Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

 
 
 
 
XIII BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING 
PUL OQIMLARI TAHLILI 
 
 
13.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul mablag‘lari 
harakatini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot 
manbalari 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida iqti-
sodiyot tarmoqlarida ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish muhim 
masala hisoblanadi. Respublikamiz hukumati iqtisodiyot tarmoqlarini 
isloh qilishga, ularning shaklan va mazmunan yangi tuzilmasini 
yaratishga asosiy e’tiborni qaratmoqda. Bu borada Respublikamiz 
Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrni ilgari surganlar: «Iqtisodiyo-
timizda asosiy va yetakchi tarmoqlarda, xususan, qishloq xo‘jaligida 
tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshiribgina, biz mahsulotlarimiz 
eksporti ko‘payishiga, to‘lov balansida ijobiy qoldiqni ta’minlashga va 
shu yo‘l bilan iqtisodiy mustaqilligimizni kafolatlashga erisha olamiz».
1
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 
o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq 
qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning to-
bora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni 
paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashu-
viga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeyini 
mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Biroq o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsi-
yalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum 
ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi 
iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari 
o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik 
tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni 
o‘zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar jahon xo‘jaligining yaxlit 
1
Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida. –T.: 
«O‘zbekiston». 2005-y. 317-b. 


478
tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, 
mazkur jarayonlarning yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir 
mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar 
ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hisoblanadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror iqtisodiyotni 
amalga oshirish borasidagi keng ko‘lamli islohotlar bugungi kunda, 
ayniqsa, hozirda hukm surayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 
davrida, o‘zining natijalari bilan naqadar samarali va to‘g‘ri ekanligi o‘z 
tasdig‘ini topmoqda. Xususan, qisqa muddat ichida iqtisodiyotda chuqur 
tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, aholi daromadlarining o‘sishi 
ta’minlandi, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlari 
kuchaydi, qishloq xo‘jaligi isloh qilindi, kichik biznes va xususiy tadbir-
korlik sohasi barqaror rivojlantirilmoqda, moliya-bank tizimi mustah-
kamlandi va hokazo. Bularning barchasi O‘zbekistonning jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi turishining asosiy omillari sifatida 
namoyon bo‘lmoqda. 
Shunga ko‘ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy 
inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, 
iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtayi 
nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo 
etiladi. 
Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari 
o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib 
keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar
ularning turli ko‘rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib 
topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi va mehnat 
taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o‘tishi, xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro‘y beradi. 
Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo‘jaligining 
yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, 
yangi imkoniyatlarni ochib beradi. 
Biroq globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomon-
lama qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki mazkur jarayon o‘zining ijobiy 
jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir 
mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar 
ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi ana 
shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro‘y berayotgan moliyaviy 


479
inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati 
hisoblanadi. 
Shunga ko‘ra, Prezidentimiz o‘z asarlarini bugungi kunning eng 
dolzarb muammosi – bu 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqiro-
zi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan 
chiqish yo‘llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jahon moliyaviy 
inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil 
to‘xtalib o‘tdilar. 
Shu o‘rinda, jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy 
sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi 
mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul 
muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror 
amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar 
va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga 
amal qilinishi lozim. Biroq milliy iqtisodiyotlarning baynalmilallashuvi 
va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o‘z 
ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan, AQSHda, keyin-
chalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning 
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib 
keldi. Jumladan, o‘tgan asrning 70-yillariga qadar amal qilib kelgan 
jahon valuta tizimlari pullarning oltin yoki tovar mazmunini ta’minlash 
orqali iqtisodiy munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq 
jahon amaliyotida 1976-yildan boshqariladigan, suzib yuruvchi valuta 
tizimiga o‘tgach, pulning oltin mazmuni yo‘qolib, asosan AQSH dollari 
yetakchi valutaga aylangach, uning muomalaga chiqarilishini nazorat 
qilib bo‘lmay qoldi. Keyingi yillarda globallashuv jarayonining 
jadallashuvi ta’sirida xalqaro iqtisodiy aloqalarda qat’iy valutaga 
bo‘lgan talabning yanada kuchayishi AQSH tomonidan hech qanday 
tovar bilan ta’minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini 
yanada tezlatib yubordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, muomaladagi pul massasi 
(naqd, kredit pullar va turli to‘lov vositalari)ning tovar va xizmatlar 
ishlab chiqarish real hajmidan deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish 
tezligini ham hisobga olinsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdo-
ridan, ya’ni pulga bo‘lgan talabdan bir necha o‘n baravar ko‘payib 
ketganligini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, asosan yetakchi rivojlangan mamlakatlarda 
kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga 
kelishiga asosiy sabablardan hisoblanadi: 


480
– noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash 
stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida 
qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;
– moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari 
o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
– qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta 
xulosalar berilishi; 
– moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va 
soxta audit xulosalari taqdim etilishi; 
– moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas, 
balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi; 
– yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog‘ozlarning 
vujudga kelishi va hokazo.
Jahonning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz 
ko‘lami kengayotganiga qaramay, O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi 
va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga 
qaramligi yo‘qligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga 
berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi. 
Moliyaviy inqiroz dunyoni bir muddat vahimaga solib qo‘ygani 
rost. Ushbu bo‘hronning o‘tgan galgilaridan farqi – uning ko‘lami global 
miqyosda o‘tgan davrlardagidan ko‘ra yanada kengroq sarhadlarni 
qamrab oldi. Bu albatta, globallashuv jarayonining «ehsoni». O‘zbekis-
ton ham dunyo hamjamiyatining ajralmas qismi hisoblanar ekan, 
jahonda yuz berayotgan moliyaviy inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotiga 
ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.
Bu borada Prezidentimizning 

Download 2,53 Mb.
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish