Moliyaviy siyosatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, davlatning moliya sohasidagi
barcha faoliyatini amalga oshishiga sabab bo‘ladigan moliyaviy mexanizmni
belgilash kisoblanadi. Moliyaviy mexanizm moliyaviy
munosabatlarni tashkil
etishning davlat tomonidan belgilangan shakllari, turli va usullarini o‘z ichiga
oladi.
Moliya mexanizmining strukturasi bir muncha murakkabdir. Amaldagi turli xil
moliyaviy
munosabatlar
uning
elementlariga
kiradi.
Davlat
moliyaviy
zaxiralarinidan foydalanish prinsip va yo‘nalishlarini aniqlashda, to‘lovlarni
turlarini ko‘rishda, mablag‘larni to‘planish shakllarida, milliy daromadda, umumiy
foyda taqsimotining iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalarida, moliyaning
qonuniy-me’yoriy rivojida, iqtisodiy qonunlarni xarakatini o‘rganishda davlat bosh
islohatchi.
Moliyaning samaradorligini oshirishda rejalashtirish
va prognozlashtirish, hamda
moliyaviy munosabatlarda tashkilotlarni rasmiylashtirish me’yorlari (soliq, xarajat
va boshqalar), turli xil ko‘rinishdagi ko‘llanishlarni to‘gri noto‘griligi ustidan
nazorat, moliyaivy munosabatlarni shakl va usullari muhim rol o‘ynaydi.
Moliya mexanizmini yangi bosqichda muhim xususiyatlaridan biri-xo‘jalik
jarayonlarining yuzaga kelishi, tegishli ma’lumotlarni
olishi va ular asosida
xo‘jalik xayotini rivojlanishini diagnostikasi va zaruriy tartibga soluvchi choralarni
ko‘rish paytlarni o‘zaro yaqinlashtirish. Ushbu mexanizmning yana bir tuzuvchisi
ishlab chiqarishni va pul bozorini dinamikasini, ularning funksiyalarini amalga
oshirilishi hamda zararli iqtisodiy oqibatlarini uzluksiz istikbollashtirish.
Moliya mexanizmini tuzilmasi birmuncha murakkabdir.
Davlat uzining ijro qonun chiqaruvchi organlar orkali:
-iqtisodiy qonunlar ta’sirini chukur urganish;
-moliyaning rivojlanish qonunlarini urganish;
-iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini urganish asosida ijtimoiy mahsulot va
milliy daromadni taqsimlash usullarini kullaydi, pul jamg‘armalarig‘ni
shakllarini
belgilaydi, tulov va ajratmalar turlarini ishlab chikadi, davlat moliyaviy
resurslaridan foydalanish yunalishlari va prinsiplarini ishlab chikadi.
Moliyaviy kursatkichlar-bu korxonani faoliyatini xar tomonlama ta’riflashga, pul
fondlarini va jamg‘armalarni yaratish va sarflashni ta’riflaydigan rejali, hisobotli
va hisob- kitobda ishlatiladigan kursatkichlar.
Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy prognozlashtirish - xujalik rejasini bir qismi
va moliya mexanizmining
asosiy qismi bulib, pul mablag‘larini yaratish,
taqsimlash va qayta taqsimlash hamda foydalanishni rejalish ravishda
boshqarishdir.
Moliyani boshqarish- quyilgan maqsadlarga erishish uchun obyektga moliyaviy
ta’sir qilish usullari va shakllari yigindisidir.
Moliyaviy
zaxiralar deb, kutilmagan xodisalar va maxsus ehtiyojlarni ta’minlash
uchun davlat boshqarish organlarida, korxonalarda yigiladigan pul mablag‘lariga
aytiladi.
Aynan moliyaviy o‘zaro munosabatlarini ko‘pligi ularni tashkillashtirishda ko‘p
miqdordagi turlarini, shakllarini va usullarini (moliya mexanizmini elementlarini)
oldindan belgilaydi.
Davlat, uning ijro etuvchi va karor kabul kiluvchi xokimiyatlari orkali iqtisodiy
qonunlar, moliyaviy rivojlanishning qonunlarini iqtisodiy va moliyaviy siyosatning
vazifalarini yaxshilab o‘rganish asosida
jamiyat milliy mahsuloti, daromad, pul
jamg‘armalarini taqsimlash metodlarini o‘rnatadi, to‘lov ko‘rinishlarini aniqlaydi,
resurslarni ishlatish prinsiplari va yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Moliyani samarali ishlatish uchun rejalashtirish va kutilayotgan ko‘satkichlarni
ishlab chiqish, moliyaviy munosabatlarni turli ko‘rinishlari va metodlarini to‘gri
ishlatilishi ustidan nazorat qilish zarur.
Xujalik mexanizmining ba’zi bo‘linmalarining xususiyatlariga ko‘ra va moliyaviy
munosabatlar korxona va tashkilotlarning moliyaviy mexanizmga, sug‘urta
mexanizmiga, hamda davlat moliyasi ishlash mexanizmiga bo‘linadi. O‘z
navbatida ushbu xar bir soha alokida tuzilmalarga ega.