|
modul. Axborot texnologiyalari faniga kirish. 1-ma’ruza. Kirish. Texnik va dasturiy ta’minotlar. Reja: Zamonaviy axborot texnologiyalariBog'liq 1-ma\'ruza Mikroprosessor. Mikroprosessor kompyuterning amal bajaradigan qismi
bo`lib,
u
ma'lumotlarni
berilgan
programma
asosida
qayta
ishlaydi.
Xotira. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal
natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi,
kesh,
video
va
boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan
amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani
yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor
xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi.
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata olish
mumkin.
Doimiy
xotira. Kompyuterlarda
berilganlar
unga
avvaldan
joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input - Output System - kiritish
chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin.
Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun
ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez
bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi
nusxasini kesh xotirada saqlab turadi.
Videoxotira. Videoxotira
monitor
ekraniga
video
ma'lumotlarni
(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki,
videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning
uchun video xotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta.
Videoxotiraning
1
Mbaytdan
kam
bo`lmagani
yaxshi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
modul. Axborot texnologiyalari faniga kirish. 1-ma’ruza. Kirish. Texnik va dasturiy ta’minotlar. Reja: Zamonaviy axborot texnologiyalari
|