|
modul. Axborot texnologiyalari faniga kirish. 1-ma’ruza. Kirish. Texnik va dasturiy ta’minotlar. Reja: Zamonaviy axborot texnologiyalariBog'liq 1-ma\'ruza Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni
purkash yo`li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli
ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo`lib, ularning-kamchiligi siyohining
tez tamom bo`lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez,
grafik
tasvirlarni
esa
sekinroq
chop
etadi.
Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi
printer
hisoblanadi.
Ular
rangli
va
rangsiz
bo`ladi.
Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (HP) firmasi
chiqaradigan HP LaserJet rusumli printerlar qabul qilingan. Lazer printerlarda
chop etish juda qulay bo`lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi
mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir.
Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kartridjning tez
almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi.
Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog`liq albatta. Shuning uchun lazer printerda
chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko`paytirish maqsadga muvofiqdir.
Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib,
uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma'lumotlarni uzluksiz
(demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi
kompyuterlararo
aloqani
o`rnatishdir.
U
o`zining
kommunikatsion
programmalariga ega bo`lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga
ma'lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi
mumkin.
Skaner
:Skaner-matn,
grafika,
tasvirlarni
kompyuterga
kiritishni
avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko`rinishda
chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab
chiqaradigan
HP
Scanjet
rusumli
skanerlar
qabul
qilingan.
Uning asosiy xarakteristikasi ma'lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan rangda
(xususan qora rangli) va ko`rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash
qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali
belgilanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
modul. Axborot texnologiyalari faniga kirish. 1-ma’ruza. Kirish. Texnik va dasturiy ta’minotlar. Reja: Zamonaviy axborot texnologiyalari
|