05.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #239473
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207
    Bog'liq
    5c78e023dfdea

     
    Ishlab chiqarish binolarini yoritish 
    Yorug’lik 
    inson 
    mavjudligining 
    muhim 
    shartlaridan biri sanaladi. U inson organizmi holatiga 
    ta’sir etadi, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan Yorug’lik oliy 
    asab faoliyati jarayonlarining amalga oshishini 
    rag‘batlantirib, ishga layoqatlilikni oshiradi. Etarli 
    bo‘lmagan Yorug’likda inson besamar ishlaydi, tez 
    charchaydi, 
    oqibati 
    shikastlanishga 
    ham 
    etib 
    boradigan xato, yanglish harakatlar qilish ehtimoli 
    ortadi. Shikastlanishlarning 5 foizi kasbiy kasallik – 


    ishdagi uzoqni ko‘ra olmaslik (blizorukost) sabab 
    bo‘ladi. To‘lqin uzunligiga qarab, Yorug’lik 
    qo‘zg‘atuvchi (olovrang-qizil) yoki tinchlantiruvchi 
    (sariq-yashil) ta’sir ko‘rsatadi. Yorug’likning spektral 
    tarkibi mehnat samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar 
    tabiiy yoritilishda 100 foizni qabul qilinsa, qizil va 
    shafaq rang yoritilishda u 76 foizni tashkil etadi. 
    To‘liq yoki qisman tabiiy Yorug’likdan mahrum 
    etilganda- Yorug’likdan ochiqish (ochlik) mumkin. 
    Ishchi binolarini yoritish qo‘yidagi shartlarga 
    javob berishi kerak: 
    1. Ish bajariladigan yuzalarning yoritilish 
    darajasi, shu ish turi uchun gigienik me’yorlariga 
    javob berishi lozim. 
    2. Binoda yoritilishning tengo‘lchamliligi va 
    shartlarining barqarorligi, keskin zidma-zidlikning 
    bo‘lmasligi kerak. 
    3. Ko‘rish maydonida Yorug’lik manbalari 
    tovlanish hosil qilmasligi lozim. 


    4. Sun’iy Yorug’lik spektral tarkibi bo‘yicha 
    tabiiy Yorug’likka yaqinlashishi kerak. 
    Tabiiy yoritilish 
    Ishlab 
    chiqarish 
    sharoitlarida 

    turdagi 
    Yorug’likdan foydalaniladi: tabiiy, ya’ni quyosh, 
    sun’iy (elektr yoki lyuminessent lampalar) va 
    uyg‘unlashgan. 
    Tabiiy yoritilish qo‘yidagilarga bo‘linadi: 

    Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland 
    perepadlar, aralash bino oralari orqali teshiklardagi 
    Yorug’lik beradigan fonarlar orqali); 

    Yonboshlama (derazalar orqali); 

    Uyg‘unlashtirilgan. 
    Tabiiy yoritilish yil fasllari, kuni, joyning 
    jug‘rofiy kengligi, bino va derazalarning ichki 
    tuzilishi, derazalar oldi yuzalarning aks etuvchi 
    xususiyatlari, ko‘chalar kengligi va boshqa shartlarga 
    bog‘liq. Kun davomida tabiiy yoritilish sezilarli 
    darajada o‘zgarishi mumkin. Muayyan iqlim 
    sharoitlarida yoritilganlik 1 necha daqiqa davomida 


    ko‘payishi yoki 1 necha barobarga kamayishi 
    mumkin. Yorug’likning o‘zgarishi, kun davomida 
    ishlab chiqarish binolarida alohida ish joylarini etarli 
    va teng miqdorda yoritib berishni kafolatlamaydi. 
    Tabiiy yoritilishni loyihalashtirish va hisoblashda 
    Yorug’likning manbai sifatida osmonning tarqalma 
    Yorug’ligi olinadi, bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh 
    Yorug’ligi inobatga olinmaydi. 
    Aloqa korxonalarida yaxshi sanitarial – gigiena 
    sharoitlarini yaratish va saqlash uchun barcha ishlab 
    chiqarish, ma’muriy, idora va maishiy binolar 
    kunning Yorug’ paytida bevosita tabiiy Yorug’likka 
    ega bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Tabiiy Yorug’likni 
    sun’iy bilan almashtirish faqat istisno holatlarda yo‘l 
    qo‘yiladi (ishlab chiqarish jarayoni kuzatilmayotgan 
    binolarda va ishchilar uzluksiz bo‘lmaydigan joylar, 
    xojatxona, yuvinish xonalari, dush, 3 kishidan ortiq 
    bo‘lmaydigan 
    xonalar, 
    shuningdek 
    fonarsiz 
    binolarda). 


    Tabiiy yoritilishning etarliligi 2 omil bilan 
    belgilanadi: 
    tabiiy 
    yoritilish 
    koeffitsienti 
    va 
    derazaning Yorug’lik tavsifi (Yorug’lik maydoni va 
    Yorug’lik chuqurligi) bilan. 
    Aloqa korxonalarida tabiiy yoritilishni hisob-
    kitob qilinayotganda quyidagi zarur, (shart bo‘lgan) 
    sanitariya me’yorlari, deraza maydonlari – F
    0
    ning F
    n
    maydoniga nisbatiga rioya qilish zarur.

    Ma’muriy-idora va maishiy binolarda; 

    Ishlab chiqarish binolarida: 
    10
    1
    8
    1
    Fп



    Tabiiy yoritilish tabiiy yoritilish koeffitsienti 
    (t.yo.k.) bilan tavsiflanadi, u foizlarda ifodalanadi. 
    e = 
    %
    100
    Е
    Е
    T
    I



    e bunda – M nuqtasida tabiiy yoritilish 
    koeffitsienti; 



    E
    I
    ning M nuqtasida Yorug’ligi tarqalgan 
    gorizontal maydonning bir vaqtning o‘zida tashqi 
    yoritilganligi, 
    lk

    Eng kam hisobli yoritilganlikni 5000 
    lk
    tashqi 
    yoritilganlikda aniqlaydilar. 
    Yonlama 
    Yorug’lik bilan binolar uchun 
    sanitariya me’yorlari tabiiy yoritilganlikning nominal 
    koeffitsienti (e
    min
    ) belgilangan bo‘lsa, ustki va uyg‘un 
    Yorug’lik bilan binolar uchun o‘rtacha ahamiyatli 
    tabiiy yoritilish koeffitsienti (t.yo.k.) (E
    o‘rtacha
    ) ish 
    hududi ko‘lamida belgilangan. E
    o‘rtacha
    mazkur 
    formula bo‘yicha belgilanadi: 
    E
    o‘r 

    1
    2
    ...
    2
    3
    2
    1





    n
    е
    е
    е
    е
    n

    Bunda e
    1
    , e
    2
    , ... e
    n
    – biri ikkinchisidan teng 
    masofada 
    joylashgan 
    turli 
    tabiiy 
    yoritilish 
    koeffitsientining ahamiyati. 
    n – tabiiy yoritilish koeffitsienti belgilanadigan 
    nuqtalar soni (5ta dan kam emas). 



    Download 5,02 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   207




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish