3. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy siyosatning asosiy yunalishlari.
Ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi
iqtisodiyotni isloh qilish strategiyasining boshlangich nuktasi bo‘lib xizmat kiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida brinchi darajali chora tadbirlar
hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida moliya va soliq siyosati sohasida quyidagilar
ilgari suriladi;
-
kattik moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti defitsitini
iloji boricha hamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va
subsidiyalarning barcha turlarini bosqichma-bosqich kiskartirib borish;
budjet mablag‘lari daromad tushganidan keyingina taqsimlashtiradigan yo‘ldan
ogishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ektiyojlari uchungina
budjetdan mablag‘ ajratish;
Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul
bilan qaytarilmaydigan kilib ta’minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu
maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
Soliq tizimini takomillashtirish, budjet daromadlari barkaror suratda to‘ldirib
turilishini ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali
ishtirokidagi, kishlok xo‘jalik mahsulotini qayta ishlaydigan va xalq is’temoli
mollari
ishlab
chiqaradigan
ko‘shma
korxonalarning
rivojlanishini
rag‘batlantiradigan pishik-puxta soliq siyosatini olib borish.
Kedit-pul siyosati sohasida;
Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustakil tijorat va xususiy
banklar ya’ni ikki bosqichli bank tizimini barkaror rivojlanishini ta’minlagsh,
respublika xududida yirik chet el banklarining bo‘limlari va vakolatxonalarini
ochish uchun kulay sharoit yaratish;
Barkaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va nakd pul emissiyasini, jami pul
massasining asossiz o‘sishini keskin cheklash;
2000-2001 yilda kabul qilingan sarmoyaviy loyixa deyarli to‘la bajarildi.
Iqtisodiyotda barkarorlik va rivojlanish ta’minlanib, yalpi ichki mahsulot o‘sishi 4
foizni tashkil etdi.
2000 yilda ham respublika iqtisodiyoti o‘tgan yillardagi kabi barkaror va izchil
rivojlandi. Makroiqtisodiy barkarorlik, iqtisodiy o‘sish mamlakatimizda davom
etayotgan islohatlar va jamiyatni yangilash jarayoning ajralmas kususiyatlariga
aylanib koldi. O‘tgan yili yalpi ichki mahsulot ishlab-chiqarish-4 foizga, sanoat
ishlab chiqarishi kajmi-6.4 foizga, kishlok xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish-3.2
foizga ko‘paydi.
Iste’mol mollari ishlab chiqarish-7.7 foizga, chakana tovar aylanishi-7.8 foizga,
akolini pullik xizmat ko‘rsatish kajmi esa-14 foizga ortdi. Iqtisodiyotimizda
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barkarorligi oshdi. Davlat budjeti hamomadi
yalpi ichki mahsulotning bir foizidan oshmadi.
Nakd pul emissiyasi, yil yakunlariga ko‘r, 9.4 foizni tashkil etdi, bu–prognoz
qilingan darajadan ancha pastdir. Jami pul massasi, belgilangan darajadan-ya’ni
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 19 foizdan oshgani yo‘q.
Bu-pul aylanish tizimining barkarorligidan dalolat beradi. Iqtisodiyotimiz va
mamlakatimiz barkarorligini ta’minlaydigan yetakchi sohalar ancha tez sur’atlar
bilan rivojlandi.
Pulning kadrsizlanishining oldini olishga karatilgan kat’tiy chora-tadbirlar
inflyatsiya ko‘rsatkichlarini prognoz qilingan darajada saklab turish imkonini
berdi. Yil mobaynida qayta moliyalashning o‘rtacha oylik darajasi yillik 36 foizdan
24 foizga pasaydi. Bu esa, o‘z navbatida, investitsiya jarayonlariga
rakbatlantiruvchi ta’sir ko‘rsatdi.
Korxonalarni moliyaviy soklomlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘lov
muddati o‘tib ketgan debitorlik karzlarini 41 foizga, ana shunday kreditorlik
karzlarini esa 58 foizga kiskartirish imkonini berdi. Monitoring o‘tkazilayotgan 21
ta vazirlik va idoraning to‘lov muddati o‘tib ketgan debitorlik karzlari to‘lik
tugatildi. Bankrotlik yokasiga borib kolgan korxonalar soni deyarli ikki barobar
kiskarib, 182 tadan 81 taga tushdi. yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 169 ming
korxonadan zarar ko‘rib ishlayotganni 139 tani tashkil etdi.
Banklarning umumiy kapitali va bank tizimi aktivlarining umumiy xajmi yil
davomida1.9 barobar oshdi. O‘zbekistonda bank aktivlarining yalpi ichki
mahsulotga bo‘lgan nisbati 2001 yil 1 yanvar kolatiga ko‘ra, 56 foizni tashkil etdi.
Tijorat banklarini depozit bazasida akoli omonatlarining ulushi 7.8 foizdan 15.8
foizgacha ko‘paydi.
2000 yil xususiylashtirish dasturi bo‘yicha ko‘zda tutilgan 167 ta obyekt o‘rniga
374 ta obyekt xususiylashtirildi. Uning negizida 152 ta kissadorlik jamiyati, 103 ta
xususiy korxona va 117 ta boshqa mulk shaklidagi korxona tashkil etildi. Fond
bozorida ilgari davlatga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 6 milliard so‘mdan ziyod
aksiya sotildi. Bu 1999 yildagiga nisbatan 35 foiz ko‘pdir.
2000 yili davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan 14.3 milliard so‘m
mablag‘ tushdi. Bu –1999 yilgi ko‘rsatkichdan 1.6 barobar ko‘pdir.
Moliyalashning barcha manbalari kisobidan iqtisodiyotimizga 700 milliard so‘m
atrofida, jumladan, kariyb 810 million AkSH dollari miqdoridagi sarmoya kiritildi.
Jami sarmoyalarning 55 foizdan ziyodi ishlab yaikarish tarmoqlarini
rivojlantirishga yo‘naltirildi. Yengil sanoat, transport va aloka tarmoqlariga,
shuningdek, ishlab chiqarish bilan boklik bo‘lmagan kurilishlarga yo‘naltirilgan
investitsiyalar salmoki ortdi.
Respublikada kulay investitsiya mukitini shakllantirish bo‘yicha ishlarni yanada
kuchaytirish bundan buyon ham bizning uzok muddatga mo‘jjallangan strategik
vazifamiz bo‘lib kolaveradi. Shu maqsadda Markaziy bank, Moliya vazirligi,
Davlat soliq ko‘mitasi tijorat banklari bilan birgalikda banklarning investitsiya
faoliyatini rakbatlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar
Makhamasiga takdim etishlarini tezlashtirishlari zarur.
Ta’lim
soxasiga
budjetdan
beriladigan
karajatlarni
kelgusi
yilga
rejalashtirilayotganida o‘tgan yilda kosil bo‘lgan karajatlari-yu kelgusi yilda
ko‘shiladigan karajatlari inobatga olinadi. Ayrim kollarda o‘kuvchilar kontingenti
o‘zgarish tendensiyalari kisobga olinadi. Lekin bundagi katta hamchiligimiz
shundaki, rejaga asos kilib olinayotgan rahamlar nima uchun oshgani yoki
hamayganini chukur taklil kilmaymiz. Misol uchun aytish mumkin-ki, 2001 yil
davlat budjeti umumiy xarajatlarida maorif sohasiga rejalashtirilgan mablag‘lar
ulushi 27 foizni tashkil etadi, bu esa 2000 yilga nisbatan kariyb 3 foizga ko‘pdir.
Yoki 2002 yilda davlat budjetining umumiy xaraatlarida maorif soxasiga28,8% ni
tashkiml kilgan. Dnmak aytishimiz mumkinki, yillar mobaynida maorif soxasi
uchun budjetdan amalga oshirilayotgan xarajatlar ortib bormokda.
Shuning uchun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini chukur taxlil kilib chiqishimiz
zarur.
|