4)
Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta katеgoriya bo’yicha
tasniflash
mumkin:
Tizimli dasturiy ta'minot;
Amaliy dasturiy ta'minot;
Dasturlash tеxnologiyasining uskunaviy vositalari.
1) Tizimli dasturiy ta'minot (System software) — kompyutеrning va
kompyutеr tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir.
Tizimli
dasturlar ta'minoti deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim
maxsus dastur, aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashganbo’lib, u kompyuter
qurilmalarining ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan
ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda
ishlashini xotira
qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi
ta’minlaydi.
TIZIMLI DASTURLAR TURI. Kompyuter ishini boshqaruvchi va har hil
yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar. Masalan: fayllar ustidan
har hil amallar
bajarish (qayta nomlash, yaratish, o’chirish, nusxasini olish, xajmini o’zgartirish),
diskni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashqi qurilmalar ishini
boshqarish). Sistema dasturlar ichida 4 dasturlar guruxlari ajratilib turadi. Bular:
OPERATSION
TIZIMLAR
(sistemalar),
UTILITA
DASTURLAR,
DRAYVER dasturlar va DASTUR QOPLAMALAR. Shulardan operatsion
sistemalar dasturlar guruxi juda katta axamiyatga ega.
Bu dasturlar kompyuter
ishini boshqaradi, har hil dasturlarni kompyuter xotirasiga yuklaydi va bajaradi,
fayllar, kataloglar va disklar ustidan xar xil amallarni bajaradi.
Xamma dasturlar
shu operatsion sistema dasturning imkoniyatlaridan foydalanadi va shuning uchun
xamma dasturlar faqat shu dastur orqali ishga tushadi. Eng taniqli operatsion
sistemalar: MS-DOS va Windows (Microsoft korporatsiya) dunyodagi
kompyuterlarning
75-80%,
Macintosh
(Apple
firmasi)
dunyodagi
kompyuterlarning 5-10%, Linux va Unix dunyodagi kompyuterlarning 10-15%.
Utilita-dasturlar bu operatsion sistemani imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar.
Masalan: disklar ustidan xar xil
amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini
tezlashtiruvchi
dasturlar, malumotlar xajmini o’zgartiuvchi dasturlar, viruslarni
aniqlovchi dasturlar va boshqa ko’p tarqalgan sistema dasturlardan biri bu drayver-
dasturlari, utilita-dasturlari va dastur-qoplamalar. Drayverlar-dasturlar bu
operatsion sistemaga tashqi va ichki qurilmalar
bilan ishlashda qulayliklar
yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu qurilmalar chiqaruvchi firmalarda
yaratiladi va qurilmalar bilan birga tarqalinadi. Masalan: monitorlar drayverlari,
CD-ROM lar drayverlari. Dastur-qoplamalar
bu operatsion sistemaning
imkoniyatlardan chiroliy va qulay holda foydalanishni ta’minlovchi dasturlar.
Shulardan eng taniqlisi bu TOTAL COMMANDER dasturi.