|
Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv docBog'liq 642a946f5e25f«yulduz»
kategoriyali tovarlar – korxona foydasining asosini
tashkil etadigan hamda iqtisodiy o‘sishga olib keladigan;
·
«sog‘in sigirlar»
kategoriyali tovarlar – og‘ir iqtisodiy
davrlarning vujudga kelishini oldini oladigan, investitsiyaga muhtoj
bo‘lmagan, foyda keltirayotgan, boshqa kategoriyali mahsulotlar ishlab
chiqarishni moliyalashtirishga ishlatiladigan;
·
«og‘ir bola»
kategoriyali tovarlar – bu yangi turdagi tovarlar
bo‘lib, reklamaga muhtoj bo‘lgan, bozorga olib chiqilishi kerak bo‘lgan,
vaqtinchalik foyda keltirmayotgan, ammo kelajakda «yulduz» tovar
bo‘lishi mumkin bo‘lgan;
·
«o‘lik yuk» yoki «omadsiz»
kategoriyali tovarlar – bugungi kun
talabiga javob bermaydigan, iqtisodiy o‘sishga imkoniyat bermaydigan,
foyda keltirmaydigan tovarlardir.
Korxona mahsulotini guruhlarga ajratib o‘rganish orqali to‘g‘ri,
aniq strategiya ishlab chiqiladi. Strategiyani amalga oshirish orqali
«og‘ir bola» kategoriyasiga mansub tovarlarni moliyalashtirish orqali
ularni «sog‘in sigirlar», «yulduz» kategoriyalariga yetkazish yo‘llari
belgilanadi.
Tahlil jarayonida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
qay biri qaysi kategoriyaga mos kelishligini o‘rganish ham muhim
hisoblanadi.
Ichki ma’lumotlar asosida quyidagicha tahlil ishlarini amalga
oshirishimiz mumkin (24-jadval). Bu jadval natura o‘lchov birligiga
asoslanib olib borilgan bo‘lib, uning tahlilini boshqa o‘lchov birliklarida
yuritishimiz ham mumkin.
Tahlil qilinayotgan korxona 5 xil "A"; "B"; "V"; "G"; "D" turdagi
mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlar ichida "A" va "G"
mahsulotlar xaridorgir bo‘lib, ularning rejaga nisbatan "A" mahsulot 12
foizga, "G" mahsulot esa 23 donaga ko‘p sotilgan. Bu esa bozorda ushbu
mahsulot turlariga talabning ko‘pligidan dalolat beradi.
|
| |