|
Moliyaviy siyosatning mazmuni va ahamiyatiBog'liq moliya siyosatIkkinchi bosqich
1994-1999 yillarni o‘z ichiga olib, soliq va budjet tizimining
barkarorlashuvi va strukturaviy jikatdan rivojlanishi, hamda budjet ijrosining
xalqaro andozalarga o‘tilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda budjet ijrosining
milliy valyuta-so‘mda amalga oshirilishi va Soliq kodeksining (1998) kabul
qilinishi natijasida davlat moliyasi tizimi mokiyati jikatdan yangi mazmun va
shaklga ega bo‘ldi.
Soliq siyosatining fundamental masalalari bo‘lgan soliq turlari va stavkalari,
umumdavlat
va
makalliy
soliqlar
klassifikatsiyasi,
soliqka
tortish
metodologiyasining asoslari va boshqa umumiqtisodiy masalalar Soliq kodeksida
aniq va ravshan belgilab berildi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi xalqaro
ekspertlar chikirikidan o‘tgan zamonaviy soliq siyosatining barkaror xukukiy
poydevoriga ega bo‘ldi.
O‘z navbatida Soliq kodeksida milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun bir
kator imtiyozlar belgilab berildi. Bu imtiyozlar quyidagi maqsadlarga karatildi:
-
ichki bozorda iste’mol mollari ishlab chiqarishni rakbatlantirish;
-
eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchilarni ko‘llab-kuvvatlash;
-
ko‘shilgan qiymat soliqidan ozod etish va yagona yer soliqini joriy
qilish orkali kishlok xo‘jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi alokida
o‘rnini ta’minlash;
-
kichik va o‘rta tadbirkorlikni rakbatlantirish;
-
xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun kulay moliyaviy shart-sharoit
yaratish va boshqalar.
Xarajatlar nuktai nazardan karasak davlat budjetining tarkibi takomillashtirildi,
xarajatlarning ijtimoiy yo‘nalganligi kuchaydi, ko‘plab turdagi xarajatlarni
dasturlar asosida moliyalashtirishga o‘tildi, makalliy budjetlarning roli yildan
yiliga ortib bormokda va budjet takchilligini moliyalashtirishning noinflyatsion
uslublari amalga takbik etilib yillar mobaynida ularning salmogi ortib bormokda.
|
| |